O‘QUVCHILARNI IJODIY FAOLIYATGA SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLAR




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

O‘QUVCHILARNI IJODIY FAOLIYATGA SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLAR 
ORQALI YO‘NALTIRISH METODLARI 
Obloqulova Gulshoda Fazliddinovna 
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani 61-maktab boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi 
Obloqulova Sayyora Fazliddinova 
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani 21 -maktab oʻzbek tili fani oʻqituvchisi 
Bugungi kunda davlat va jamiyatimiz sinfdan tashqari ta’limga yangi, eng qulay shakl, metod, vosita 
hamda metodikani jalb etishni talab etmoqda. O‘z mamlakati madaniyati tarixini o‘rganish bo‘yicha sinfdan 
tashqari mashg‘ulotlarning tashkil etilishi va samarali amalga oshirilishi yosh avlodga suv va havodek 
zarur. Bu, birinchi navbatda, madaniyatga faol qiziqish bildirayotgan, faoliyat jarayonida idrok qilish, 
intellektual va ijodiy rivojlanishga qodir bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilariga taalluqlidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘quvchi yoshlarni zamon talablariga 
muvofiq yangicha ishlash va fikrlashga, izlanish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikka chaqirmoqda. Shu 
sababli ta’lim tizimi va mazmunini takomillashtirish, uni real hayotga yaqinlashtirish, shuningdek, 
yoshlarda intellektual-ijodiy rivojlanish, ijtimoiy- kommunikativ qobiliyatni o‘stirish lozimdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining so‘nggi yillarda qabul qilingan qator qarorlari va farmonlarida 
ham ushbu g‘oya yetakchi o‘rinni egallaydi. [1] 
O‘quvchilar intellektual-ijodiy – kreativ faoliyati katta ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega bo‘lib, u 
barkamol avlodning bazaviy sifatlari va qobiliyatlarini rivojlantirish va takomillashtirishning omilidir. 
Zero, intellektual-ijodiy rivojlanish “shaxsning ma’naviy sohasi bilan bog‘liq. Bu faol faoliyat jarayonidagi 
axloqiy, intellektual va estetik talablar va manfaatlarning shakllantirilishi va qanoatlantirilishidir” [2]. 
Demak, mazkur jarayonda inson ma’naviyatining muhim qirralari shakllantiriladi, rivojlantiriladi va 
takomillashtiriladi13. Zero, uzluksiz va izchil intellektual-ijodiy faoliyat shaxsda intellektni, ya’ni fikrlash 
qobiliyati va kreativlik (o‘ziga xos qadriyatlarni yaratish, nostandart, ijodiy qarorlarni qabul qilish 
qobiliyati)ni rivojlantiradi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi markazida shaxsning intellektual-ijodiy potensiali (shiddatli 
qiziquvchanlik, idrok qilishga oid faollik, idrok qilishning kuchliligi, dadil, o‘ziga xos tafakkur, tahliliy, 
ijodiy, umumlashtirilgan bilimlarni amaliy faoliyatga ko‘chirish qobiliyati kabilar), intellektual-ijodiy, 
ayniqsa, ma’rifiy-funksional qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi turadi, o‘z navbatida, idrok qilishga oid 
faoliyatga qiziqish, fikrlarni mantiqiy, aniq, yorqin va tushunarli tarzda ifodalash zarur lug‘aviy 
tushunchalar zahirasiga ega bo‘lish, undan foydalana bilish, ijtimoiy-kommunikativ qobiliyatlarni safarbar 
qilish, o‘z-o‘zini tanqid qilish va uzluksiz takomillashtirish kabi o‘ta muhim layoqatlarni rag‘batlantiradi. 
Shu sababli Milliy dasturda “...inson qobiliyatlarini ochib berish va uning xilma-xil ta’limiy ehtiyojlarini 
qanoatlantirish” vazifasi ilgari surilgan [3]. 
O‘tgan vaqt mobaynida ta’lim amaliyotida ushbu vaziflarni hal etishda birmuncha yutuqlarga ham 
erishildi. Xususan, maktablarda tarixiy-madaniy merosni o‘rganish bo‘yicha sinfdan tashqari 
mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga yo‘naltirish muammosi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Buyuk mutafakkirlar: al-Xorazmiy, imom Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu 
Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Ogahiy va boshqa buyuk 
ajdodlarimiz, shuningdek, Mahmudo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabi ma’rifatparvarlar 
pedagogik merosi madaniy-ma’rifiy tarbiyaning asosini tashkil qiladi, bu zamonaviy yetuk shaxsni 
shakllantirishning ishonchli yo‘nalishidir. O‘quvchilarning ma’naviy intellektual-ijodiy rivojlanishida xalq 
pedagogikasidan foydalanish faollashdi. 
Bugungi kunda ta’limning barcha bosqichlarida shu jumladan, umumiy o‘rta ta’lim bosqichida 
o‘quvchi shaxsida kreativlikni shakllantirishga, o‘quvchi shaxsining ijtimoiylashuviga, intellektual-ijodiy 
va ma’naviy rivojlanishiga asos yaratuvchi gumanitar fanlarni o‘rganish jarayoniga e’tibor qaratish zamon 
talabidir. O‘quv jarayonida milliy-madaniy merosning idrok qilinibgina qolmay, intellektual-ijodiy nuqtai 
nazardan o‘rganilishi zarur. Chunki intellektual-ijodiy kreativ idrok qilish va uni ijodiy faoliyat jarayoniga 
joriy etishni, zarur kommunikativ munosabatlarni amalga tatbiq qilishni sinfdan tashqari sharoitlarda to‘liq 


91 
amalga oshirish mumkin. Unga ko‘ra, o‘quvchilari bilan amalga oshiriladigan intellektual-ijodiy ishlar 
tizimi va sifatiga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
– mashg‘ulotlar mavzusi va mazmunning munosabatdorlik; 
– variativlik va komplekslilik; 
– ijodiy faoliyatga qodir bo‘lgan shaxsning intellektual-ijodiy rivojlanishini afzal ko‘radigan, 
umummilliy va milliy ahamiyatga ega oliy qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonida shakllantiriladigan tizim 
hosil qiluvchi fazilat, 
– “uning hayotiy faoliyati asosini barhayot insoniy qadriyatlar tashkil qilib, shaxs rivojlanishi va o‘z-
o‘zini boshqarishining eng oliy darajasi sanaladi” 
– tarixiy-madaniy materialni o‘rganish davomidagi, murakkablashganlik, 
– o‘quvchida kreativlik qobiliyatni rivojlantira olish; 
– ularni o‘z-o‘zini kreativ rivojlantirishga yo‘naltirish. 
Kreativ qobiliyatni o‘stirishga qaratilgan bunday faoliyat(idrok qilish, axborot materiallarini ijodiy 
tayyorlash, ularning turli o‘quv auditoriyalarida ijtimoiylashtirish) o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lib, 
ularning ehtiyojlariga mos keladigan, ahamiyatli, zarur o‘quv faoliyati hisoblandi. Bunday faoliyat, 
ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilarini o‘ziga jalb qiladi. Bu yosh davri idrok qilish, ijodiy faollik, shakllangan 
intellekt, ijodiy potensial, ijtimoiy-kommunikativ faoliyatga intilish, intellek tual-ijodiy rivojlanish, 
takomillashishga intilishning kuchliligi bilan ajralib turadi. O‘smirda nafaqat ijodiy- intellektual, balki 
muloqot qilish, ijtimoiy faoliyatga intilish, ommaviy axborot vositalari, milliy va jahon madaniyatiga 
qiziqish, o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashish kabi ijtimoiy-komunikativ qobiliyatlar ham shakllanadi. Unda 
oldindan sezish, rejalashtirish, mas’uliyat, qat’iyat, o‘z-o‘zini boshqarish, nazorat qilish kabi emotsional, 
intellektual va irodaviy xususiyatlar faollashadi. Zarur shart-sharoitlar ta’minlanganida, unda “o‘z-o‘zini 
baholash, individualligi va betakrorligi”ni [4] tushunib yetish, bir so‘z bilan aytganda, kreativlikning tarkib 
topishi, estetik did, ma’naviy-axloqiy dunyoqarash, ijtimoiy faollikka ehtiyoj, sinfdan tashqari tadbirlarda 
faol ishtirok etish, e’tirof etilish va ma’qul- lanishga ehtiyojning kuchayishi kuzatiladi. Bu yoshdagi 
o‘smirlar xalqimizning tarixi va madaniyatiga katta qiziqish bilan qaraydilar. Bu qiziqishlarini yuzaga 
chiqarish uchun o‘z yurti tarixiy-madaniy yodgorliklarini kreativ o‘rganish lozim. Bu jarayonda sinfdan 
tashqari mashg‘ulotlarda “Sayohat darsi”, “Ziyorat darsi”, “Moziyga bir nazar” kabi dars mashg‘ulotlaridan 
o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiq. Natijada bola shaxsining mavzuni o‘zlashtira olishida, dars sifat 
samarador- ligini oshishida, guruhda va sinflarda o‘quvchilarning intellektual-ijodiy talablar darajasida 
ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini rivojlanishi uchun muhim tayanch o‘rinlardan biridir. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. 
Mirziyoyev Sh. Bugun ma’rifatga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. 
Elektron resurs. https://www.gazeta.uz/uz/2016/10/19/ustuvor/. 
2. 
Formirovaniye intellektualnogo, duxovno-nravstvennogo i fizicheskogo potensiala 
obuchayuщixsya obщeobrazovatelnoy shkolы Respubliki Uzbekistan na sovremennom etape: Uchebno-
metod. posobiye dlya uchiteley i vospitateley/ Ped. fanlari doktori, prof. R.X. Jo‘rayevning umumiy tahriri 
ostida. – T., 2005. – 190 b. 
3. 
Karimov I.A. Yukcak ma’naviyat – yengilmac kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176 

4. 
Psixologiya i pedagogika. – M., 1998. – 311 b. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘QUVCHILARNI IJODIY FAOLIYATGA SINFDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLAR

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish