103
,ko‘rgazmalar,tarqatma materialar multimedialar bizga qo‘l keladi. Masalan boshlang‘ich sinf o‘quvchillari
uchun foydali metodlardan biri bu-“Orfagrafik estafeda” metodi.Bu metodi asosan 3-4 sinflarda o‘tkazish
mumkin.
“Orfagrafik Estafeda” metodi
“Orfagrafik estafeda” kichik maktab yoshidagi bolalar bilan ishlashning qiziqarli shakli bo‘lib ,u
o‘quvchilarda mantiqiy taffakur qobilyatini rivojlantirish imlonini beradi.U intensiv o‘qitish bilan bir
vaqtda bolalardagi harakat ehtiyojini ham qondirishga sharoi yaratadi. Orfografik estafeta an’anaviy aytib
turib yozdirish maqsadida ,”an’anaviy” diktantga o‘xshamay erishish imkonini beradi. Estafeta juda
o‘zgaruvchan ish shaklidir .Ozgina moslashuvdan so‘ng undan birinchi sinf o‘quvchilariga
alifboni
tanishtirishdan boshlab ,beshinchi va oltinchi sinflaeda ham foydalanishi mumkin.
3.Mashq o‘qituvchi ishorasi bilan boshlanadi .Guruhning vazifasi doskadagi matnni bexato ko‘chirib
yoxishdir. Yuguruvchillar doska yoniga yugurib boradilar ,doskadagi yozuvni o‘qiydilar va yozuvining
mumkin qadar ko‘proq qismini eslab qolishga harakat qiladilar (ularga birorta yozuvlar qilishga ruhsat
etilmaydi ).Yozuvchillar yuguruvchillar eslab qolib aytgan matnlarni yozadilar.Musahhix yozuvchi butun
matni yozib bo‘lgan ,uni tekshiradi ,xatolari bo‘lsa,to‘g‘irlaydi.Tayyor matn o‘qituvchiga tekshirtiriladi.
Tayyor matn o‘qituvchiga tanishtiriladi.
Estafedani 1 sinfdan 1-yarim
yillikda kiritar ekanmiz ,uning eng oddiy ariantidan foydalanmiz.
Taqdirlash usuli o‘qituvchi fantaziyasi va ishtiyoqiga havola. Vaqti kelib, diktantlar uzayib guruh soni
ortib borganda eng yaxshi guruh uchun mukofot baho bo‘lishi kerak.
Tassavur etish, taffakurning rivojlanishidir .Bolaning rivojlanishida maktabgacha bo‘lgan davri juda
muhim o‘rin tutadi. Bu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, psixalogik salomatligi
shakllanadi va aqlliy
rivojlanish qobilyatlari takomillashadi.Bolaning ijodiy va mantiqiy taffakurini rivojlantirishda quyidagi
yo‘llarni amalga oshirish mumkin. Kitob o‘qish. Bola bilan birga kitob rasmlarnin tahlil qilib o‘qish ,undagi
ertakning mazmunini bolaga o‘yin tarzida qayta so‘zlatish ,o‘yinchoqlariga kitob mazmunini ayttirish juda
foydali va qiziqarli mashg‘ulot sanaladi .Ertak eshitish jarayonida bola ertak qahramonlarini kimgadir
o‘xshatishga harakat qiladi,u o‘zi ertak yoki hikoyalarni mustaqil to‘qiy olishi ham mumkin.
Chizish (bo‘yoq, un,qum bilan ). Bolalar odata chizishni juda yaxshi ko‘rishadi.Lekin uddalay
olishmasa ,hafa bolib chizmay qolishi mumkin.Bolaga qalamning o‘rniga qollarida chizishni (faqat maxsus
boyoqlar bilan )taklif qilib ko‘ring.
Bola rasm solar ekan ,rasmni sozlar bilan to‘ldirib ,faollik bilan harakat
qiladi,u o‘z tasavvurlari asosida keyinchalik katta yoshdagi odamlarning soziga binoan rasmlar yaratishi
mumkin,unda ayrim narsalarning obrazlari keladi. Pazl.Pazl yasash bola xotirasini rivojlantiruvchi
juda foydali mashg‘ulot. Bola yaxshi ko‘rgan rasmlardan unga pazl olib bering yoki o‘zingiz yasab bering.
Bolalar dominosi .Ertaklar qahramoni aks ettirilgan dominolarni bolangiz bilan birga o‘yanab
,ba’zida unga yutqazib tursangiz ,bola juda zavq bilan o‘ynaydi. Maktabgacha yoshidagi bola har
tomonlama rivojlana olsa ,keyinchalik yutuqlarga erishishi oson bo‘ladi. Yana bir boshlang‘ich sinf
o‘quvchillar uchun ijodiy fikrlashiga yordam beradigan metodi ko‘rib chiqsak: “Kichik Esse
“texnologiyasi.
Texnologiya kichik hajmli, erkin bayon usuliga ega bo‘lib ,o‘rganilayotgan
muommo yoki tahlil qilinayotgan masala yuzasidan shaxsiy taasurot ,tasavvurlarni ifodalashga xizmat
qiladi. U o‘quvchillar tomonidan o‘rganilgan mavzu ,muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha erkin fikr
bildirish ,mazmun –mohiyatini qayta bayon qilish imkonini beradi. Kichik esseni yaratishda o‘quvchillar
mavzu g‘oyalarini umumlashtirish ,xulosalarni bayon etish imkoniga ega bo‘ladi. Mashg‘ulotlarda
texnalogiyani qo‘llash quyidagi tartibda yo‘lga qo‘yiladi :
1.O‘qituvchi kichik esseni yaratish uchun
muommo yoki masalani tanlaydi; 2.O‘qituvchi
tanlangan muommo (masala) bilan O‘quvchillarni tanishtiradi; 3.O‘quvchillar muommo (masala) ning
umumiy mohiyati yuzasidan fikr yuritadi;
4.O‘quvchillar shaxsiy fikrlarini bayon etish usulini belgilab oladi;
5.Har bir o‘quvchi kichik esseni yaratadi;
6.Sinf (guruh) jamoasi a’zolari esse yuzasidan o‘z fikrlarini bildiradi;
Bu metodi odatda 3-4 sinflar orasida maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bu sinflarda ko‘proq ertak,
hikoyalar,she’rlar berilgan.Ularni o‘qigan har bir bolada ijodiy fikr vujudga kelishi aniq va bu metod aynan
shuning uchun mo‘ljallangan.
Bundan tashqari yana har hildagi metodlar ham mavud. Boshlang‘ich sinflarni ijodiy fikrlashini
oshirish uchun biz ustozlar ularga maktab darsliklaridan tashqari ularga ertak ,hikoya ,xar
hil turdagi
she’rlar yodlatish kerak. Mana shularni hammasi aqliy faoliyatni yanada oshirradi. Keyin esa topishmoqlar,
tez aytishlarni ko‘proq berish lozim bunda o‘quvchillar hozirjavob bo‘lishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.