Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

MAKTABGACHA TA’LIM 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM SIFATINI TA’MINLASH 
VA MONITORING 
Tashbayev Naim Sadikovich 
 Maktabgacha Ta’lim Tashkilotlari Rahbar Va Mutaxassislarini Qayta Tayyorlash Va Ularning 
Malakasini Oshirish Instituti. Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Maktabgacha ta’lim tizimida 2017-2018 o‘quv yili uchun pedagog xodimlar faoliyati reytingini 
aniqlash jarayoni joriy yilning may va iyun oylarida o‘tkazilishi hamda reyting natijalari asosida pedagog 
xodimlar mehnatiga muiosib baho berish va ularni rag‘batlantirish tizimi joriy etish belgilangan. 
2017-2018 ukuv yilida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini ish faoliyati reytingini 
aniqlash buyicha namunaviy ko‘rsatkichlar va hisoblash metodikalarini muvofiqlashtiriladi. 
Pedagog xodimlar faoliyagi reytiigini aniklash davlag maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ukuv yili 
davomida bir marta, belgilangan muddatlarda Korakalnogiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi. 
Toshkept shaxar maktabgacha ta’lim bosh boshkarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshkarmalari va 
tuman (shaxar) maktabgacha ta’lim bulimlari tomonidai mazkur buyrukning ilovalari asosida ugkazib 
boriladi. 
Maktabgacha ga’lim tashkilotlari pedagog xodimlari faoliyagi reytigini aniklash tartibi belgilangan. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlash- Maktabgacha ta’limi xodimlarining o‘z 
sohasi bo‘yicha fan va texnologiyalar yutuqlari, yangiliklari bilan muntazam tanishtirib borish asosida 
kasbiy va pedagogik mahoratini, o‘quv-tarbiya jarayonlarida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning 
innovatsion metodlaridan foydalanish bo‘yicha ularning kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalarini tizimli 
rivojlantirib borish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha o‘quv seminarlari, seminar-
treninglar, ochiq mashg‘ulotlar, o‘zaro mashg‘ulot kuzatishlar, shuningdek, nazariy va amaliy
seminarlarni o‘z ichiga oladi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim sifatini ta’minlashda ta’lim va tarbiya jarayonlarini tizimli 
rivojlantirib borish bo‘yicha strategik maqsadlar va funksional vazifalarni amalga oshiruvchi yangi 
sifatdagi ta’lim tashkiloti bo‘lishi lozim. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlashning maqsadi - O‘zbekiston 
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarini sifatli 
va mazmunli bajarilishini ta’minlash, ularga metodik xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, ta’lim-tarbiya 
jarayonini yuqori darajada sifatli bo‘lishiga erishish, ilg‘or ish tajribalar asosida metodik tavsiyalar, 
ko‘rgazmali qurollar yaratish va pedagoglar orqali amaliyotga tadbiq etish. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlashning vazifalari: 
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni uzviyligini ta’minlash bo‘yicha yagona talablarni ishlab 
chiqish; 
pedagoglarni ijodiy salohiyatini oshirish, bolalarga ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullari, 
turli vositalar, ilg‘or va innovatsion pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirishlariga yordam berish 
maqsadida o‘quv-seminarlar o‘tkazish; 
ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini axborot, o‘quv-metodik va ta’limiy ehtiyojlarini o‘quv-
metodik va ilmiy tomondan qo‘llab-quvvatlash; 
maktabgacha ta’lim sohasiga oid maqsadli dasturlarni amalga oshirishda ko‘maklashish; 
pedagog va rahbarlarning metodik ehtiyojlarini o‘rganish, ularga attestatsiyaga tayyorgarlik hamda 
malaka oshirish kurslari oraliq davrida amaliy yordam berish; 
ta’lim-tarbiyaga oid tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, borishini nazorat qilish, xulosalarini 
o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish va yuqori tashkilotlarga hisobot tayyorlash. Ta’lim tashkilotlari
bazasida yangi pedagogik texnologiyalarni, ilg‘or g‘oyalarni approbatsiyadan o‘tkazish uchun tajriba-
sinov maydonchalarini tashkil etish va ularga metodik yordam ko‘rsatish; 
matbuot orqali ilg‘or tajribalarni, ta’lim sohasidagi yangiliklarni targ‘ibot qilish. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari
Analitik faoliyat- bu taxliliy faoliyat demakdir. 
Analitik (tahliliy) faoliyatga: 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining metodik ta’minotga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va tahlil qilish. 


106 
ta’lim tizimidagi xodimlarning kasbiy va informatsion ehtiyojlarini monitoringni olib borish; 
ta’lim tashkilotlarining pedagoglari haqida ma’lumotlar bazasini yaratish; 
ta’lim tashkilotlarida uslubiy ishlarning ahvolini o‘rganish, tahlil qilish va takomillashtirish 
yo‘llarini aniqlash; 
ta’lim jarayonidagi metodik va didaktik xarakterdagi kamchiliklarni aniqlash; 
ta’lim jarayoni haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish; 
ilg‘or pedagogik tajribalarini aniqlash, o‘rganish va umumlashtirish masalalari kiritiladi.
Informatsion faoliyat: 
Pedagogik ma’lumotlar bankini shakllantirish (huquqiy normativ, ilmiy-metodik va metodik); 
Pedagog xodimlarini psixologik, pedagogik, metodik, ilmiy- ommabop adabiyotlar yangiliklari 
bilan tanishtirish; 
Pedagog va rahbar xodimlarni maktabgacha ta’lim sohasida innovatsion faoliyatlar bilan 
tanishtirish; 
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limning rivojlanishidagi yangi yo‘nalish, yangi adabiyotlar, 
dasturlar, o‘quv-metodik komplektlar, video va audiomateriallar va tavsiyanomalar; 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlardagi to‘garaklar va ularning jihozlanganligi, metodik tavsiyalar 
bilan ta’minlanganligi hakidagi ma’lumotlar; 
Tarbiyachilar malakasini oshirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlardagi ta’lim- tarbiya 
jarayonidagi ishlarni o‘rganishga doir hujjatlar; 
Iqtidorli bolalar bilan ishlash, zamonaviy pedagogik texnologiya bo‘yicha ishlayotgan ijodkor 
pedagoglar haqidagi ma’lumotlar; 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlar va boshqa turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlar bo‘yicha 
ma’lumotlar;
Ta’lim tashkilotlaridagi ilg‘or pedagogik tajribalar va ijodkor tarbiyachilar xaqida axboratlar 
bankini yaratish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Davlat talablari ijrosi monitoringini amalga oshirish uchun zarur 
bo‘lgan nazorat mezonlari va bolalarning bilimini aniqlash uchun ta’limiy topshiriqlar to‘plami; 
Matbuot orqali ilg‘or pedagogik tajribalarni, ta’lim sohasidagi yangiliklarni targ‘ibot qilish. 
Tashkiliy-metodik faoliyat: 
Tuman metod birlashmalarining ishini tashkil qilish; 
tayanch tashkilotlarini aniqlash, ularda uslubiy yordam ko‘rsatish tizimini ishlab chiqish; 
ilmiy-amaliy anjumanlar, pedagogik o‘qishlar, kasbiy ko‘rik-tanlovlarni tayyorlash va o‘tkazish; 
festivallar, turli tanlovlar, seminarlarni tashkil etish va o‘tkazish; 
ta’lim sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot va korxonalar bilan hamkorlikda ishlash va ushbu 
ishlarni muvofiqlashtirish; 
Viloyat, shahar va tuman miqyosida ijodiy guruh tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.
Pedagoglarning malaka oshirish va qayta tayyorlash ishlarini rejalashtirish hamda davriyligini 
ta’minlash. 
Ta’lim tashkilotlarida “Yil tarbiyachisi” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilishi yuzasidan metodik tavsiyalar 
berish. Tuman (shahar) bo‘yicha “Yil MTTi” va boshqa tanlovlarni tashkil etish Nizomlarini ishlab chiqish 
va o‘tkazishda ishtirok etish. 
Tuman (shahar) ta’lim tashkilotlari bazasida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, ilg‘or 
g‘oyalarni sinovdan o‘tkazish uchun tajriba-sinov maydonchalarini tashkil etish va ularga metodik yordam 
ko‘rsatish.
Maktabgacha ta’lim tizimini ilmiy salohiyatini oshirish borasida: 
respublika maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan tajriba- sinov ishlari bankini 
yaratish; 
innovatsion jarayonlarning ilmiy-metodik ta’minotini ta’minlash; 
innovatsiyalar bo‘yicha doimiy ishlab turuvchi seminarlarni tashkil etish; 
maktabgacha ta’lim tizimini ilmiy jihatdan rivojlanish ko‘rsatkichlari, tajriba-sinov va innovatsion 
ishlar natijalarini yoritish bo‘yicha tadbirlar tashkil etish; 
Metodik xizmat faoliyatining zamonaviy yo‘nalishlari: 
maktabgacha ta’lim tizimini informatizatsiyalash; 
uzluksiz malaka oshirish tizimi servis xizmatini tashkil etish, ushbu jarayonning metodik 
ta’minotini takomillashtirish; 
maktabgacha ta’lim tizimini axborot-kommunikatsiya ta’minotini yaratish. 


107 
AMALIY FAOLIYAT. 
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan 
Davlat talablarini hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini bajarilishini metodik jihatdan ta’minlashga 
yo‘naltirilgan istiqbol dasturni ishlab chiqish, shu asosida reja tuzish va bajarilishini ta’minlash; 
Ta’lim tashkilotlariga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida metodik ishlarni tayyorlash, nashr 
etish va joylarga yetkazishni tashkil etish; 
Xududdagi ta’lim tashkilotlari uchun ta’limiy o‘yinchoqlar, ko‘rgazmali qurollar va boshqa 
didaktik materiallar tayyorlashni tashkil etish; 
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani takomillashtirishga xizmat qiladigan ilg‘or, zamonaviy 
pedagogik texnologiyalarni aniqlash, tanlash va ommalashtirish; 
Barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ular qoshida tashkil etilgan 
rivojlantirish guruhi, bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yil majburiy bepul tayyorlov guruhlarga metodik 
yordam ko‘rsatish.
Viloyat, shahar, tuman xududidagi maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasiga 
yo‘naltirilgan istiqbolli rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, uni viloyat (shahar, tuman) Maktabgacha 
ta’lim bo‘limi metodik Kengashi tasdig‘iga kiritish hamda ushbu dastur asosida tadbirlar belgilash, ularning 
bajarilishini ta’minlash.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Davlat talablarining ijrosini amalga oshirish va ta’lim sifatini 
yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish, uni pedagogik kengashda muxokama qilish va 
bajarilishini ta’minlash. 
Viloyat, shahar, tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limining monitoring xizmati xodimlari bilan 
hamkorlikda monitoring natijalarini tahlil qilish, tarbiyalanuvchilar bilimida aniqlangan kamchiliklarni 
(bo‘shliqlarni) bartaraf etish (to‘ldirish) chora-tadbirlarini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etilishini 
ta’minlash.
Viloyat, shahar, tuman miqyosida barcha faoliyat turlari, ta’lim-tarbiya ishlari bo‘yicha 
innovatsion pedagogik texnologiyalar, ilg‘or ish tajribalarni o‘rganishga, tarbiyachilar malakalarini 
oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik seminarlarni tashkil etish va o‘tkazish.
Tuman (shahar) miqyosida barcha faoliyat turlari yo‘nalishlari bo‘yicha metod birlashmalarga
amaliy metodik yordam berish.
Viloyat, shahar, tuman miqyosidagi ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, hamda ulardan talabga 
javob beradiganlarini metodika markazining Kengash qarori bilan tuman (shahar) bo‘yicha ommalashtirish, 
viloyat bo‘yicha ommalashtirishga tavsiya etish.
Ta’lim tashkilotlarida iqtidorli bolalar bilan ishlashda metodik yordam ko‘rsatish.
Ta’lim tashkilotlaridagi turli yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan to‘garaklar ishini nazorat qilish 
hamda ularga tegishli metodik yordam ko‘rsatish:
Metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish, tahlil qilish, mavjud 
muammolarni hal etish yuzasidan viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasiga takliflar kiritish:
Davlat talablari ijrosini ta’minlash, ta’lim samaradorligini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonini 
takomillashtirishga qaratilgan metodik yo‘riqnomalar, tavsiyalar va mashg‘ulot ishlanmalar ishlab chiqish 
hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazish:
Ta’lim sifatini yaxshilash uchun yangi imkoniyatlar 
Ta’lim sifatini yaxshilash uchun ushbu prinsiplarga quyidagilar kiradi: har bir bola uchun 
maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi;
har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar tengligi; 
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni sog‘lomlashtirishning, oila 
hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi;
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyg‘unligi; bolaning shaxsini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan shaxsiy yondashuv; maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limning izchilligi 
hamda uzluksizligi; ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi; ta’lim-tarbiya 
jarayonining shaffofligi va ochiqligi; maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining 
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sog‘lig‘i holatiga 
muvofiqligidir. 


108 

Download 4,42 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish