TIL VA NUTQ JARAYONIDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR VA ULARNI OLDINI




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

TIL VA NUTQ JARAYONIDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR VA ULARNI OLDINI 
OLISH YO`LLARI 
Nasimova Gulnoza 
Buxoro viloyati Gʻ ijduvon tumani 17-umumiy oʻrta ta’lim maktabining Boshlang’ich sinf 
o’qituvchisi
Ma’lumki, “Ta’lim to`g`risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amaliyotga joriy 
qilishning keyingi bosqichlarida barcha o`quv fanlari bilan bir qatorda adabiy ta’lim tizimida ham ta’lim 
metodlarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida ishlab chiqish, tabaqalashtirilgan ta’lim mazmuni va 
metodlarini yaratish, ularni ma’rifiy-ma’naviy tarbiyaga mos ravishda takomillashtirish ishlari davom 
ettirildi. Xususan, o`zbek tili o`quv mazmunida adabiy materialni o`rganishga bo`lgan e’tibor kuchaydi. Til 
ta’limi sohasida asosiy natija o`zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan keng foydalangan holda fikrni 
og`zaki va yozma shakllarda to`g`ri va ravon ifodalash ko`nikmalarining shakllanganlik hamda 
rivojlanganlik darajasi bilan baholanadi. O`zbek tili mashg`ulotlarida nutqning asosiy materiali- so`z 
ustida ishlash, o`quvchilarning lug`at boyligini oshirish, so`zdan to`g`ri va o`rinli foydalanish malakalarini
shakllantirish nutq madaniyatini rivojlantirish sohasida muhim ahamiyat kasb etadi. Afsuski, keying 
paytlarda til va nutq ta’limida quyidagi muammolarga duch kelyapmiz. 
O`zbek tili mashg`ulotlarida o`quvchilarning darsda ayrim so`zlarni o`z ona tilida emas, balki boshqa 
tilda talaffuz qilishi; 
O`zbek tilidagi ayrim fonemalar, x, h, harlarini talaffuzda ajrata olmasligi; 
Tutuq belgisining ma’no farqlashga e’tiborsizlik, aniqrog`i, bilmasliklari; 
Yozma savodxonlikda shevadan foydalanish; 
Gapda so`zlar tartibini to`g`ri ishlatmaslik va natijada uslubiy xatoning kelib chiqishi; 
Tilda va nutqda noo`rin so`zlarni ishlatish; 
v , f va p harflarining talaffuzda almashtirilib ishlatilishi; 


98 
8.Ta’lim boshqa guruhlarda olib boriladigan tillarda guruhlarda o`zbek tilini o`qitish borasida
o`zbek tili mutaxassislari duch kelayotgan muammolar, ya’ni o`zbek tili mashg`ulotlarida o`quvchilarning 
darsda ayrim so`zlarni o`zbek tilida emas, balki o`z ona tilida talaffuz qilishi; 
O’quvchilar nutqidagi tipik kamchiliklar
Matnda mavzuga uyg’un holda asosiy fikrni yoritib bera olmaslik; 
So’z tanlashdagi xatoliklar, ma’nodosh so’zlardan foydalana olmaslik; 
Bitta gap yoki yondosh gaplarda bir so’zni o’rinsiz takrorlash; 
Gap tuzishda so’zlar tartibiga e’tibor bermaslik ,gap bo’laklari o’rnini chalkashtirish; 
Ko’proq bir qolipdagi oddiy va sodda sintaktik qurilmalarni qo’llash; 
Yozma nutqda murakkablashgan sodda gaplar qo’shma gaplarning deyarli ishlatilmasiligi; 
Turli tasvir vositalari ishlatilgan jumlalar ,hissiy-ta’siriy bo’yoq bildiruvchi ifodalarning 
qo’llanmasligi. 
O’quvchilar nutqida kamchiliklarning sabablari o’quvchilar va o’qituvchilar lug’at boyligining 
kambag’alligi; 
kitob mutolaasi, kitobxonlikka e’tiborning yuqori emasligi; 
dars jarayonida nutqiy kompetensiyalarga oid tajribalarning yetarli emasligi; 
ona tili darslarida berilgan mashq va topshiriqlarning ko’proq lingvistik kompetensiyalarni 
shakllantirishga qaratilganligi; 
Xo`sh, bunday vaziyatda nima qilish kerak, degan savol tug`iladi. Fikrimizcha, ayni chog`da, 
lo`nda qilib aytganda, umumiy o`rta ta’limda “Grammatika- grammatika uchun emas, balki “Grammatika 
–fikrning aniq va lo`nda ifodasi uchun” shioriga amal qilish maqsadga muvofiq. Buning uchun:
O`quvchilarning aniq va ravon so`zlashlariga qaratilgan , o`z pedagogik faoliyatim davomida dars tashkil 
qilishda ayrim usullardan foydalanish xususidagi fikr-mulohazalarimni kasbdoshlarim e’tiboriga havola 
etmoqchiman. 
1.O`zbek xalq maqollari “ Til, falsafa va badiiy ijodning o`ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan 
xalq maqollari folklorning ixcham shakli, ammo teran mazmunga ega bo`lgan janrdir. Ularni qo`llash 
natijasida dars jarayoni nihoyatda qiziqarli o`tadi, pirovardida o`quvchilarning talaffuz nuqsonlari bartaraf 
etiladi. Masalan: “Yaxshi niyat qil, yomoniga tayyor tur” maqoil tarkibiga kelishiga qarab birgina yomon 
so`zi o`z ma’nosi –yomonlikdan tashqari, xudbinlik, tekinxo`rlik, egrilik, insofsizlik, dushmanlik, 
qo`rqoqlik, nodonlik, ilmsizlik, odobsizlik, baxillik, manmanlik, noshudlik, yolg`onchilik, sabrsizlik, 
bevafolik, ochko`zlik, nomussizlik, isrofgarchilik va hokazo salbiy xususiyatlarni ham ifodalaydi. Bu holat 
maqollarda so`zning ma’no imkoniyatlari naqadar kengligini ko`rsatadi. 
2. Tez aytishlar “Tez aytishlar kichik va maktab yoshidagi bolalar nutqidagi ayrim tovushlarni 
buzib talaffuz etish hollarini tuzatishga , to`g`ri so`zlaydigan bolalarda esa adabiy talaffuz normalarini 
mustahkamlashga , nihoyat , bolalarga jumlalardagi mantiqiy urg`uni topib olishga yordam beradi”. Xuddi 
shu kabi , tez aytishlardan foydalanish ham ikkinchi tilni o`rganuvchilarni qiziqtiruvchi , ular nutqidagi 
ba’zi nuqsonlarni bartaraf qiluvchi usuldir. Dars jarayonida quyidagi tez aytishlardan foydalanish mumkin: 
1. Jamila jiydani joyiga joyladi. 
2. Jo`ja cho`chib go`ja cho`qir. 
3. On sakkizda bir sakkiz, sakson sakkiz juft sakkiz. 
4. Qishda kishmish pishmasmish, kishmish pishsa qishmasmish. 
3. x va h harflari ishtirok etgan so`zlarni ustida ishlash natijasida ulardagi farqni o`rgatish. 
4. Lugatlar ustida ishlash. Bunda dars davomida , ayniqsa, mashqlarni bajarishda o`quvchilar 
tushunishi qiyin bo`lgan so`zlarni izohli lug`atdan topishni o`rgatish kerak bo`ladi. 
5. Frazeologik birliklar bilan ishlash, shevadagi so`zlarning adabiy nutqdagi variantlari bilan ishlash 
, til ta’limini rivojlanishga muhim omil bo`lib xizmat qiladi.
Demak til ta’limida maqol, tez aytish, talaffuzdan ajratish qiyin bo`lgan so`zlar , lug`at boyligini 
oshirish, iboralar bilan shug`ullanish va ulardan foydalanish- darsning qiziqarli va mazmundor bo`lishini 
ta’minlovchi amaliy –didaktik omillardan biridir.Yana shuni aytib o`tish kerakki, o`quvchilarni badiiy 
asarlar o`qishga va bu orqali ularni teran fikrlashga , hozirjavoblikka, boshqalar oldida o`z fikrini ayta 
olishga, har voqea yuzasidan to`g`ri , xolisona baho berishga o`rgatish mumkin . Yuqoridagilardan kelib 
chiqib shuni aytish mumkinki, qo`llanilgan usullar o`quvchilarning intellektual faollik, qiziqishlari hamda 
moyilliklaridan kelib chiqqan holda bilimlarning ortishi va ko`nikmalarining malakaga aylana borishini 
ta’minlaydi. Ta’lim sifat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiyani hozirgi 
zamon talablari darajasida olib borishda mavjud barcha imkoniyatlar va vositalardan samarali 
foydalanganimizdagina ma’naviyati yuksak yoshlarni tarbiyalashga erishamiz.


99 
Adabiyotlar. 
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.-Toshkent: 
O’zbekiston,2000,23-bet. 
Abdullaeva Q. Nutq o’stirish.Toshkent: O’qituvchi,1980. 
Mamajonov A. Tekst lingvistikasi.-T.TDPI.1999 
Oripov Q.,Obidova M. Ifodali o’qish.Toshkent: O’qituvchi,1982 

Download 4,42 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TIL VA NUTQ JARAYONIDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR VA ULARNI OLDINI

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish