BOSHLANG’ICH TA’LIMDA YANGICHA YONDASHUV




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA YANGICHA YONDASHUV 
Ortiqova Sitora Sharopovna 
Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishi 
14-1 BTU-19 guruh talabasi 
Boshlang’ich ta’lim ta’limning keyingi bosqichlariga tamal toshini qo’yar ekan, bugungi jadal 
rivojlanish zamonida zamon bilan hamnafas bo’lyapmizmi ? Qanchadan qancha muammolar girdobida 
qolmayapmizmi? Bolaning savodini chiqarish unga yozishni o’rgatish birmuncha boshqa fanlar yordamida 
tasavvurini kengaytirishimiz mumkin, ammo uni salohiyatini, madamiyatini, mustaqil fikrlash, har qanaqa 
holatga xolis fikrlashini talab darajasida emasligini bilamiz. Boshlang’ich ta’limga haI yechimini 
kutayotgan muommolar talaygina. Rivojlangan davlatlar qatorida ulardanda yuksak bilim va tafakkurga 
erishishimiz uchun ta’lim tizimini qayta va yana qayta isloh qilishimiz, kerak bo’lsa yangi darslar, mantiqiy 
fikrlashni o’stiruvchi hamma maktablarda shaxmat saboqlari kabi bosiqlik, vazminlik, o’ziga ishonch kabi 
fazilatlarni rivojlantiruvchi fanlarni kiritishni maqsadga muvofiq deb o’ylayman. Ta’limning har qanday 
turida xoh u maktabgacha, xoh boshlang’ich yoki undan keyingi ta’limda badiiy kitoblarning o’rin 
topishida ota-ona va o’qituvchining o’rni juda muhim. Boshlang’ich sinfdan boshlab ota-onalar 
homiyligida sinf kutubxonasini tashkil qilish, uni yildan-yilga boyitish. Har bir o’quvchiga shaxs sifatida 
qarash, u bilan har kun muloqotda bo’lish, uning fikri ham muhim ekanligini his qildirish, kelajakda u ham 


96 
yaxshi g’oyalar egasi bo’lishiga zamin yaratadi. Sinfda do’stona bir-biriga hurmat muhitini yaratish, yosh 
avlodni metin irodali, yuksak ma’naviyatli, madaniyatli, qadriyatlar asosidagi odob-axloqni, vatanparvar, 
sobit qadam bo’lishligida boshlang’ich ta’lim juda katta ahamiyatga egaligini yana bir bor ta’kidlab, endi 
o’quvchiga dars o’tibgina qolmay, u bilan muntazam shug’ullanish lozim.Oddiygina o’quvchiga kun 
davomida nimalar bilan band bo’lganini yozib kelishini qo’shimcha uyga vazifa sifatiga berish orqali 
boshlang’ich sinf o’quvchisida mustaqil fiklashga ya’ni o’quvchida shaxsiy fikrlashni rivojlantirishga
erkin fikrlashiga o’rgatish va qo’shimcha tarzda yozuvining chiroyli bo’lishiga erishish mumkin. 
Boshlang’ich sinf sifat va samaradorligini oshirish uchun endi eski tizimdan voz kechish va har darsda 
izlanish va innovatsiya kiritish lozim.
Masalan, darsda katta tennis koptokchalarini olib kirish orqali bo’ladigan ijobiy o’zgarishlar: -
koptokchani rangi kayfiyatni ko’taradi; 
-qiziqishni orttiradi; 
-barcha o’quvchilarni diqqati jamlanadi; 
Bu koptokchalarga eng faol, bilimli, chiroyli yozuv egalarini ismini yozib qo’yamiz koptokchalar 
ko’rinadigan joyda, parta yoki shkaf ustida, turadi. Boshida 4-5 ta koptokcha yetadi, keyinchalik natijaga 
qarab koptokchalar soni ortadi. Ishlash, izlanish, yangilik kiritish faqat yaxshi natija beradi. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOSHLANG’ICH TA’LIMDA YANGICHA YONDASHUV

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish