89
Boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy salohiyati va ma'lumot
darajasi, bolalar psixologiyasi,
hozirgi zamon boshlang'ich ta'lim metodikasini bilishi hamda o'qituvchi tinmay o'z ustida mustaqil ishlashi
fandagi barcha yangiliklardan xabardor bo'lishi ilg'or metodikalarga ega bo'lgan tajribali metodist-
o'qituvchilar bilan o'z tajribalari to'g'risida o'rtoqlasha olishi, samarali o'qitish metodikalarini namoyish eta
olishi lozim. Barcha umumta'lim maktablarining boshlang'ich ta'lim sifat va samaradorligini oshirish
zamonaviy
pedagogik, innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim jarayoniga keng
tatbiq etish, ilg'or ish tajribalarini o'rganishni taqozo etadi. Shuningdek hozirgi kunda matematika fanidan
juda ko'p misol va masalalar to'plamlari, qiziqarli matematika o'quv adabiyotlari nashr etilgan. Ushbu
fanga taalluqli qoshimcha adabiyotlardan foydalanib, darslarni mustahkamlash qismida foydalanib o tish
ham ijobiy samara
beradi.
Bugungi kunda darslarni turli xil metodlar bialan boyitib borishimiz mumkin. Bugungi kunda eng
dolzarb bo`lib borayorgan Xalqaro baholash dasturi TIMSS ga tayyorlash ayni davr talabi desak
adashmagan bo`lamiz. Topshiriqlarni esa o`zimiz tayyorlab borishimizga to`g`ri keladi.
Bunda "Tushunchalar tahlili" degan metodimizni bir eslaylik. Bu metod orqali otilgan mavzularni
eslab
qolishda, yangi mavzuni mustahkamlashda va olgan bilimlarimizni eslab qolishida ayni muddao
bo`ladi desak adashmagan bo`lamiz. Masalan: o`quvchilarga quyidagi topshiriqlar beriladi, ular bu
topshiriqlarga o`zlarining javoblarini yozishlari kerak.
Tushunchalar
Tahlil
Kub
Hamma yoqlari kvadratdan iborat to‘g‘ri burchakli parallelepiped
kub deb ataladi.
Uchburchak
Uchburchak geometrik figuralardan biri boʻlib, bir toʻgʻri chiziqda
yotmaydigan uchta nuqta va shu nuqtalarni ketma-ket tutashtirishdan hosil
boʻlgan figura. Nuqtalar uchburchakning uchlari,
kesmalar esa uning
tomonlari hisoblanadi. Uchburchak uning uchlarini koʻrsatish bilan
belgilanadi.
Kvadrát
Qarama-qarshi tomonlari oʼzaro teng bolgan toʼgʼri burchakli
toʼrtburchak yoki burchaklari toʼgʼri burchaklardan iborat boʼlgan romb
kvadrat deb ataladi
Aylana
Aylana – muayyan nuqtadan teng uzoqlikda yotgan nuqtalar
toʻplami. Aylana — faqat chiziq. Oq qog‘oz ustiga dumaloq stakanni
qo‘yib, atrofidan qalam yurgizib chiqsak, hosil bo‘lgan ingichka dumaloq
chiziq aylana bo‘ladi Aylana chizish uchun
sirkuldan ham foydalanish
mumkin. Agar sirkul bo‘lmasa, qog‘oz varag‘ini yog‘och taxtacha ustiga
qo‘yib, o‘rtasiga bitta knopka qadang, tagiga pishiq ip bog‘lab qo‘ying,
ipning ikkinchi uchiga qalam bog‘lang. Qalamning ip bog‘langan joyidan
ushlab, tarang torting-da, aylanma chiziq chizib chiqing, shunda aylana
hosil bo‘ladi.
Doira
Doira — yassi shakl, uni qirqib tayyorlash mumkin. Hali chizgan
aylanangizni atrofidan qaychi bilan qirqib chiqsangiz,
doira hosil
bo‘ladi.Doira va aylana «egizaklar», «opa-singillar»dir. Ular har doim
birga «yurishadi»: aylana chizdingizmi — doira hosil bo‘ladi, doira qirqib
oldingizmi — qaychi yurgan yo‘l aylanani bildiradi. Sirkul qo‘yiladigan
yoki haligi knopka qadaladigan nuqta aylana va doira markazi
hisoblanadi. Limon bo‘lagi va velosiped g‘ildiragi markazini topish oson.
Bu metodni nafaqat matematikada balaki boshqa fanlarda ham ishlatsak bo`ladi. Bolalarni fanga
bo`lgan qiziqishlarini oshirishda, mavzularni eslab qolishda bu metodlarni
dars davomida foydalanish
ularda fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qilgan bo`lamiz. Har bir metodning o`ziga xos
tomonlari bor, biz undan darslar jarayonida oqilona foydalanishimiz kerak. Bu esa fanimizni yanad qiziqali
o`tishimizga o`quvchilarni fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga sabab bo`ladi deb o`ylayman.
90
Fikrimni Rudakiyning ushbu gaplari bilan tugatmoqchiman " Bilim odamiing ijodiy maqsadlariga
xizmat etmog‘i lozim. Bilim orttirishning o‘zi kifoya emas, uni iloji boricha keng yoymoq va hayotga tatbiq
etmoq zarur".