86
(tasavvurni) hissiyotni shakllantirish darslari. Unga sanab o‘tilgan dars shakllaridan seminarni,
yakuniy
konferensiya, yakuniy sayohatni qo‘shish mumkin.
Dars tuzilishi o‘quvchilarga juft, guruh va individual ishning har xil turlariga qo‘shilish imkonini
beradiki, ular dars vaqtining katta qismini band etadi. Ta’limning individuallashgan va individual-
guruhlashgan shakliga murojaat qilish ham mumkin.
Bu dars juda katta tarbiyaviy axamiyatga ega bo‘lib, u nafaqat o‘quv materiali g‘oyaviy mazmunidan
samarali foydalanish hisobiga, balki ratsional muloqot va jamoaviy ishni tashkil etish ham iborat bir-biriga
g‘amxo‘rlik qilishi, yordam ko‘rsatishi va qo‘llab-quvvatlashining namoyon bo‘lishi uchun sharoitlar
yaratiladi. Bu o‘rinda amalga oshirilgan o‘zaro nazorat, o‘z-o‘zini nazorat qilishning rivojlanishiga yordam
beradi. Rivojlantiruvchi vazifalar shunda hal qilinadi.
Bilimlarni mustahkamlash bo‘g‘inlari birlashishida, malaka va ko‘nikmalar hosil qilishda bilim,
ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish darsi tuziladi.
Bu darsda o‘quvchilar avvalgi bilimlariga suyanib, ularni rivojlantiradi,
turli vaziyatlarda ularni
qo‘llashni o‘rganadi. Bilimlarni anglash mahorati va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni kechadi.
Bunday darslarda ta’limning amaliy metodlari hukmronlik qiladi, bilish faoliyati xarakteriga ko‘ra
esa afzallik qisman izlanish, reproduktiv metodlarga beriladi.
O‘qituvchining faoliyati o‘ziga xos bo‘ladi. O‘quvchilarning ishini avvaldan rejalashtirib olib, u
tezkor nazoratni amalga oshiradi, yordam ko‘rsatadi, qo‘llab-quvvatlaydi va ularning faoliyatiga tuzatishlar
kiritadi.
Bilimlarni amalda qo‘llash darsi.
Bu turdagi darslarning asosiy shakllari:
aylanma va amaliy o‘yinlar;
praktikumlar;
loyihalarni himoya qilish darsi;
sayohat;
ekspeditsiya va h.k.
Dars tuzilishi quyidagi bosqichlarni ko‘zda tutadi: tashkiliy, maqsadning qo‘yilishi, uy vazifasini
tekshirish va bilimlarni dolzarblashtirish, amaliy vazifalarni bajarishda bilim, malaka va ko‘nikmalarni
ishga solish. Bu darsda o‘quvchilar avval orttirgan bilimlariga asoslanib amaliy faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Avval uy vazifasining bajarilishi tekshiriladi, so‘ng bilimlarni dolzarblashtirish maqsadida nazariy material
ko‘rib chiqiladi. Shundan keyin o‘quvchilar aniq ifodalangan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan konstruktiv
topshiriqlarni bajarishga kirishadilar.
Masalan, ekskursiyadan olingan materiallarga tayanib o‘quvchilar maktab tomorqasiga almashlab
ekishni joriy etish sxemasini tuzadi. Konkret iqtisodiyot masalalarini o‘rgana borib, sanoat korxonalarini
mahsulot hajmini ko‘paytirish bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzadi, iqtisodiyot qonunlariga suyanib iqtisodiy
rivojlanish sxemasini tuzadi. Bu yerda ta’limning hayot bilan aloqa prinsipini amalga oshirish, turli jabha
va predmet sohalarini integratsiyalash uchun keng imkoniyatlar beriladi.
Bu turdagi darsning maqsadi – bilimlarni amalda qo‘llash.
ta’limiy vazifalari: olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llashni o‘rganish;
mavjud imkoniyatlarni
konkret vaziyatda ishga sola bilish; o‘quv materiallari bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini
mustahkamlash; o‘z nuqtai nazarini himoya qilishni o‘rgatish; muammolarni ajrata olish ko‘nikma va
malakasini mustahkamlash;
tarbiyaviy vazifalar: aktiv faoliyatga jalb qilish; madaniyatni shakllantirish; jumladan, ekologik
madaniyatni shakllantirish, o‘quvchilarda insonparvar shaxs sifatini shakllantirish; muloqot ko‘nikmalarini
takomillashtirish;
rivojlantiruvchi vazifalar: bilim manbalari bilan ishlash
malakasini takomillashtirish, tahlil qilish,
turkumlashtirish ko‘nikmalarini takomillashtirish va h.k.; chiqishlar qilish va o‘z nuqtai nazarini himoya
qilishni bilish; ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, guruhlarda ishlashning kommunikativ ko‘nikmalarini
rivojlantirish; atrofdagi hayotni bilishga qiziqishni rivojlantirish.
Bilimlarni amalda qo‘llash darslari juft, frontal, guruh bo‘lib va individual ishning birligi asosiga
quriladi. O‘quvchilarning jamoaviy ishlarning har xil turlariga kirishishi shaxsda insonparvarlik
sifatlarining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ijodiy xarakterdagi vazifalarni hal etish asosida
rivojlanayotgan o‘quv faoliyati ularning samarali rivojlanishiga yordam beradi.