Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

BOSHLANG'ICH SINF 
SAVOD O'RGATISH DAVRIDA O'QUVCHILARNI O'QISH VA 
YOZISHGA O'RGATISH MASALALARI 
Eshova Farida 
Shofirkon tumani 1-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi 
Sulaymonova Zebo 
Shofirkon tumani 1-maktab boshlang'ich talim o'qituvchisi 
 
Ma'lumki, savod o'rgatish, o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarga tovush va harfni 
tanishtirish, ularning to'g'ri talaffuzini o'rgatish orqali bolalarda to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini 
shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o'quvchilar lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirish, bilimini 
boyitish, mavxum tafakko'rini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o'stirishda ham bu davr 
mas'uliyatliligi bilan alohida o'rin tutadi. 


92 
Tayyorgarlik davri o'qishga o'rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o'zgalar nutqning 
eshitish, diqqatni to'plash, til birikmalarini (tovush, bo'g'in, so'z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini 
anglash kabi xususiyatlar shakllanadi. Bular o'quvchilarning o'qishni muvoffaqiyatli egallashlariga yordam 
beradi. 
O'qishga o'rgatish uchun avvalo o'quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va 
harf bilan tanishtirishda bo'g'indan tovushni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir 
necha xil yo'nalishda amalga oshirilishi mumkin:1 
Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog'lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, 
so'ng kerakli so'z ajratib olinadi, so'ngra so'z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiridadi. 
So'z asos qilib olinadi. Analitik mashqlar yordamida o'rganiladigan tovush ajratibolinadi: ot. 
O'qituvchi ot rasmini ko'rsatadi, o'quvchilar uning nomini - so'zni aytadilar. O'qituvchi o tovushini cho'zib 
(o-o-o-ot) aytadi va qaysitovushni cho'zib aytayotganini o'quvchilardan so'raydi. O'quvchilar o tovushini 
aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o'tkaziladi. O tovushli nso'zlar o'ylab toptiriladi. Shundan 
so'ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko'rsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib 
qolishlariga alohida e'tibor beriladi. 
O'rganilgan harflar ichiga bugun o'rganiladigan harf aralashtirib qo'yiladi, bolalar uning ichidan 
notanish harfni ajratadilar, so'ng o'qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadilar. O'quvchilar 
tovushning xususiyatlarini aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli 
alifbodan ko'rsatadilar. 
Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o'qishga o'rgatish ustida ishlanadi. O'qishga o'rgatishda 
bo'g'in asos qilib olinadi. Buning uchun o'qituvchida bo'g'in jadvali bo'lishi lozim. Bo'g'in jadvali asosida 
o'qish namunasi ko'rsatiladi, ya'ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko'z bilan ko'rib, uning nomini dilda 
saqlab, ikkinchi harfni ko'rish va ikkalasini bog'lab, unlini mo'ljallab ulab aytish tushuntiriladi. Bo'g'in 
o'qish o'qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har bir darsda izchil olib boriladi. Bunda quyidagi 
kabi jadvaldan foydalanish mumkin. Bunda «Alifbe» sahifalaridagi so'zlarni oldin bo'g'inga bo'lish, so'ng 
o'qishni mashq qilish yaxshi samara beradi. O'qituvchining namunali o'qishidan so'ng xor bilan o'qish, 
yakka-yakka o'qishdan, shivirlab o'qishdan foydalaniladi. Ayniqsa, lekin o'qiydigan o'quvchilar bo'lgan 
sinflarda xor bilan o'qitish o'qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o'quvchilarining o'qish 
ko'nikmalaridan kelib chiqib, matndagi so'zlarni harf xattaxtasiga bo'g'inlarga bo'lib yozish, o'rganilgan 
harflarni hisobga olgan xolda qo'shimcha so'z birikmalari, gaplar tuzib yozish va o'qitish usulidan ham 
foydalaniladi. 
Ma'lumki, «Alifbe» sahifalarida bo'g'in tuzilishi murakkablashib boradi. Shuning uchun o'qituvchi 
har bir bo'g'in tuzilishining murakkabligiga qarab ish usullarni belgilab olishi zarur. Masalan, uch 
tovushdan tuzilgan, to'rt tovushdan tuzilgan bo'g'inlarni o'qishga o'rgatish ham o'ziga xos qiyinchiliklarni 
keltirib chiqaradi. Bunda o-lam, Man-non, tipidagi bo'g'inlarda — o-la:m, Ma: n- no: n tarzidagi qo'shimcha 
chiziqdan, bodring, do'st tipidagi bo'g'inda ring, do'st tarzidagi qo'shimcha chiziqlardan foydalaniladi. 
So'zlarni o'qishga o'rgatishda bilib o'qitishdan tashqari jadvallar ham yaxshi samara beradi. 
Umuman olganda, har bir o'qish darsida albatta bo'g'in tuzilishi murakkab so'zlarni o'qish mashqi 
o'tkazilishi lozim. Bu usul o'quvchilarda o'qish malakasining takomillashuviga yordam beradi. 
O'qishga o'rgatishda so'zlarni va gaplarni to'ldirib o'qish ko'nikmalarini hosil qilish o'quvchini gap 
tuzishga, tez fikrlashga yo'naltiriladi. O'quvchi tushirib qoldirilgan harf va so'zni rasmga qarab topadi, 
uning gap mazmuniga mos yoki mos emasligiga e'tibor beradi, o'rtoqlariga nisbatan tez topib, 
o'qituvchining raxmatiga sazovor bo'lishga intiladi. 
«Alifbe» darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatilgan. Ular shularga mos ohang tanlashni, 
to'xtash, pauza qilish o'rinlarini belgilab olishni taqozo etadi. Bunda ham o'qituvchining tushuntirishi 
(birinchi uchragan tinish belgini izohlashi) va ifodali o'qish namunasini ko'rsatishi katta ahamiyat kasb 
etadi. Ifodali o'qilgan matngina tushunarli tuziladi. 
Har bir predmetda bo'lgani kabi o'qish darslarida ham ta'lim-tarbiya birligiga e'tibor beriladi. O'qish 
darslarida tarbiya o'qilgan matnning ongli o'zlashtirilishiga bog'liq. O'quvchi matnda fikr nima haqida 
borayotganini anglasagina, o'zida shunday xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan esa 
yaxshi inson bo'lish uchun o'qishning zarurligini anglaydi. Shuning uchun ongli o'qishni ta'minlashda matn 
bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar 
berishga diqqat qaratish lozim. Masalan, rasmni kuzating, matnda nima haqida gap boradi? Rasmda nima 
tasvirlangan? Ular orasida bog'lanish bormi? 
Matn mazmunini rasmga qarab so'zlab bering. 
Yoki: Bolalar qayerga bordilar? Qizning ismi nima? Bolaning ismi-chi? Ali, Lola nima qildi? 


93 
Ular qanday lolalar terdilar? 
Demak, o'qish o'qiganlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim, shundagina matndagi asosiy 
fikr, ilgari surilayotgan g'oya o'qituvchilar tomonidan o'zlashtiriladi. So'ng so'z va matnlar yod olingan 
taqdirda ham o'quvchiniki bo'lib qoladi, 
O'qishning ongliligini va ta'sirchanligini ta'minlash uchun matn mazmunini o'quvchilarning ko'rgan 
kechirganlarini, taassurotlari bilan bog'lash lozim. Shunda o'quvchida o'qishga, o'rganishga qiziqish ortadi.
Ongli o'zlashtirishni amalga oshirishda lug'at ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. She'r, 
tez aytish, topishmoq, qo'shiq, maqol, hikmatli so'zlardan o'qitish, yod oldirish ham o'quvchilarni o'qishga 
qiziqishini oshiradi, o'qish malakasini shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi. O'qish darslarining 
uchdan ikki qismi o'qishni mashq qilishga ajratilishi lozim. 
Demak, o'quvchilarni o'qishga o'rgatish, ularning o'qish sur'atini oshirish, ifodali va ongli o'qish 
elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o'qish darslarining muhim vazifalari hisoblanadi. 
Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan savod o'rgatish ham, o'quvchilar nutqi 
va tafakkurini o'stirish bilan bog'liq xolda uyushtiriladi. Savod o'rgatish davridagi ishlarning miqyosi keng 
bo'lib, ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, predmet darslar, rasm yuzasidan suhbat va boshqalar bilan 
bog'lanadi. Bu davrda o'quvchilar nutqini o'stirishning vazifalari: 
bolalar nutqidagi kamchiliklarni to'g'irlash; 
ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog'liq xolda lug'atini boyitish; 
o'quvchilar nutqidagi ayrim so'zlarning ma'nosiga aniqlik kiritish; 
gap va uch-to'rt gapli kichik «hikoyacha» (bog'lanishli nutq)ni og'zaki turli tuzish ko'nikmasini 
o'stirishdan iborat. 
Bolalar bu davrda, birinchidan, kiyim-kechak, ish qurollari, mevalar kabi predmetlar bilan tanishish 
yordamida so'zni ongli ishlatishga; ikkinchidan, turli tipdagi sodda yirik gap (Bolalar yuguryaptilar), sodda 
yoyiq gap (Lola magazinga bordi), uyushiq bo'lakli gap (Anvar oyisiga yordamlashadi, ukasiga qaraydi), 
tuzadilar. Ular bu ko'nikmalarni amaliy -mashqlar yordamida egallaydilar. 
Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiati, kuzatishlari nutq o'stirish uchun asosiy 
manba hisoblanadi. Predmetlar, uy-ro'zg'or asboblari, o'simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun mavzu 
bo'lib xizmat qiladi. Suhbat jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar 
shakllanadi. 
Birinchi sinf o'quvchilari nutqni o'stirishda bolalarning o'yin va ertaklari, rasm ko’rish va Bu nima? 
Bukim? Bu qanday predmet? Kim nima qilyapti? kabi savollar asosida suhbatdan ham foydalaniladi. 
Savod o'rgatish davrida nutq o'stirishga oid ish turlariga atrofdagi jonli predmetlarning nomini, 
ularning belgilarini aytish, predmetlarni ma'lum belgilari asosida guruhlash kabi mashqlar kiradi. Masalan, 
o'qituvchining topshirig'iga muvofiq ma'lum bir temada (kuz, mevali bog', oila, sinf, maktab haqida) ikki 
so'zdan iborat gap tuzadilar; keyinroq esa shunday yirik gaplar tuzib, uni savollar yordamida yoyiq gapga 
aylantiradilar. O'rgangan harflaridan so'zlar va kichik gaplar tuzib yozadilar. O'qish darslarida rasmga qarab 
kichik hikoyacha tuzadilar, o'qituvchi savoliga to'liq javob berishga o'rganadilar. Alifbedagi rangli chiroyli 
rasmlar tevarak-atrofdagi predmet va xodisalar, hayvonlar va o'simliklarning nomini idrok etishga, bilib 
olishga yordam beradi. 
Savod o'rgatish davrida grammatik-orfografik bilimlarni amaliy o'zlashtirish. Savod o'rgatish 
davridayoq bolalar grammatika va imlodan ayrim materiallarni amaliy asosda o'zlashtira boradilar, ya'ni 
ularga mavzu tushuntirilmaydi, nazariy ma'lumot berilmaydi. 
Bolalar og'zaki va yozma nutqni o'zlashtirish va yozma mashqlarni bajarish bilan o'quv yilining 
ikkinchi yarmida yoki keyingi sinflarda o'rganiladigan mavzularni o'zlashtirishga tayyorlaydilar. 
Savod o'rgatishning birinchi oylaridayoq bolalar Ali, Omon, Olam, Naima kabi juda ko'p ismlarni 
o'qiydilar va kishilarning ismlari bosh harf bilan yozilishini amaliy o'zlashtira boradilar. 
Bu bilan ular o'quv yilining ikkinchi yarmida o'rganiladigan kishilarning ismi bosh harflar bilan 
yozilishiga doir imlo qoidasini o'zlashtirishga tayyorlanadilar. Til-dil, olti-oldi kabi so'zlarni o'qishni mashq 
qilish jarangli va jarangsiz undoshlarni o'zlashtirishga, son-sana, gul—gulchi-guldon—gulzor, bog'-
bog'bon- bog'cha kabi so'zlarni o'qishni mashq qilish esa bolalarni «O'zakdosh so'zlar» mavzusini 
o'zlashtirishga tayyorlaydi. 
Propedevtik mashqlar sistemasi boshlang'ich sinflar grammatika va imlo dasturining bosqichli 
izchillik tamoyili asosida tuzilishiga mos keladi. Amaliy ishlar natijasida bolalarda ma'lum nutq tajribasi, 
til qoidalarini, so'zni, uning tarkibi va yasalishini, boshqa so'zlar bilan bog'langanda o'zgarishini kuzatish 
tajribasi to'plana boradi. Mana shu tajribalar asosida o'quvchilar nazariy umumlashmalarni o'zlashtiradilar, 
bular asosida esa grammatik tushuncha va orfografik qoidalar shakllanadi. 


94 

Download 4,42 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish