BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA O’QUVCHILAR NUTQINI O'STIRISH




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA O’QUVCHILAR NUTQINI O'STIRISH 
Fatullayeva Lola 
Buxoro viloyati Gʻ ijduvon tumani 17-umumiy oʻrta ta’lim maktabning boshlangʻich
sinf oʻqituvchisi 
Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog'liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog'liq holda o'stiriladi. 
Darsda o'qilgan asarni o'quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g'oyasini anglab yetishi uchun tahlil, 
sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullar qo'llanadi. O'qilgan asarni analiz qilishda har xil 
ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o'qituvchi 
rahbarligida asar rejasini tuzadilar. Qatnashuvchi shaxslarni o'quvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin, 
ammo o'qituvchi ularni asarda qatnashish tartibida aytishni so'raydi. Natijada o'qituvchi rahbarligida 
hikoyaning chizmasi tuziladi. O'qituvchi bergan savollar yordamida asarlarning mazmuni aniqlanadi. 
Shunday qilib, asar mazmuni bilan birinchi tanishish o'quvchilardan ongli ishlashni, ya’ni voqealarni, 
qatnashuvchilar tarkibini tahlil qilishni talab etadi. O'qish bilan bog'liq holda bajariladigan bunday mantiqiy 
ishlar asta-sekin murakkablashib boradi. 
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'quvchilar nutqining o'sish darajasi to'g'ri uyushtirilgan 
qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to'liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari 
mavjud. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun matnni to'liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, 
boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o'qilgan hikoya mazmuni yuzasidan 
o'qituvchining savoli hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o'rtasidagi bog'lanishning sabab-natijalari 
haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar sujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti- 
harakati asosiy rol o'ynaydi. O‘quvchilar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-
harakati, xarakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab yetadilar. O'qituvchining savoli 
asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakati qayerda va qanday sharoitda yuz bergani 
haqida so‘zlab berishga, voqealarni izchil bayon qilinishga va o'zaro bog'liqligini yoritishga yo’naltirilishi 
lozim. O'quvchi o'qilgan asar mazmunini o'qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, 
sintezdan ham foydalaniladi: ayrim lavhalar o‘zaro bog'lanadi (sintezlanadi), bir-biriga taqqoslanadi, ular 
yuzasidan muhokama yuritiladi va xulosa chiqariladi. Ko'pincha boshlang'ich sinf o'quvchilari 
qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan noto'g'ri yoki yuzaki tushunishlari 
natijasida asar mazmunini anglab yetmaydilar. Shuning uchun ham o'qituvchi savolni juda o'ylab tuzishi, u 
bolani fikrlashga, o'ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning 
bog'lanishi yuzasidan muhokama yuritishga undaydigan, ularni o'zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy 
tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo'lishi lozim. O'quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-
harakatini qanchalik aniq ko'z oldiga keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur 
tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi. O'qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta 
hikoyalash uning rejasini tuzishga yordam beradi. Reja tuzishda o'quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga 
bo'ladi va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin 
sintetik ishga o'tiladi, ya’ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida 
reja tuzish jarayonida o'qilgan hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan 
iboratliligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida o'ylaydilar. Sarlavha toppish ustida 
ishlash, o'quvchilar topgan sarlavhani jamoaviy muhokama qilish, reja tuzish jarayonining o'zi bolaning 
fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o'z mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim. 
Asarni o'qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja xattaxtaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil 
qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni berilgan izchillikda 
o'zlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash o'qituvchi savoliga javob berishga nisbatan asar mazmunini 
aytib berishning xiyla mustaqil shaklidir. O‘qilgan asar mazmunini o'zlashtirish ustida ishlashdagi keyingi 
bosqich qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2—3 qismga bo'linadigan, bu 
bo'limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib hikoyalashga o'rgatish 


100 
quyidagicha uyushtiriladi: o'qituvchi hikoyaning oldindan belgilab qo'ygan qismini o'qiydi va o'quvchilar 
bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o'quvchilar ba’zan asardagi so'zlardan 
foydalanadilar. Bu o'quvchilarga qiyinlik qilsa, bo'limdagi asosiy fikrni o'z so'zlari bilan aytib berishlari 
mumkin. Keyin o'quvchilar o'qituvchi bilan bu qismni qisqartirib hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik 
kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar.
Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o'quvchilar asarni qisqartirib 
qayta hikoya qiladilar.O'qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga II sinfdan boshlab o'rgatiladi. Tanlab 
hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini o'stirish vositalaridan biridir. Tanlab hikoyalashda 
o'quvchi: 
1) o'qilgan matndan bir qismini, lining chegarasini ongli ravishda ajratib 
so'zlab beradi; 
2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi; 
3) hikoya mazmunini faqat bir sujet yo'nalishida so'zlab beradi. 
O'qilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab tajribasida keng qo'llaniladi. Bu usul 
hikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda qo'llaniladi.Umuman olganda, 
boshlang'ich sinf o'qish darslarida ham o'quvchilar nutqi va tafakkurining rivojlanishiga katta ahamiyat 
qaratiladi.Boshlang’ich sinf o’quvchilari erkin fikrlashi ularni darslarda o’z fikrlarini bayon qila olishlari 
ularning nutq jarayoniga bog’liq.Shuning uchun o’qish darslarida erkin fikrlashga katta ahamiyat berish 
lozim deb o’ylayman. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.Zamonaviy dars. Ilmiy - metodik to’plami A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI.-T.:2007 
2. S.Matjononov , X.G’ulomova,Sh. Sariyev, Z.Dolimov. O’qish kitobi. 4-sinf uchun darslik. Qayta 
ishlangan va to’ldirilga 6-nashri. 
3. Karima Qosimova, Safo Matchonov ,Xolida G 'ulomova, Sharofat Yo‘ldosheva, Sharofjon 
Sariyev”Ona tili o’qitish metodikasi”, Toshkent, “Nosir” nashiryoti 2009. 71-73-bet 

Download 4,42 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA O’QUVCHILAR NUTQINI O'STIRISH

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish