BO’LAJAK TARBIYACHILARNING QOBILIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI ASOSIY




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

BO’LAJAK TARBIYACHILARNING QOBILIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI ASOSIY 
OMIL 
Abdullayeva Maryambibi Djumaniyazovna 
TVChDPI “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi 
o‘qituvchisi 
Hurmatli birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ,,Barkamol avlod orzusi” asarida 
,,Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson 
deganda, biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan 
bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”. Yana ,,Yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan odamlarning 
yetishmasligi bizning olg’a siljishimizda hamon katta to’siq bo’lib turibdi. Bunday kadrlarni, avvalombor, 
yosh kadrlarni topish, o’stirish, tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylanmoqda”, deb 
juda o’rinli ta’kidlangan. 
Maktabgacha ta’lim me`yoriy – huquqiy hujjati bo`lgan 2008 yil ishlab chiqilgan 
,,Maktabgacha ta’lim to’g’risida”gi Konsepsiyada ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari, ta’lim - tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab 
berilgan bo’lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e’tiborga olgan 
holda rivojlanish darajasini aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirish imkonini beradi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’lajak tarbiyachilariga katta 
talablar qo`yilmoqda. 
Bo’lajak tarbiyachining har tomonlama rivojlantirish va takomillashtirishga maqsadli yo’naltirish, 
uning dunyoqarashini, ehtiyojini ijtimoiy ahamiyatiga ega bo’lgan faoliyatini shakllantirish uchun maxsus


113 
kasbiy bilim va ko’nikma zarur. Bo’lajak tarbiyachi shunday universal va o’ta kuchli ommabop ta’sir 
vositalariga ega bo’lishi kerakki, undan quvvat olgan tarbiyalanuvchi har qanday salbiy, hatto o’ta kuchli 
yomon ta’sirga tushib qolganda ham uning ta’siridan chiqib keta olsin. Pedagogik qobiliyat nazariyasi va
metodikasining ishlab chiqilmaganligi shunga olib keladiki, pedagog-tarbiyachilarning har biri o’zicha 
paypaslab ijodiy izlanish olib boradi. Ayni paytda bir necha xil savollar tug`iladi. Bo’lajak tarbiyachilar 
bilan bolalar jamoasi qanday qilib til topishishi mumkin? Qanday qilib yaxshi pedagogik - psixologik
muhitni saqlab qolish va o’z kuch-quvvatini oqilona sarflash mumkin? Bolalarni pedagogik talablarini 
bajarishga qanday qilib majbur etish mumkin? kabi savollar muttasil takrorlanadi. Shu va shu kabi 
savollarga javob topish mazkur maqolaning asosiy muammosini belgilaydi. Pedagogik san’at vaziyat bilan 
bog’liq. Bu yerda har gal hamma narsa g’oya yangidan sodir bo’lganday tuyuladi. Binobarin, kishi o’zining
har bir qadamini oldindan ko’rishi va rejalashtirishi amalda mumkin emas. Tarbiyachining mehnati - 
bu behad izlanish va azob-uqubatli kechinmalar, ko’pdan - ko’p kundalik ishlar, hafsalasi pir bo’lish va 
bolalar bilan birgalikda boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilinadi. “Mutlaqo to’g’ri bo’lgan 
hech qanday pedagogik tadbirni yoki tizimni o’rnatish mumkin emas. Hozirgi daqiqa hozirgi bosqich 
sharoitlari va talablaridan kelib chiqmaydigan har qanday qotib qolgan aqida hamisha noto’g’ri qoida 
bo’ladi” - deb yozgan edi A.S.Makarenko. 
Ko’rinib turibdiki, bo’lajak tarbiyachilarda pedagogik qobiliyatni shakllantirish, ta’lim - tarbiya 
samaradorligini oshirish asosiy omillardir. Demak, bo’lajak tarbiyachilarni tayyorlashda bolalarni qobiliyat
sirlarini o’rgatishimiz, mustaqil kuzatishlar olib borishga odatlantirishimiz, ilg’or tajribalarni kuzatib 
malakalarini shakllantirishimiz va nihoyat tarbiyachilik kasbiga ijodiy yondashish orqali mehr 
munosabatini rivojlantirishdir. 
Mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishda yana bir omilning mavjudligi, ya’ni uzluksiz 
ta’lim tizimi xodimlari, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari tomonidan ilg’or pedagogik 
tajribalarni o’rganish va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan xabardorliklari, ularni ta’lim - tarbiya 
jarayonlarida samarali qo’llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy 
yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Aytish joizki, bu vazifalarning muvaffaqiyatli 
amalga oshishi tarbiyachiga pedagogik qobiliyatning qay darajada shakllanganligiga bevosita bog’liq. 
Bo’lajak tarbiyachilar hozirgi zamon yutuqlariga asoslanib davr talabiga mos keladigan pedagogik 
qobiliyatning shakllanish yo’llari va uning ayrim nazariy asoslarini yaratish juda muhimdir. Barkamol 
avlodni rivojlantirish va shakllantirish vazifalarining serqirraligiga va murakkabligi pedagogik qobiliyat
muammosi ta’lim - tarbiya nazariyasi hamda amaliyoti uchun o’ta zarurligini hisobga olgan holda eng 
dolzarbligini belgilaydi. Barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o`z kasbining ustasi bo`lgan 
bo’lajak tarbiyachilar nihoyatda zarur. 
Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy shunchalik 
ta’sir ko’rsatish emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchining aniq bir maqsadga qaratilgan, bir - biri 
bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatish ekanligi alohida ta’kidlanadi. Hozirgi 
vaqtda amalga oshirilayotgan ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, 
,,Ta`lim to`g`risidagi” O’zbekiston Respublikasining qonunining qoidalariga muvofiq tayyorlangan 
bo’lib, uning asosiy maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, yuksak ma`naviy va ahloqiy talablarga 
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash zarurligi va uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, 
ma`naviy boy shaxs shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi”, deb takidlanishi bejiz emas, albatta. 
,,Tarbiyachining darsdagi pedagogik madaniyatini o’rgatmoq bu ikki karra o’rganilmoqdir” - degan 
fikr tez-tez quloqqa chalinadi. Qachonki tarbiyachi o’z fanini mukammal egallasagina va faqat shu shart 
bilangina u ma’lum darajada dars o’tish qobiliyatlariga, bolalarning hurmatiga o’z bolalariga yanada 
kuchliroq tarbiyaviy ta’sir etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Dars har qanday ta’lim - tarbiya jarayoni 
kabi siyosiy elementlarni o’z ichiga oladi. Darsda tarbiyachi o’zining va bolalarning dunyoga munosabatini 
siyosiy mafkura bilan uyg’unlashtirib beradi. Avvalombor, tarbiyachi har bir darsning hatto bir xil mavzu
turli guruhlarda o’rganilsada, ijodiy jarayon bo’lishiga intilish zarur. Buning uchun fantaziyaga erk
berib dars - metod shaklini o’zgartirib, boshqa fakt va dalillarni keltirib, yangi-yangi ma’lumotlarni
kiritib, ohangni o’zgartirib borish tavsiya etiladi. Tarbiyachining bolalarga talabi juda ko’plab qo’yiladi. 
Turli xil darslar kuzatilib, oddiy hisob-kitob qilinganda bir dars davomida 4-5 daqiqa ichida bolalarga
100 larcha talab qo’yiladi. Talab qilishni qanday o’rganish kerak? Ehtimol buning uchun tajribali 
tarbiyachilarning darslarini kuzatib borish lozimdir. Albatta, bu siz ishni amalga oshirib bo’lmaydi. Ammo
bundan savol talab xususiyatlarini, talab xarakterlarini o’rganib olish zarur. Bolalarga nisbatan
qo’yiladigan talabning turlarini aniqlashda ularning yosh xususiyatlariga e`tibor berish lozim. Bunda 
pedagogik vaziyat muhim omil bo’lib, maqsad va vazifa hamda natijaga erishishdir. Hissiy faollikni 


114 
shakllantirish - bu bolalar dars jarayonida nafaqat o’quv predmetini faol o’zlashtiriladi, balki va 
o’rganilayotgan narsaga o’zining turlicha munosabatlarini bildirib boradi. Ba’zi voqealar uni hayajonga 
solsa, u befarq biron narsa unga yoqishi yoki yoqmasligi mumkin, ba’zi tarbiyachilarni yoqtirsa ba’zilarni 
yoqtirmaydi. Psixologlarning aniqlashlaricha, ijobiy tuyg’ular insonda buyuk yaratuvchanlik va 
ilxomlantiruvchi kuchlarni uyg’otadi. Boshqacha qilib aytganda, inson hissiyotisiz haqiqatni izlay olmaydi, 
bolalar esa ta’limni o’zlashtirila olmaydi. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, bizning fikrimizcha bo`lajak tarbiyachilar pedagogik 
mahoratga ega bo`lishi, ya`ni ta`limiy - tarbiyaviy jarayonning barcha shakllarini eng qulay va samarali 
holatda tashkil etishi, tarbiyalanuvchilarni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirishi, bolalarda ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirishi, ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg`otishi asosiy 
vazifasidir. 
Adabiyotlar: 
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. 
“O‘zbekiston” 2016. 
Sharipov Sh.S. Pedagogikheskiye usloviya formirovaniya izobretatelskogo tvorchestva studentov: 
Avtoref.dis.kan.ped.nauk. - T.: 2000. - 20 s. 
Sharipov Sh.S. Kasb-hunar ta’limida o‘quvchilar ijodkorlik qobiliyatlarini uzluksiz rivojlantirish. 
Monografiya. - Toshkent, 2005. -140 b. 
Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. – T.: Fan, 2006. – 
247 b. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BO’LAJAK TARBIYACHILARNING QOBILIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI ASOSIY

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish