112
ana shu naql oltin qoida sifatida qabul qilingan. Pedagoglar birinchi navbatda bolaning, hatto xato bo’lsa-
da, mustaqil fikri bo’lishiga erishishni maqsad qiladi. Ta’lim jarayoni esa ota-ona va pedagoglar o’rtasidagi
uzviy hamkorlikka tayanadi. Maktabgacha ta’lim tizimining hali aqlini tanib ulgurmagan bolalarda o’z
fikrini ifodalash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish
qobiliyatini shakllantirish,
ularni
boshlang’ich ta’limga tayyorlashda o’rni katta. Shu bois ham Germaniyada bu tizim “tafakkur ustaxonasi”
deb ataladi.
Yaponiyadagi MTM larda tarbiyaning eng muhim vazifasi bolani gapga quloq soladigan kattalar
gapini bo’lmaydigan va hushxulq etib tarbiyalashdir. Yaponlar oilasida
bola tarbiyasi haddan ziyod
yumshoq bo’lib bolaga kamdan-kam biror narsani ta’qiqlashadi. Ammo ko’cha-ko’yda tanimagan begona
odamlar bilan iloji boricha kirishimlilik bilan gaplashish o’rgatiladi. Shuning uchun bog’chada ko’p
marotaba virtual hayotdagi tanishuvlar, maner tarbiyasi o’rgatiladi. Bolalarga etiket normalari, ularni
qachon va qanday sharoitda qo’llash o’rgatiladi.
Yaponiya tarbiyachilari bolalarni tarbiyalashda bolalarni o’zaro munosabatlarini hisobga oladi
bolalarni “xan” nomli kichik guruhlarga bo’lib chiqadi. Bu jarayon tarbiya jarayonida muhim hisoblanadi.
Kichik guruhlarning har birining o’zining stoli, o’rni, shaxsiy nomi bo’ladi. Guruh nomi bolalar tomonidan
har bir guruh a’zosining fikrini hisobga olgan holda belgilanadi. Bu bolalarni o’z fikrini mustaqil bayon
etish hamda qaror qabul qilishga o’rgatadi. Gruppa 6-8 boladan iborat bo’lib, ular qobiliyatlariga qarab
emas, balki ularning faoliyatlarini yanada samarali bo’lishini hisobga olib taqsimlanadi. Bolalarga guruhda
ishlash jarayonida tengdoshining fikrini tinglash va o’zini nazorat qilishni o’rganadi.Guruhlarning bu
tarkibi doimiy emas. Har yili guruh tarkibi boshidan tuziladi. Guruh a’zolari tarkibini bunday o’zgartirish
bolada sotsializatsiya jarayonini yanada samarali kechirishda yordam beradi.[5]
Isroil davlati tamoyilga ko’ra bola hech narsaga majbur emas. Ularning oilasida bola soni ko’p
bo’lishi kerak. Isroilliklarning bola tarbiyasiga doir yondashuvi o’ta sabrlilik bilan olib boriladi.
Isroilda bolalarning sog’lom va baxtli bo’lib voyaga yetishlari uchun
barcha sharoitar yaratib
qo’yilgan. Mamalakatda asosan maktabgacha yoshdagi bolalarga e’tibor katta. U yerda maktabgacha ta’lim
tizimining o’ziga xos jihati ta’lim-tarbiya jarayonida turli qattiqqo’l streotiplardan xolilik, ma’lum qoida va
reglamentlardan voz kechish hisoblanadi. Bu bolaning bog’chadan ishlayotgan har bir shaxsga
bo’ysunishdan saqlaydi va u erkin tarbiya topadi.[4]
Xulosa qilib aytganda, ta’lim tizimining ilk bo’g’inini yanada takomillashtirishda ilg’or
xorijiy
tajribalarni hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizim oldida turgan
masalalardan biri hisoblanadi.