MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK JARAYONLARNING




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK JARAYONLARNING 
SAMARADORLIGINI TA’MINLASH 
Narimbayeva Lola Kuzibayevna 
TVChDPI “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi 
o‘qituvchisi 
 
Bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarda kasbiy rivojlanishni ta’minlash, ularni pedagogik jarayonlarni 
samarali boshqarishga o‘rgatish uchun mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini mustahkamlashga erishish 
lozim. 
Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta’minlashga intilish muhim 
ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlarning samaradorligini ta’minlashda pedagog-
tarbiyachilarning kasbiy mahorati, boshqaruvchilik salohiyati alohida ahamiyatga ega. Bo‘lajak pedagog-
tarbiyachilarga g‘oyaviy-siyosiy bilimlarni taqdim etish jarayonida kasbiy kompetensiyalarning 
shakllanishiga erishish talab qilinmoqda. Maktabgacha ta’limni rivojlantirish bilan bog‘liq talab va 
ehtiyojlar asosida mahoratli pedagog- tarbiyachilarni tayyorlash ularda kasbiy qiziqish, ehtiyoj va 
layoqatlarni shakllantirish orqali amalga oshadi. 
Maktabgacha ta’lim tizimida pedagogik jarayonlarni innovatsion pedagogik texnologiyalarni 
qo‘llagan holda tashkil etish zarurligi maktabgacha ta’lim sohasida qabul qilinayotgan huquqiy-me’yoriy 
asoslarda o‘zining aniq ifodasini topgan. Bo‘lajak pedagog- tarbiyachilarni kasbiy-ma’naviy jihatdan 
tayyorlash uchun oliy pedagogik ta’lim jarayonida ma’ruzalar, amaliy hamda laboratoriya mashg‘ulotlarini 
o‘tkazish, ular mazmunini yangi yondashuvlar asosida boyitish, shuningdek, pedagogik amaliyot
ma’naviyat kunlari va soatlarini takomillashgan dasturlar yordamida tashkil etish taqozo qilinmoqda. 
Maktabgacha ta’lim samaradorligini ta’minlashda pedagog-tarbiyachilardan har tomonlama chuqur 
pedagogik-psixologik tayyorgarlik, har bir tarbiyalanuvchining o‘ziga xos jihatlari haqida aniq ma’lumotga 
ega bo‘lish talab etiladi. 
Bo‘lajak pedagog-tarbiyachi kasbiy mahorati bolalarni jadal rivojlantirish, maktab ta’limiga samarali 
tayyorlash imkonini beradi. Pedagog-tarbiyachilarning faoliyatini pedagogik, psixologik, tashkiliy-metodik 
jihatdan o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, tarbiyalanuvchilarning o‘quv faoliyati samaradorligini 
oshirishda pedagog-tarbiyachining shaxsiy sifatlari va uning kasbiy tayyorgarligi katta ahamiyat kasb etadi. 
Shunga ko‘ra, pedagog- tarbiyachining kasbiy mahoratga ega bo‘lishi, bilimdonligi va kreativligi 
tarbiyalanuvchilarda ongli faollik hamda mustaqillikni tarkib toptirishning asosiy omili hisoblanadi. 
Pedagogik amaliyot davrida bo‘lajak pedagog-tarbiyachining maktabgacha ta’lim tashkilotida 
amalga oshiradigan ishlari ularda kasbiy mahoratni shakllantirishdamuhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik 
amaliyot davrida bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarda o‘z kasbiga moyillik, pedagogik faoliyatga ijodiy 
yondashish, o‘zi egallagan zamonaviy bilimlarni amaliy tajribasida qo‘llash, rahbarlik ko‘nikmalarini 
egallash,tarbiyalanuvchi shaxsini pedagogik- psixologik jihatdan o‘rganish, tahlil qilish, madaniy-
ommaviy tadbirlarni tashkil etish metodlarini o‘zlashtirish kabi ko‘nikmalar faollashadi hamda 
mustahkamlanadi. Bularning barchasi talabalarni tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu bilan bir qatorda 
bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar o‘z kasbiy faoliyatlari davomida amal qiladigan bir qator qoidalarni ham 
o‘zlashtirishlari kerak. Ular: 
-tarbiyalanuvchilarda ongli intizomni tarkib toptirish; 
bolalarga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lish; 
guruhdagi faol tarbiyalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam ko‘rsatish; 
-tarbiyalanuvchilarning mustaqil faoliyatlarini munosib rag‘batlantirish; 
tarbiyalanuvchilar bilan topshiriqlar ustida tizimli ishlash va bu jarayonda ularni faollashtirish; 
guruh tarbiyalanuvchilari orasida tarbiyaviy tadbirlarni tizimli tarzda tashkil etish kabilar. 
Shu bilan bir qatorda bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarda pedagogik mahoratni shakllantirishda 
ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari davomida dialogga kirishish, fanga oid yangi 
ma’lumotlar ustida ishlash, mustaqil bilim olish, manbalar ustida ishlash hamda o‘rgangan tajribalarini 
tahlil qilish muhim o‘rin egallaydi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruh faoliyatiga rahbarlik qilish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Pedagog-tarbiyachilar bolalarda atrof-muhit, tabiat, nutq va hisoblashga oid dastlabki ko‘nikmalarni hosil 
qilish bilan bir qatorda ularni kompleks rivojlantirishga xizmat qiladigan miliy urf-odatlarimizni ham 
singdiradilar. Ular bolalarda juda yoshlikdan boshlab, haqgo‘ylik, bag‘rikenglik, birdamlik, o‘zaro yordam 
kabi sifatlarni shakllantirishga intiladilar. 


109 

Download 4,42 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK JARAYONLARNING

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish