Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

PSIXOLOGIYA FANLARI 
OILADA SOG‘LOM TURMUSH TARZI MUHITI – SOG‘LOM KELAJAKDIR 
Sayyora Mirzayeva Rustamovna 
TDPU tayanch doktoranti 
Xalqimizning ilk yozma asarlaridan bo‘lmish “Avesto”da nikoh-oila masalasiga, oilalarning 
reproduktiv xulqiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “Avesto”da naslning asl 
bo‘lish omillariga ham alohida e’tibor berilgan. Birinchi navbatda, oila quradigan yigit va qizlarning har 
tomonlama benuqson, sog‘lom bo‘lishi hisobga olingan. Uzoq o‘tmishdan boshlab to bugungi 
kunlarimizgacha bu masalaga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Oilalarimizda avlodlar o‘rtasidagi 
bog‘liqlik sezilarli darajada mustahkam. Ayol kishiga bo‘lgan munosabatga oid hadislarda ayol kishi 
bolaligida otasi izmida, yetukligida eri izmida va keksayganda o‘g‘li izmida bo‘lishi lozimligining 
ta’kidlanishi ham, ayollarning farzandlari voyaga yetganlaridan so‘ng ham “o‘z holicha” qolmasliklarini 
bildiradi. Umuman, o‘zbek oilalarida ota-onalar o‘z farzandlarini tarbiyalab voyaga yetkazganlaridan 
so‘ng, ularning farzandlari tarbiyasi, ularning taqdiri masalalariga ham bee’tibor bo‘la olmaydilar. 
Mamlakatimizda milliy mentalitetimiz va asrlar davomida saqlanib kelinayotgan udumlar va 
an’analarimizga e’tibor bersak, bizning ajdodlarimiz uchun salomat bo‘lish, sog‘lom turmush tarziga rioya 
qilish azaliy qadriyatlardan biri bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz nasl tozaligiga, orastalik va ozodalikka katta 
ahamiyat berganlar. Farzandlariga zararli odatlar bo‘lmasligi uchun shu qadar oilaviy udumlar, rasm-
rusumlar ko‘p bo‘lganki, ular tufayli yigit va qizlar sog‘-salomat nikohga kirganlar, kelin tanlashda ham 
yetti pushtini, nasl-nasabini surishtirish odatga aylangan. 
Darhaqiqat, barkamol avlodni voyaga yetkazishda sog‘lom oilaviy muhitning ahamiyati beqiyosdir.
Sog‘lom oilaviy muhit – bu oilani tashkil etuvchi barcha a’zolarning o‘zaro kundalik munosabatlari, 
o‘zaro muomalalari xarakteridan kelib chiqadigan ma’naviy-ruhiy muhit bo‘lib, undagi ustivor qadriyat – 
hamjihatlik, murosa va o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, qo‘llab-quvvatlov, ijobiy tajribaning bir avloddan 
ikkinchisiga ziddiyatlarsiz uzatilishini nazarda tutuvchi fazilatlar, sog‘lom turmush tarzi-qoidalariga barcha 
oila a’zolarining rioya etishlari va kundalik odatga aylantirganliklaridan iboratdir.
Sog‘lom turmush tarzining eng muhim ko‘rsatkichi – bu oilaning barcha a’zolarida sog‘lom turmush 
malakalari, o‘z salomatligiga nisbatan mas’uliyat, g‘amxo‘rlikning mavjudligi, turli zararli odatlar – 
chekish, spirtli ichimliklar istimol qilishga ruju qo‘ymaslik, muntazam sport bilan shug‘ullanish, 
ovqatlanish, kiyinish va muomila madaniyati qoidalariga rioya qilishdir. 


126 

Download 4,42 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish