129
shaxsini shakllantirishda turli ijtimoiy va psixologik omillarning roli aniqlandi. O`sish va rivojlantirish
jarayonida bola har xil ta’sir va munosabatlar ishtirokchisi (sub’yekti va ob’yekti)ga aylanadi. Shunga ko`ra
, bugungi kunda pedagogika va metodikada darsga nisbatan ikki xil yondashuv mavjud. Birinchi
yondashuvga ko`ra , dars –bu o`qituvchining o`quvchilarga bilim berish va shu asosida ularda
ko`nikma,malaka
shakllantirish, ularni tarbiyalash jarayoni.O`qituvchining asosiy vazifasi – “o`quvchini
chuqur va puxta bilim bilan qurollantirish, tushunib, o`zlashtirib borish orqali shaxsning har tomonlama
rivojlanishini ta’minlash”. Ikkinchi yondashuvga ko`ra ,dars – chegaralangan vaqt ichida belgilangan
mavzu va maqsad asosida o`qituvchi va o`quvchilarning teng huquqli hamkorligiga asoslangan bilim,
ko`nikma,malaka hosil qilish jarayoni. O`qituvchining asosiy vazifasi-o`quvchilarda bilim olish ehtiyojini
tarbiyalash.Tez yangilanib rivoj topayotgan zamonamiz eng avvalo innovatsiyaga ega axborot, yangi
texnologiyalar
yaratish, qadriyatli ishlab chiqarishni yulga qo’yish, inson resurslaridan keng va oqilona
foydalanish payti kelganidan darak beradi. Yangi axborotni maqsadli tezda qabul etish, oydinlashtirish,
tahlil asosida amaliyotda qo‘llash, tafakkurdagi sintez, solishtirish, abstraktlash, konkretlashtirish kabi
jarayonlarni ishga solib innovatsiyalar
yaratishga harakat etish, ularni jahon bozoriga chiqarish har bir
ijodiy faoliyat ko‘rsatib kelayotgan shaxsdan muayyan tafakkur haqidagi bilimlar, malakalar,
ko‘nikmalarni rivojini talab etadi.
XXI – asr ta’lim-tarbiyasi o‘qituvchining yuqori darajadagi bilimlari, malakalari, ko‘nikmalari,
shaxsiy sifat, xislatlari bilan bog‘liq. Hozirgi globallashuv jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari ta’lim-
tarbiya jarayonida shaxsning intellektual qobiliyatlarini o‘stirish orqali unda mavjud axborotlar oqimini
qabul qilish, tushunish, fikrlash va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan ijodkorlik ko‘nikmalarini
shakllantirishga ko‘proq e’tibor qaratish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Chunki, shaxs bu ta’lim tizimidagi
axborotlar oqimining faol iste’molchisi bo‘lishi
bilan bir qatorda, uni tahlil qilish va amalga oshirish
jarayonida ham yetakchi sub’ekt vazifasini o‘taydi. Bu esa undan ijodkorlik, izlanuvchanlik va nostandart
tafakkurni talab etadi.
Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative ” yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi
g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning
tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi. SHaxsning kreativligi uning tafakkurida,
muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda
yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida
aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi.
Kreativlik – shaxs yoki jamiyatning tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy olamni
insonning
maqsad va vazifalariga, uning ehtiyojlari, istaklari, imkoniyat-lariga muvofiq tarzda
o‘zgartirish borasidagi faolligidir. Kreativlik insonni aql-zakovatining barcha ijobiy sifatlarini o‘zida
mujasamlashtirgan yangilik yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida faollik va mustaqillik turi sanaladi.
Kreativlik psixologiyasining asoschisi Dj. Gilfordning fikricha, shaxsning ijodkorligi ko‘proq
uning intellektual salohiyati, aqliy qobiliyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular asosan ta’lim- tarbiya jarayonida
shakllanadi va rivojlanadi. Demak, ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsdagi kreativlikning shakllanishi bevosita
ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o‘ziga xos innovatsion yondoshuvni talab etadi.
Ona tili darslarida o‘quvchilarni kreativ va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish, ularning ongida ma’naviy-
ma’rifiy inqilob hosil qilishga erishish lozim. Shuning uchun zamonaviy texnologiyalar asosida
o‘tilayotgan darslarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini
shakllantirish, dars va mashg‘ulotlarni o‘quvchining nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad
qilib olindi. Ona tili ta’limining bosh maqsadi bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini
nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash va rivojlantirishga
qaratilishi lozim.
Zamonaviy pedagogik texnologiya ta’lim maqsadini aniq o‘rnatishdan
boshlab to uning
natijalarini baholashgacha bo‘lgan bosqichlarning har biri uchun ijodiy faoliyatni talab etadi. Pedagog
faoliyatining texnologiyalanuvchanlik darajasini prof. N.Sayidahmedov quyidagi mezonlar asosida alohida
ajratib ko‘rsatgan.
Tashxislanuvchan o‘rnatilgan maqsad – o‘quvchi - talaba tomonidan didaktik, jarayon mahsuli
sifatida o‘zlashtirilgan aniq o‘lchamli tushunchalar, amallar va faoliyat turlari.
Ta’lim mazmunini o‘quv elementlari yordamida bayon qilishda abstraksiya pog‘onalarining va
axborotlarni o‘zlashtirish darajasining hisobga olinishi.
O‘quv materiallarini o‘zlashtirish bosqichlarining yetarlicha mantiqiy qat’iyanligi – didaktik jarayon
tuz-ilmasiga mosligi.
O‘quv jarayoniga yangi vositalar va axborotlashtirish usullarining joriy etilishi.
130
O‘qituvchining qoidabop (algoritmli) va erkin, ijodiy faoliyatidagi mumkin bo‘lgan chetga chiqish
chegarasi-ning ko‘rsatilishi.
O‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatida shaxsiy mo-tivlashganlikning ta’minlanishi (erkinlik, ijodiyot,
kurashuvchanlik, va boshqalar).
O‘qitish jarayonining har bir bosqichida kommunikativ munosabatlarning, axborot texnikalari bilan
muomala qilishning maqsadga muvofiqligi.
Kreativ fikrlashini shakllantirishda o‘qituvchi o‘quv faoliyatninig faol tashkilotchisi bo‘lib,
o‘quvchi bu faoliyatning sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda o‘qitishning maqsad va vazifalari, uning
mazmuni va ku-tilayotgan natijalar bevosita ta’lim oluvchining individual imkoniyatlari doirasida
belgilanadi va shunga moslashtiriladi. Kreativ fikrlashini shakllan-tirishning muhim vositasi – interfaol
o‘qitish metodlaridir. «Keys-stadi», «SCORE», «SWOT-tahlil»,
«Sinkveyn», «FSMU», «Xulosalash» (Rezyume), «Klaster», «Labirint», «Qora quti»,
«CHarxpalak» metodlari o‘quvchilardan axborotlarni o‘zlashtirish jarayonidagi faollikni,
ijodkorlik, mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, o‘qitish maqsadlarining to‘laqonli
amalga oshishiga
yordam beradi. Interfaol ta’lim sharoitidagi bellashuv, raqobat, tortishuv ruhi-yati shaxsning intelektal
faolligiga kuchli ta’sir qiadi. Bu talabalarni uyushgan holda muamoni yechishga bo‘lgan harakatlarida
namoyon bo‘ladi.
Bundan tashqari bir qator omillar, ya’ni atrofdagilar tomonidan bildirilgan fikrlarga munosabat
bildirish, o‘z pozitsiyasini shakllantirish, tanqidiy mulohazalar ta’lim oluvchini yangi imkoniyatlarini
namoyon bo‘lishiga zamin hozirlaydi. Bunday ta’lim sharoiti esa ta’lim oluvchidan mustahkam bilim, keng
dunyoqarash, faollik va ijodkorlikni talab etadi.
Shu nuqtai nazardan, interfaol ta’lim sharoitini ta’lim
amaliyotiga joriy etish:
Birinchidan, ta’lim jarayonida shaxsning bilish faolligi, motivatsiyasi va intellektual
imkoniyatlarining rivojlanishini;
Ikkinchidan, o‘quvchilar uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalar tizimini
o‘zlashtirish samaradorligi va muvaffaqiyatini;
Uchinchidan, adaptatsiya va faollikni;
To‘rtinchidan, nostandart tafakkur ko‘nikmalari: mustaqil va tanqidiy fikrlashni ijodkorlikni
shakllantirish uchun zaruriy psixologik-pedagogik muhit yaratadi.
Ona tili mashg‘ulotlari bosqichli ketma-ketlik, shakl bilan mazmun aloqadorligi,
tilshunoslik
bo‘limlarining o‘zaro zich bog‘liqligi asoslarida ko‘riladi. Boshlang’ich ta’lim bosqichida o’quvchilarning
ona tili ta’lim sohasi bo’yicha tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar quyidagi uch
parametrik standart o’lchovi orqali aks ettiriladi.
O’qish texnikasi.
O’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash.
Fikrini yozma shaklda bayon etish malakasi.
Xulosa qilib aytganda, fikrlash – ob’ektiv borliq aksi, til esa – fikrni ifodalash, mustahkamlash va
uni boshqa kishilarga yetkazish usuli hisoblanadi. So‘z va tushuncha dialektik jihatdan o‘zaro bir- biriga
bog‘liqdir.
Til bilan fikrlashning o‘zaro uzviy bog‘liqligi haqidagi qoida bolalarga ona tilini o‘qitish tizimini
ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya ishlarining o‘zaro bog‘liq bo‘lishi haqidagi talabni asoslash uchun hal
qiluvchi ahamiyatga egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.Yo`ldoshev J., Yo`ldosheva F., Yo`ldosheva G. Interfaol ta’lim-sifat kafolati .-T., 2008
2.Yo`ldoshev J.G`., Hasanov S. Zamonaviy pedagogik texnologiya asoslari. –T.: “Iqtisod-moliya”,2009.-
658 b.
3.Maxmutov M.I. Organizatsiya problemnogo obucheniya v shkole.-M.:Pedagogika, 1977.