139
Pedagoglar ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar uchun yot bo‘lgan bunday illatlarga qarshi
kurashishda ajdodlarimiz merosidan samarali foydalanishlari kerak. “Ommaviy madaniyat” ta’sirida
yoshlar orasida keng tarqalayotgan salbiy illatlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: axloqiy hayosizlik
–
jamoat joylari, hiyobonlar, maktab, kollej va litseylar hududida o‘pishish; inson hirsini uyg‘otadigan
shahvoniy film va suratlar tomosha qilish; ijtimoiy saytlarda zo‘ravonlik va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi
filmlar va kompyuter o‘yinlariga odatlanib qolish; yoshlarda xudbinlik kayfiyatining rivojlanishi;
manfaatparastlik, o‘z manfaati yo‘lida
hech kim bilan hisoblashmaslik, hattoki, ota-onalarining fikrlari
bilan ham kelishmaslik kayfiyatining shakllanishi; o‘z nafsi yo‘lida hech narsadan qaytmaslik; hayosizlik,
giyohvandlik, ichkilikbozlik, shahvatparastlikka mukkasidan ketish kabilar.
Ko‘rinib turibdiki, “ommaviy madaniyat” o‘quvchi-yoshlarning madaniy ongini to‘g‘ri
shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularni xudbin, manfaatparast bo‘lib shakllanishlariga asos bo‘ladi.
Ularning shiori “Biz erkinmiz, o‘z bilganimizcha yashaymiz, bu bizning hayotimiz”, “Biz mustaqilmiz,
ko‘nglimiz tusagan ishni qilamiz, hattoki ota-onamiz ham biz uchun qaror qabul qila olmaydi” kabilardan
iborat. “Ommaviy madaniyat” o‘quvchi-yoshlarni diniy e’tiqod, milliy
qadriyatlar va madaniy
dunyoqarashdan chalg‘itadi.
Natijada ularda jamiyat hayoti uchun mas’ullik hissi shakllanadi.Ular farzandlik burchlarini unutib,
ota-onalariga begona bo‘lib qoladilar. “Ommaviy madaniyat” o‘spirinlik davrida inson hayotini buzib
yuborish omiliga aylanmoqda. Yoshlarning shakllanishi va ma’naviy kamoloti barcha davrlarda ham
dolzarb masala hisoblangan.