124
Kvest texnologiyasidan foydalanishning dolzarbligi ta'limning ustuvor faol usullaridan biri sifatida
tan olinadi. Ta'lim kvestlari loyiha faoliyatini o'z ichiga oladi. Bu usul sarguzasht yoki o'yin bilan bog'liq
uzoq va maqsadli qidiruvdan iborat. Bu amalga oshirishning turli shakllaridan foydalanish mumkin: ta'lim
veb-kvestlari,
sarguzasht, o'yin-kvestlar, jonli kvestlar, maxsus kvestlar mavjud bo'lib, unda maqsadga
erishish uchun harakat sodir bo'lgan hudud resurslari, axborot resurslari ishlatilishi mumkin bo‘ladi.
Kvest texnologiya loyihasida ishlash jarayonida o‘quvchilar nazariy
bilimlarni amaliyot bilan
bog‘lab o'rganadilar, muayyan vaziyatlarni boshdan kechiradilar, hodisalarga chuqur kirib,
yangi
jarayonlarni, ob'ektlarni yaratadilar.
Shunday qilib, Kvest texnologiyasini ta’lim jarayonida qo‘llash quyidagi:
-axborotni qidirish, tahlil qilish va sharhlashni amalga oshirish;
-jamoa va jamoada ishlash, axborot texnologiyalaridan foydalanish;
-vazifalarni bajarish natijasida mas'uliyatni o'z zimmasiga olish bilan bog'liq ishlarni tashkil etish va
nazorat qilish;
-bosqichlarni baholash va nostandart vaziyatlarda qaror qabul qilish;
-jamoa jarayoni va natijalarini tahlil qilishda ishtirok etish kabi kompetensiyalarni shakllantirishga
yordam beradi. Kvest texnologiya o‘quvchilarda nafaqat o'z ufqlarini kengaytiribgina qolmay, balki o'z
bilim va qobiliyatlarini amalda faol qo'llashga imkon beradi, shuningdek, o'z-o'zini hurmat qilish va hissiy
va ijobiy munosabatni tarbiyalash uchun umuman o'rganish istagini uyg'otadi.