Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

FILOLOGIYA FANLARI 
TIL -MILLAT KO'ZGUSI 
Qazaqova Sarvinoz Jahongirovna 
Guliston Davlat Universiteti sirtqi BT va STI fakulteti 3-bosqich talabasi 
Har yili 21 oktyabr yurtimizda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida o'zgacha 
g'urur,faxr va iftixor bilan keng nishonlanadi.Albatta,har bir millat o'z ona tiliga ega.Ulkan boylik,bebaho 
qadriyat sifatida e'zozlanadigan tilda ajdodlarning bebaho merosi,tarixi,o'tmishi va buguni yashaydi. 
Til-millat ko'zgusi,ma'naviyat sarchashmasidir.Shu bois ona tilimizni hurmat qilish,uning boy 
imkoniyatlarini o'rganish barchamizning asosiy burchimiz bo'lishi lozim.Jamiki ezgu fazilatlar inson 
qalbiga ,avvalo,ona allasi ,ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.Ona tili-millatning ruhidir.O'z tilini 
yo'qotgan har qanday millat o'zligidan judo bo'lishi muqarrar.Til xalqning yagona bir millat sifatida 
milliyligini,o'zligini,madaniyatini ko'rsatuvchi ko'zgudir.Millatning borligi va birligining bosh belgisi til 
hisoblanadi.»Har qanday millatning dunyoda borligini ko'rsatadurg'on oyinai hayoti til va 
adabiyotidir.Milliy tilni yo'qotmak,millat ruhini yo'qotmakdir»,degan edi ulug' mutafakkir Abdulla 
Avloniy.Ko'plab adiblarimiz til haqida ko'plab hikmatli so'zlarni aytganlar va tilni turlicha 
ta'riflaganlar.Masalan,»Til-millat ko'zgusi»,»Til-ma'naviyat ko'zgusi»,»Til-millatning bebaho boyligi»va 
shu kabilardir.Xalqimizning necha asrlik boy tarixi ,ko'xna va serqirra madaniyati o'zbek tili ta'sirida 
shakllangan. Darhaqiqat,tilning ahamiyati,uning mavjudligi har qanday yurt,millat taraqqiyotini belgilab 
berishi shubhasiz.Ayniqsa bugungi globallashuv-dunyo xalqlarining turmush tarzi umumiylik kasb etgan 
bir davrda yuqoridagi so'zlarning zalvori ikki hissa ortadi. 
Ismoil Gaspirali aytganidek:»Millatning ikki asosi bordur.Bu ularning tili va dinidur.Agar millat 
hayotidan shu ikkisidan biri sug'urib olinsa, bu millat tanazzulga yuz tutur». 
Suvsiz daryo bo'lmaganidek ,tilsiz millat ham vujudga kelmaydi.Biror millatga mansub bo'lgan 
til,o'sha millat bilan yashaydi va bardavom bo'ladi.Ota bobolarimiz qadimdan tilni asrab avaylashgan , 
rivojlantirishgan.Masalan, Alisher Navoiy , Zahriddin Muhammad Bobur , Lutfiy va boshqalar.O'zbek 
tilining rivojlanishiga beqiyos hissa qo'shganlar.Turkiy tillar oilasiga mansub bo'lgan o'zbek tilimiz bizning 
bebaho boyligimizdur. So'z mulkining sultoni , buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o'zi yashagan murakkab 
davr – XV asrda tlimiz himoyasiga otlanib , turkiy til o'z imkoniyatlari jihatidan boshqa tillardan sira
qolishmasligini ilmiy va amaliy jihatdan isbotlab berdi. O'zining «Hamsa» kabi shoh asarini turkiy 
tilda yaratdi. Hozirda ham shoirlarimiz o'zbek tilining boyligini , uning buyukligini namoyon etuvchi 
asarlar yaratmoqdalar . Boisi buyuk adabiyoti bo'lgan xalqning buyuk tili ham bo'ladi. 
Birinchi Prezidentimizning ta'biri bilan aytganda «O'zlikni anglash , milliy ong va tafakkurning
ifodasi , avlodlar o'rtasidagi ruhiy milliy bog'liqlik til orqali vujudga keladi».Bu fikrlarni doimo yodimizda 
tutishimiz kerak. Darhaqiqat, tilsiz millat rivojlanmaydi , taraqqiy etmaydi. 
1989-yil 21-oktabrda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. O'zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida o'zbek tili maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yildi.O'zbek tili haqidagi qonun
qabul qilingandan so'ng barcha davlat hujjatlari o'zbek tilida yuritiladi, gazeta va jurnallar o'zbek
tilida chop etila boshlandi. 1993- yil 2-sentabrda «Lotin tiliga asoslangan o'zbek alifbosini tuzish
to'g'risida»gi qonun qabul qilingandan so'ng ,mamlakatimiz har tomonlama rivojlandi va jahon
kommunikatsiya tizimidan munosib o'rin egallash muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Shu sababli chet 
ellarda ham o'zbek tiliga qiziquvchilar , uni o'rganuvchilar soni ortib bordi . Dunyoda 5600 dan ortiq
tillar mavjud bo'lib , bundan 200 tasigina davlat tili sifatida qabul qilingan . Ularning orasida o'zbek
tilining borligi uning naqadar sof , mukammal , purma'no va jozibadorligidan darak beradi .Rossiyalik
tilshunos olima , professor A . M. Kozlyanina «O'zbek tili nafis va musiqa ohangidek jozibador »,- 
deb bejiz ta'kidlamagan . Shunday ekan ona tilimizning shunday go'zalligini , sofligini keyingi
avlodlarga yetkazish bizning vazifamizdir . Negaki , ona tilini ulug'lash , asrab avaylash o'sha tilda
so'zlashadigan har bir insonning burchidir .
Til muloqot vazifasi ham hisoblanadi . Hammamizga ma'lumki , mashhur bo'lgan Alisher Navoiy
bobomizga tegishli «Ko'ngil qulfi maxraning qulfi til va gulfin kalitin so'z bil ».Inson qalbining
xazinasi til , bu qalb xazinasining kaliti so'zdir . O'zbek tilining so'zlari shu qadar ma'noli , ko'pki


127 
bitta ma'noga ega bo'lgan tushunchasi bir nechta so'zlar orqali ifodalasa bo'ladi . Masalan , birgina
ko'z so'zining bir necha ma'nolari bor . Bilamizki bir tushunchaga tegishli so'z , bir necha so'zlar
bilan ifodalansa , ya'ni sinonim so'zlari qanchalik ko'p bo'lsa , ayni shu til boy til hisoblanadi . Istiqlol
yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo'lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o'zgarishlar
yuz berdi .»Davlat tili haqida»gi qonun ona tilimizning bor go'zalligi va jozibasini to'la namoyish
etish bilan birga , uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar
va mutaxassislar tomonidan ilm fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug'atlar , darslik va
o'quv qo'llanmalari chop etildi . Mumtoz adabiyotimiz namunalari , sakson mingdan ziyod so'z va
so'z birikmasini , fan , texnika , sanoat,madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni , shevalarda
qo'llaniladigan so'zlarni o'z ichiga olgan besh jildlik «O'zbek tilining izohli lug'ati» bu borada amalga
oshirilgan ishlarning eng muhimlaridandir. 
Til- millat qiyofasining bir bo'lagi . Dunyodagi barcha xalqlar o'zining milliy rasmiy tiliga ega
deb aytolmaymiz . Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bog'liq . Mutaxassislarning so'zlariga
qaraganda , bugungi kunda har ikki xaftada bitta til yo'qolib bormoqda . Bu o'z navbatida o'sha tilda
so'zlashuvchi xalqlarning yo'qolishini anglatadi . YUNESKO vakillarining so'zlariga qaraganda , 
qachonlardir odamlar so'zlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagacha yetgan bo'lsa , bugungi
kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud bo'lib , ularning 90 foizi yo'qolib ketish arafasida turibdi . 
Bu asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonli millatlarning tillaridir . Bu
tillarda so'zlovchi aholining ayrimlari yozuvga ega bo'lsa , ayrimlari bundan bebahradir.Masalan
Afrika tillarida so'zlashuvchi aholining 80 foizi xamon o'z yozuvlariga ega emas . Minglab tillardan 
ta'lim tizimida foydalanishning imkoniyati yo'q .Olimlarning fikricha,til yashab qolishi uchun uchun
undan kamida bir million kishi so'zlashishi kerak ekan.Biroq bunday tillar dunyoda atigi 250 tadir.O'zbek 
tili ham mana shu 250taning ichida ekani quvonarli, albatta.Agar biz o'z tilimizning ko'rkamligi , boyligini 
dunyoga tarannum etsak,millatimiz yanada charag'on bo'ladi va birligimiz mustahkam bo'ladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 
1.O'zbekiston Respublikasi «Davlat tili»haqidagi qonun 
2.I.A.Karimov «Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch» Toshkent Ma'naviyat 2008. 
3.«Yosh avlod»gazetasi 
4.Ona tili va adabiyot maktab darsliklari 
5.Kollej va akademik litseylar uchun ona tili va adabiyot darsliklari

Download 4,42 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish