122
Tarbiyachining bu jarayon tashkilotchisi, raxbari, ijodkor sifatidagi faoliyati asosini uning bilimi va
maxoratini, texnik vositalardan foydalanib, bolaning qiziqish va intiluvchanligiga ta'sir ko`rsatish, bolani
eng ko`p darajada faollashtirishga xizmat qiluvchi usullarni qo’llab, kafolatlangan samaralarga erishish
qobiliyati tashkil etadi.
Zamonaviy texnologiyalarni maktabgacha ta'lim muassasalarida – o`yin, mashg`ulot, sayr davomida
qo`llash yaxshi samara beradi.
Biz hozir zamonaviy texnologiyalarni o`yin va mashg`ulot davomida qo`llash usulini ko`rib
chiqamiz.
Ma'lumki o`yin faoliyati bolalar xayotining mazmunini tashkil etish bilan birga, ularni atrofni,
qolaversa, barcha yaqinlarini tanishga yordam beradi, kelgusi o`quv faoliyatiga ro’xan,
aqlan tayyorlab
boradi. Ayni paytda o`yin bola uchun ermak, quvonch manbai hamdir. Bolaning diqqati, xotirasi, ijodiy
tafakkuri va tasavvurini hamda dunyoqarashini shakllantirishga, o`stirishga xizmat qiladigan vositadir. Bu
jixatlar bolaning bundan buyongi xayotida muxim o`rin tutadi.
Kichkintoylarda o`yinga bo`lgan qiziqish shu darajadaki, ba'zilar faqat o`yin bilan band bo`lg`isi
keladi. «Keling, birga o`ynaylik», «Dadajon, onajon, o`yinchoq olib bering» kabi iltijolarni ko`p
eshitishimiz mumkin. Bu takliflarga kunib, hamma ishimizni bir daqiqa nariga surib, charchog`imiz,
tashvishlarimizga qaramay: «Bupti, qaysi o`yinni o’ynaymiz»
desak bormi, bir onda biz yo`lovchi,
xaydovchi, o`quvchi, ochko`z buri, ko`rqoq quyon, ukolli doktor va boshqa personajlarga aylanib, ularning
quvonchlariga sabab bo`lamiz. Bola bilan o’ynar ekanmiz, biz ham o`z oldimizga maqsad qo’yib borishimiz
kerak. O`yin davomida albatta biz ularning xoxishi, istagi bo`yicha harakat qilishimiz, bizning shu paytdagi
asosiy ishimiz bolaning aytganlarini bajarib, uni xushnud qilish, vaqtini chog’lash va shu asosda muayyan
ko`zlagan niyatimizni amalga oshirib, bolani ma'lum maqsadga yo`naltirishdir. Masalan, biz bola idrokini
rivojlantirishni o`z oldimizga vazifa qilib qo’yishimiz mumkin. Idrokni o`stirishga qaratilgan o`yinlar
bolada narsalarning rangi, shakli, kattaligiga ko`ra taxlil qilish malakasini shakllantiradi.
Maktabga tayyorlov davriga kelib, bolalar 7 xil rangni bemalol farqlay oladilar. Ular asosiy
geometrik shakllarni bilishlari lozim. Namunaga ko`ra, yoki nomi aytilgan ma'lum bir shakldagi narsalarni
ajrata olishlari kerak. Shundan kelib chiqib, sizlarga 3-4 yoshli bolalar uchun o`yin mashg`ulotlarini tavsiya
etamiz.
«Nima dumalaydi»
Bu o`yin mashg`uloti orqali bolalar narsalarning shakli bilan tanishadilar.
Shunday qilib bolalar bilan quvnoq o`yin – musobaqa uyushtiriladi.
-Kim o`z qo’lidagi shaklni pol yoki stolga o’rnatilgan o`yinchoq darvozadan tezroq dumalatib
o`tkaza oladi
Dumalatish uchun sharcha yoki kubni taklif etamiz. Avvaliga bolalar uchun darvozaga nimani
dumalatib kiritishning farqi bo`lmas, lekin bir necha urinishdan so`ng
u sharchani tanlagan odam
yutayotganligini tushunib qoladi. Ana shunda kelasi safar u ham sharchani olishga harakat qiladi. Xuddi
shu paytda:
- Nega aynan shu shaklni, sharni dumalatmoqchisanmi – deb so’raymiz. Unga xatti-harakatlarini
asoslashiga, xulosa chiqarishiga yordamlashamiz. «sharcha dumalaydi, kubik dumalamay tuxtab qoladi».
Bola e'tiborini kubdagi o`tkir qirralarga qaratamiz. Sharning tekisligini, qirralari yuqligini ko`rsatamiz. Ana
shunda kelasi safar u ham sharchani olishga harakat qiladi. Xuddi shu paytda:
- Nega aynan shu shaklni, sharni dumalatmoqchisanmi – deb so’raymiz. O`nga xatti-harakatlarini
asoslashiga, xulosa chiqarishiga yordamlashamiz. «sharcha dumalaydi, kubik dumalamay tuxtab qoladi».
Bola e'tiborini kubdagi o`tkir qirralarga qaratamiz. Sharning tekisligini, qirralari yukligini ko`rsatamiz.
Rasmda oddiygina doira va turtburchak shaklida namoyon bo`ladi.
Bolaga shar va kub rasmini
chizishni taklif etamiz.
Maktabgacha ta'limlarda ta'lim-tarbiya olayotgan yosh avlodni bilimli, ma'rifatli, har jihatdan yetuk
qilib tarbiyalashda zamonaviy texnologiyaning roli beqiyos.
Xulosa qilib aytganda yosh bolalarga aqliy tarbiya berishda zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish o`z samarasini bergan. Maktabgacha ta'limda ta'lim-tarbiya olayotgan yosh avlodni bilimli,
ma'rifatli, har jihatdan yetuk qilib tarbiyalashda zamonaviy texnologiyaning roli beqiyosdir.