TA’LIMIY O‘YINLAR TA’LIM SAMARADORLIGINI TAMINLASH OMILI




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

TA’LIMIY O‘YINLAR TA’LIM SAMARADORLIGINI TAMINLASH OMILI 
SIFATIDA 
Sadullayeva Gulsara Abdullayevna 
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 7-maktab 
Bugungi kun talabi yosh avlodga beriladigan ta’lim-tarbiyani kelajakka, ijodiy kuchlarni 
rivojlantirishga, fan-texnika taraqqiyotining istiqboliga muvofiqlashtirish zarurligini taqozo etmoqda. 
Boshlang‘ich sinf darslarini o‘quvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirishlari uchun ta’lim jarayonida didaktik 
o‘yinlardan samarali foydalanishimiz zarurdir. 
Ta’lim va o‘qitish mazmunining nazariy masalalarini, uning shakli va uslublarini pedagogikaning bir 
qismi bo‘lgan didaktika o‘rganadi. Umuman pedagogika singari didaktika ham rivojlanadi. Uning 
rivorlanishiga Yan Amos Kamenskiy hissa qo‘shdi. Uning “Buyuk didaktika” asari o‘qitishni rivojlanishiga 
katta ta’sir ko‘rsatdi. 
Boshlang‘ich ta’lim didaktikasining asoslari Shvetsariya pedagogi I.G.Pestolotsi asarlarida ishlab 
chiqilgan. Bulardan tashqari rus didaktikasining atoqli namoyondasi K.D.Ushinskiy bo‘lgan. U ham 
o‘qitish masalalarini chuqur psixologik asosini yaratdi. O‘zbek xalqi orasida ham H.H.Niyoziy, A.Avloniy 
kabi pedagoglar yetishib chiqdi. Ular ham o‘zbek xalq maktablarini ochish, o‘quvchilarga darsliklar yozish 
kabi ishlarni davom ettirdilar. 
Didaktikaga asoslangan holda biz o‘quvchilarga bilim beramiz. Ta’lim jarayonida turli usullardan 
foydalanamiz. Dars turini to‘g‘ri va muvaffaqiyatli o‘tish uslubini ham to‘g‘ri tanlasak dars yaxshi natija 
beradi. Har bir darsni ko‘rgazmali va texnika vositalari bilan o‘tkazish joizdir. Shundagina dars bilimga 
boy o‘tadi. O‘qituvchi izlanuvchan bo‘lishi, darslarni rang-barang usulda o‘tishi kerak.Dars qiziqarli o‘tishi 
uchun faqat ko‘rgazma qurollardan foydalanib qolmay, o‘yin yelementlaridan, dars davomida harakatli 
daqiqalardan foydalanish lozim. 
O‘yin elementlaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari ishlarda konferensiya darslarida 
foydalanish mumkin. Bu albatta boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Ular bu yoshda 
o‘yinqaroq, tez zerikuvchan, diqqati tarqoq bo‘ladi. O‘yin orqali ularni darsga, mavzuga jalb qila olishimiz 
mumkin. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yosh bo‘lgani uchun ularga sodda tilda tushunarli holda bilim berish 
va darslarda o‘yin elementlaridan foydalanish lozim. Bola hayotining asosiy qismi o‘yin bilan o‘tadi. 
O‘yinlar faqat didaktik vosita bo‘lmay, bola hayotining asosiy shaklidir. Shuning uchun biz o‘yinning nozik 
tomonlarini yegallamay turib, o‘yin faoliyatini boshqarishini o‘rganmay turib oldimizda turgan mas’uliyatli 
vositalarni hal qila olmaymiz. 
O‘yin orqali bola faoliyati mukammallashadi, ularni jismonan rivojlanishiga yordam beradi. O‘yin 
jarayonida qiyinchiliklarni, to‘siqlarni yengishga o‘rgatib boradi. O‘yin bolalar faoliyatining asosiy turi. 
Bola o‘yin orqali materiallarning ko‘rinishi, rangi, tuzilishi turli o‘simlik va hayvonot olamidagi 
o‘zgarishlarni anglaydilar. 
O‘yin- bu bolalar uchun o‘qish, mehnat qilish va tarbiya vositalaridir. Biroq, darsning asosiy qismini 
o‘yin darsiga aylantirib qo‘ymaslik lozim. Bola hayotining asosiy turi o‘yindir. “Bola uchun o‘yin voqelik”- 
deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, binobarin, tevarak atrofdagi voqelikdir. U bolaga xususan tushunarli 
bo‘lgani uchun qiziqdir, o‘yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o‘zi yaratgan narsa 
bor.Bolalarning o‘yin faoliyati maktabgacha yoshda paydo bo‘lib, o‘z taraqqiyotida oddiy taqlid qilishdan 
murakkab rolli o‘yinga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi, bu o‘yin dastlab kishilarning predmetlar bilan 
bog‘liq faoliyatini, so‘ngra o‘ziga xos xususiyatlarni aks ettiradi O‘yin o‘sib borayotgan bola 
organizmining zaruriy ehtiyojidir va u orqali bolalarda tashkilotchilik ko‘nikmalari tarbiyalanadi. Ammo 


77 
o‘yin har qanday sharoitda ham o‘yindir. Shunday o‘yinlar ham borki, ular bolalarga mustaqillikni, 
oddiylikni, bir- biriga yordam berish hissini tarbiyalaydi. 
Yan Amos Kamenskiy Grammatik o‘yinlardan sistemali foydalanishning ahamiyati xususida 
gapirib, bunday deb yozgan edi: “Bola sog‘lom bo‘lishi uchun u doimiy harakatda bo‘lishi zarur, 
shundagina o‘yin qiziqarli o‘tadi. O‘yinga rahbarlik qilish va bolalarning hatti- harakatlarini doimo kuzatib 
turishi kerak. Chunki bolalar o‘yin jarayonida har tomonlama tarbiyalanadilar. 
Psixologik olimlar o‘yinlarni to‘rt guruhga bo‘ladilar: 
Funksional o‘yinlar. 
Bu o‘yinlar bola organizmining har tomonlama rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Bu kichik 
yoshdagi bolalar uchun harakterli bo‘lib, unda bolalar nima bilandir shug‘ullanadilar, turli predmetlar bilan 
tanishadilar. 
Qoidali o‘yinlar. 
Bu o‘yinlarda bolalar tevarak-atrof va muhitdagi voqealardan habar topib, idrok etish bilan 
kifoyalanadi.Bunda ko‘rish, eshitish, his qilish kabi sezgi organlari idrok qiladi. 
Rolli o‘yinlar. 
Bu o‘yinda bolalar o‘zlarini ma’lum bir rolini, qandaydir kasb egasi (shifokor, o‘qituvchi, quruvchi 
kabi) vazifasini bajarayotgandek his etadilar. Har bir bola o‘ziga tegishli rolni muvofaqiyatli bajarishga 
harakat qiladilar. 
Konstruktorli o‘yinlar. 
Bu o‘yinning asosiy mazmuni qurilishi komplekslari, taxta, qum, qog‘oz materiallarining 
parchalarini qirqish, taxlash singari mehnat ko‘nikmalarini hosil qilish kabilardan iboratdir. Konstruktorli
o‘yinlar asosan ikkiga bo‘linadi. Ijodiy o‘yinlar bolalar o‘zlari o‘yinning mazmunini, maqsadini, 
qoidasini topadilar. Ijodiy o‘yinlarning asosiy qismini syujetli rasmli o‘yinlar tashkil qiladi. Ijodiy 
o‘yinlardan yana biri dramatik o‘yindir. O‘yinning mohiyati hikoya va yertaklardagi voqealarning 
mazmunini tasvirlashdan iborat bo‘lib, ularda badiiy adabiyotlardagi 
personajlar tasvirlanadi. 
Qoidali o‘yin. Huddi xalq o‘yinlari singari qiziqarli bo‘lib, unda bolalar hayoti, o‘z tengqurlari va 
kattalarning mehnat faoliyatini tasvirlashga harakat qiladilar. Demak, barcha turdagi o‘yinlar bolalarning 
kattalar faoliyatiga qiziqishlariga, ularga taqlid qilishiga intilishlarining mehnati va oilaviy hayotini, 
uchuvchilar, kosmonavtlar, dengizchilar hamda boshqalarning qahramonliklarini aks ettiradi. Ko‘pchilik 
o‘yinlarda didaktik o‘yinchoqlar va bunga bevosita a’loqador bo‘lgan boshqa qo‘llanmalar foydalaniladi. 
Didaktik o‘yin jarayonida shunday holatlar ham tez-tez bo‘lib turadiki bolalardagi eng yaxshi kayfiyat 
birdan sho‘xlik, notinchlik va intizomsizlik bilan ham almashib qoladi. Bunday paytlarda o‘qituvchi ayrim 
bolalarga tanbex berishga majbur bo‘ladi va bu boshqarning o‘yin kayfiyatini shubhasiz tushiradi. Agar 
shunday vaziyat sodir bo‘lsa ham o‘yin qoidasi bilan birga qo‘shib tushuntirsa metodik jihatdan to‘g‘ri 
bo‘ladi. 
Demak, o‘quv jarayonida olib boriladigan mashg‘ulotlarda biz faqat og‘zaki usul bilan tushuntirish 
bilan kifoyalanmasdan, barcha turdagi o‘quv axborotlaridan ham foydalanishimiz zarur. Bular sonli va 
yozma ko‘rinishda, ovozli va tasviriy ko‘rinishda, xajmiy va harakatli ko‘rinishda, elektron va boshqa 
ko‘rnishlarda bo‘lishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda biz har bir didaktik o‘yin va vositaning 
imkoniyatlarini bilib olsak, ularning qay biridan qaysi vazifani, qanday amalga oshirishda foydalanish 
samaraliroq ekanini bilib olamiz. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’LIMIY O‘YINLAR TA’LIM SAMARADORLIGINI TAMINLASH OMILI

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish