BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QUVCHILAR IJODIY FAOLIYATINI




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QUVCHILAR IJODIY FAOLIYATINI 
SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI 
Yarasheva Nigora Roziqovna 
Buxoro tuman 9 maktab boshlangich sinf oqituvchisi 
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar shu 
jamiyatda yashayotgan har bir insonni o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara oladigan erkin, ijodkor shaxs 
sifatida tarbiyalashga yo’naltirilgan. 
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni hamda “Kadrlash tayyorlash milliy 
dasturi”da ham barkamol shaxs tarbiyasiga asosiy e’tibor qaratilgan. Chunki, o’z bilimi, salohiyati
imkoniyatlarini jamiyat taraqqiyotiga to’liq sarflab, mustaqil fikrlay oladigan ijodkor shaxslarni 
shakllantirish, jamiyatda tub o’zgarishlar bo’lishiga zamin yaratadi. 
Hozirgi davrda zamonaviy texnika va texnologiyalarning hayotga kirib kelishi inson faoliyatida, 
ijtimoiy ongida katta o’zgarishlar bo’lishini taqozo etmoqda. Zero, olam to’g’risida va insonning hayotda 
tutgan o’rni to’g’risidagi tasavvurlari o’zgarmoqda, tafakkuri va olamni tushinishning yangi usullari 
shakllanmoqda, ma’naviy-amaliy o’zlashtirishning yangi vositalari va usullariga o’tish yuz bermoqda. 
Boshlang’ich sinf o’quvchisining faoliyatida ijodkorlik uning samarali ta’lim faoliyatini belgilab 
beruvchi ilmiy tasavvurlari evristik ta’limning pedagogik asosi sanaladi. O’quvchidagi bilish jarayoni 
ijodkorlik natijasida yuz beradi. Izlanishlar jarayonida ijodkorlik faoliyati namoyon bo’lishi uchun aniq 
maqsadga yo’naltirilgan, rejalashtirilgan, me’yorlarga ega bo’lgan, o’z-o’zini anglagan faoliyat zaruriyati 
seziladi. Bu esa o’quvchida atrof-olam ob’ektlari va ular haqidagi bilimlarni o’zlashtirish; ta’lim 
samaradorligini vujudga keltirish, faoliyatning avvalgi turlariga tayanishni taqozo etadi. 
O’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim jarayonida uning aqliy- intellektual, ijodiy 
xususiyatlari namoyon bo’ladi. Bu borada, ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim jarayonida 
ijodiy faoliyatini shakllantirish imkoniyatlari kengroq bo’lib hisoblanadi. Chunki boshlang’ich ta’limda 
o’quvchilarning aqliy qobiliyati, diqqati fikrlash darajasi faol rivojlanadi. Bir qator psixolog va pedagog 
olimlar: A.V. Petrovskiy, B.M.Teplov, V.A. Krutetskiy, E. G’oziev, G’.Shoumarov, O. Roziqov, B. Adizov 
[ta’kidlashlaricha, - bu davrda o’quv faoliyati ta’sirida bolalarning ruhiy faoliyati, diqqati, xotirasi, idrok 
etish darajasi, tafakkuri, his-tuyg’usi kabi jarayonlar rivojlanadi. Mazkur yoshdagi bolalarning ijodiy 
faoliyatlari bir-biridan farq qilar ekan, ularning iste’dodi ham turlicha namoyon bo’ladi. Shuning uchun 
ham boshlang’ich sinf o’quvchilarining mayl va intilishlari bilish va ijodiy faoliyatlari, iste’dodlarini 
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda mustaqillik tufayli amalga oshirilayotgan ta’lim 
islohotlari o’z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan, texnika, san’at, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga o’z 
hissasini qo’shadigan yuksak malakali kadrlar tayyorlashga bog’liq. Shunga ko’ra, jamiyat taraqqiyoti 
talablaridan kelib chiqqan holda har bir o’quvchini ijodkorlik ruhida tarbiyalash muhim va zarurdir. 
Ijodkorlik - faoliyatning turli holatlarida paydo bo’ladi. Qiziqish ilhom, intilish va boshqalar 
ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo’lishidan tortib, to namoyon bo’lishigacha jarayonini 
o’z ichiga oladi. Shaxsning ijodiy faoliyat ehtiyoji faoliyatda yangi, ilgari maqsad qilib qo’yilmagan 
bunyodkorlik intilishini bildiradi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har bir shaxsning ijodkorlik fazilatlarining shakllanishi aynan 
maktabda boshlanadi. Zero, maktabda turli salohiyat va qobiliyatga ega bolalar ta’lim oladi va bolalardagi 
ana shu layoqatni va salohiyatni rivojlantirish maktab o’qituvchilarining birinchi galdagi vazifasidir. 
Bolalardagi ijodiy faoliyatning har qanday kurtaklari ta’lim-tarbiyadan tashqarida, faoliyatdan tashqarida 
kamol topa olmaydi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalardagi yashirin iste’dodlarni yuzaga chiqarish, kichik maktab 
yoshidan boshlab o’z faoliyatini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratish, ulardagi ijodkorlik qobiliyatini 
rivojlantirish - kelajakda yuksak salohiyatli, ijtimoiy faol, o’tkir zehnli, kashfiyotchilik qobiliyatini 
namoyon eta oladigan raqobatbardosh kadrlarni voyaga etkazish garovi bo’lib hisoblanadi. Bu 
davlatimizning ustuvor yo’nalishlaridan biri – har tomonlama barkamol insonni voyaga etkazish g’oyasiga 
mos keladi. 


73 
O’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishda ularga o’ziga xos yondashuv ham katta ahamiyat kasb 
etadi. Ma’lumki, har bir bola o’ziga xos, betakrordir. Shaxsning o’ziga xosligi uning turli xil intdividual va 
ijtimoiy rivojlanish omillari ta’sirida shakllanadigan psixikasining xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Hozirgi paytda ijodkor, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalash, ijodiy faoliyatini shakllantirish muhim 
vazifa bo’lib qolmoqda. Ta’lim shaxsni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida 
qaralmoqda. Hozirgi davrda ayniqsa, Ta’limni insonparvarlashtirish o’quvchilarning bilim olishga bo’lgan 
intilishidagi shaxsiy faolligini oshirishga qaratilgan. U bilim olish uchun shaxsiy ijodiy izlanish qobiliyati 
va imkoniyatini shakllantiradi. Hozirgi talablarga ko’ra, o’qituvchi bilim berishda passiv ob’ekt bo’lib 
qolmaydi, balki o’quvchining mustaqil va ijodkorkor bo’lishiga intiladi. Insonparvarlik yondashuvi 
maktabni bolaning shaxsiyatiga, uning ichki oamiga, hali namoyon bo’lmagan qobiliyat va imkoniyatlariga 
e’tibor qaratadi. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QUVCHILAR IJODIY FAOLIYATINI

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish