BOSHLANG'ICH TA’LIMDA SIFATLI TA’LIM-TARBIYA – BOSH MAQSADIMIZ




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/170
Sana24.11.2023
Hajmi4,42 Mb.
#104996
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   170
Bog'liq
12827 1 08483D29A1B1ECFE14652BC1F8AE0AB7548A1DDF

BOSHLANG'ICH TA’LIMDA SIFATLI TA’LIM-TARBIYA – BOSH MAQSADIMIZ
Aminova Feruza Hikmatovna 
Qiziltepa tumani 11-maktabning Boshlang'ich sinf o'qituvchisi 
Ayni paytda o‘qitish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning davlat ta’lim standartlarida bel- 
gilangan bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘la egallashlariga erishish, mustaqil bilim olishlarini ta’minlash, 
iqtidorli, iste’dodli hamda ayrim fanlarni o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilarga individual yondashish, 
bolalarning eng yaxshi fazilatlarini rivojlantirish, yoshlarning qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati, intellektual 
xususiyati va shaxsiy sifatlarini aniqlagan holda darslarni tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratish dolzarb 
vazifalardandir. 
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilash, takomillashtirish, o‘qitish 
samaradorligini va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish 
bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilayapti 
Xususan, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim jarayonini ilmiy-metodik jihatdan 
ta’minlash, yangi avlod darsliklarini yaratish, DTS va o‘quv dasturlarini takomillashtirish davlat siyosati 
darajasiga ko‘tarildi va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi orqali qonuniy asosga ega bo‘ldi. Barcha fanlardan 
yangidan-yangi ta’lim texnologiyalari va interfaol usullar ishlab chiqilib, muntazam moder- 
nizatsiyalashtirilmoqda. 
Iqtidorli bolalarning qobiliyatini erta aniqlash va rivojlantirish, iste’dodli, izlanuvchan, ijodkor 
pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ta’lim muassasalarida o‘quv-
tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida tashkil etilishini ta’minlash, o‘qituvchilarning 
pedagogik mahoratini oshirish maqsadida fan olimpiadalari, bilimlar bellashuvi, “Ingliz tili bilim- donlari”, 
“Prezident asarlarini o‘rganamiz”, “Huquq bilimdonlari”, “Soliq bilimlari — bolalarga”, “Yilning eng 
yaxshi fan o‘qituvchisi” kabi ko‘rik-tanlovlar va fan oyliklari o‘tkazilib, o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
ijodiy izlanishi uchun keng imkoniyat yaratilmoqda. 
Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtimizda amalga 
oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini pedagoglarga yetkazish maqsadida joriy 


68 
yilning 13–14-iyul kunlari “Boshlang‘ich ta’limni modernizatsiyalash orqali o‘quv-tarbiya jarayonining 
sifati va samaradorligini oshirish” mavzusida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun respublika forumi 
o‘tkaziladi. 
Boshlang’ich ta’lim bolalarga beriladigan umumiy ta’limning dastlabki bosqichidir. Bu jarayonda 
bolalar atrof-dunyo haqidagi ilk bilimlarni egallaydilar,o’zlarida muloqot va amaliy masalalar borasidagi 
ko’nikmalarini shakllantiradilar. Aynan shu bosqichda bola shaxs sifatida shakllana boshlaydi,bu esa o’z 
navbatida boshlang’ich ta’limning davlat va jamiyat taqdirida ham qanchalik muhimligini belgilaydi. 
Bejizga emas, 2013-yilning noyabr oyida xalq ta’limi vaziri U.I.Inoyatovning “Boshlang’ich ta’lim 
samaradorligini oshirish” bo’yicha qarorlari chiqdi. Bu o’z navbatida boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari 
oldiga katta bir mas’uliyat,o’z ishiga sidqidildan yondoshish va o’zidagi bor bilim,salohiyat,ijobiy 
potensialni turli qulay yo’llar,usullar orqali yosh avlodga yetkazishni taqazo etadi. Boshlang’ich ta’lim 
o’qituvchisi bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini puxta o’rgangan holda ta’lim-tarbiya 
samaradorligini oshirish ustida tinimsiz izlanishi,bor mahoratini ishga solishi lozim. 
Mahorat- o’qituvchining ijodkorlik darajasidir. Mahorat 4 turga bo’linadi: 
O’qituvchining o’quvchilar bilan o’zaro ta’sirni tashkil etish darajasi.Ya’ni,o’qituvchining 
o’quvchilar jamoasi bilan qulay,pozitiv hamkorlik muhitini,psixologik aurani yarata olish darajasi. 
Masalan,darsni ochiq chehra bilan,bolajonlarim barchangiz sog’lommisiz? Omonmisiz? Bilim 
olishga,yangidan-yangi qiziqarli ma’lumotlarni olishga tayyormisiz?... kabi rag’batomuz tashbehlar bilan 
boshlash. 
Optimallashtirish darajasi. Ya’ni,bilim olishni turli metod,texnologiyalardan unumli, sinf 
o’quvchilarining intelektual salohiyatidan kelib chiqqan holda qulaylashtirish,ulardan mohirlik bilan 
foydalanishdir. Masalan,matematikada 10 likdan o’tib ayirishni o’rgatishda “qo’shninikiga yordam so’rab 
chiqamiz,ya’ni qarz so’raymiz”deb tushuntiramiz.Ayni vaqtda tarbiyaviy daqiqa o’tkazib,matematikada 
qarz olib qaytarmaslik mumkin,hayotda esa olgan qarzlarni o’z vaqtida qaytarish insonning ibratli 
fazilatlaridan ekanligini tushuntirib o’tishimiz lozim. Mana shunday hayotiy misollar,solishtirishlar orqali 
mavzuni yaxshiroq anglashga erishishimiz mumkin. 
Evristik daraja. Ya’ni,o’quvchilar bilan jonli muloqot sharoitida ular uchun qulay ijodiy imkoniyatlar 
yaratiladi. Buni “Pushti bodring” misolida tushuntiraman. Tasviriy san’at darsi edi,o’quvchilar 
sabzavotlardan bodring tasvirini ishlayotgan edilar. Qator oralab bolalarni ishlarini kuzatib yurganimda 
orqa parta tomondan qattiq kulgu eshitildi. Sababini surishtirsam,o’quvchilarimdan biri Rasul chizgan 
bodringini pushti rangga bo’yab qo’yganiga guvoh bo’ldim.Avvaliga kulgim keldi,ammo Rasulni ko’ngli 
cho’kib qolishidan qo’rqdim va bu o’quvchimning boshqalarga o’xshamasligini his qildim. Hali ham 
kulishdan to’xtamayoygan bolalarga qarata esa: bunday ajoyibotlar hayotda uchrab turishini, balki sinfdosh 
o’rtoqlari kelajakda bodringning aynan shunday turini yaratuvchi selliksioner,yoki biolog olim bo’lishi 
mumkinligini atganimda o’quvchilar Rasulga masxara emas,balki havas nazari bilan qarayotganlarini 
payqadim. 
Shaxsiy-mustaqil daraja. Bunda o’qituvchi o’z sinfining intellektual darajasidan kelib chiqqan holda 
o’zi yaratgan yangiliklar,uslublardan unumli foydalanadi. Ya’ni o’quvchilar mustaqil ravishda turli axborot 
vositalaridan olgan yangiliklari, xabarlar to’g’risida o’z sinfdoshlariga so’zlab beradilar, bu orqali jamiyat 
hayotida va dunyoda bo’layotgan o’zgarishlardan bohabar bo’lib,o’z dunyoqarashlarini kengaytirib 
borishga erishadilar. 

Download 4,42 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   170




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOSHLANG'ICH TA’LIMDA SIFATLI TA’LIM-TARBIYA – BOSH MAQSADIMIZ

Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish