64
milliy qiyofa, milliy didsiz iymon, e’tiqod,
vatanparvarlik, soflik, vijdonlilik, rostgo‘ylik, mas’uliyat va
burch kabi hislarni tarkib toptirib bo‘lmaydi. Milliy psixologik xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim-
tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yish, bunda tarbiyaga asosiy e’tiborni qaratish, uning birlamchi ekanligini tan
oldirish muhimdir.
Ta’lim tizimida o‘quvchilarning barkamol shaxs sifatida rivojlanishi – uning faolligiga bog‘liq.
O‘quvchilar bajaradigan kasbiy o‘quv mehnati, ijtimoiy foydali ishlar, unumli mehnat yoshlarda kasbiy
malaka va ko‘nikmalar, qobiliyat va xarakter, boshqa shaxsiy sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
O‘qish va ijtimoiy foydali mehnat natijasida shaxsning fuqarolik qiyofasi tarbiyalanadi, shaxs va jamiyat
manfaati yo‘lida xizmat qilish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi, mehnatga va mulkka munosabat hissi rivojlanadi.
Faoliyatning barcha turlarida izchil qatnashish o‘quvchining mustaqilligi va ijtimoiy faolligini oshirishda
asos bo‘lib xizmat qiladi, ularda professional-kasbiy sifatlar va axloqiy fazilatlarni o‘stirishga imkon beradi.
Bizningcha, nazariy tahlilga ko‘ra jahon tajribalarini e’tiborga olgan holda pedagog tomonidan ta’lim
tizmida interfaol usullardan dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, hamkorlikda o‘qitish usullaridan samarali
foydalanish aynan ham zamonaviy, ham milliy ruhdagi kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirish uchun asos
bo‘ladi.
Interfaol so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, «inter» - o‘zaro va «act» - harakat qilmoq ma’nolarini bildirib,
ularning umumiy mazmuni interfaol - ya’ni o‘zaro harakat qilmoq ma’nosini anglatadi. Bunday o‘zaro
harakat turlariga “o‘quvchi – o‘qituvchi” va “o‘quvchi-o‘quvchi”ning maqsadli
harakatlarini kiritish
mumkin.
Interfaol o‘qitishda o‘qituvchi o‘quv faoliyatning faol tashkilotchisi bo‘lib, o‘quvchi bu faoliyatning
sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi. Interfaol o‘qitish bu bilish faoliyatini rivojlantirishning maxsus tashkiliy
shakli bo‘lib, interfaol o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchi o‘qitishning ob’ektidan o‘zaro hamkorlikning
sub’ektiga aylanishi, o‘quv jarayonida faol ishtirok etishi bilan tavsiflanadi.
O‘qitishning interfaol metodlari hayotiy vaziyatlarni modellashtirish, rolli o‘yinlardan foydalanish,
muammolarni hamkorlikda yechishda ko‘rib chiqiladi. Interfaol o‘qitish o‘quvchilardan axborotlarni
o‘zlashtirish jarayonida faollik, ijodkorlik, mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, ta’lim maqsadlarining
to‘laqonli amalga oshishiga yordam beradi. Bunda ta’limning quyidagi konsepsiyalari fundamental asos
sifatida xizmat qiladi:
o‘qituvchining jadal faoliyati – o‘quv faoliyatining asosiy ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lib, u
mazkur harakatning sub’ekti va tashkilotchisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi;
o‘quv faoliyatining asosiy negizi va natijasi, mazkur faoliyatning sub’ekti – o‘quvchi
hisoblanadi;
muvaffaqiyatli o‘quv faoliyatining asosiy ko‘rsatkichi, uning natijasi o‘quvchining fikrlash
usullarini o‘rganish va amaliy masalalarni ijodiy hal etish, erkin, mustaqil harakat qila olish ko‘nikmalarini
shakllantirishdan iborat;
o‘quv faoliyatning asosiy ko‘rsatkichi o‘quv topshiriqlari hisoblanadi. Bunda ta’lim jarayonining
asosiy sub’ekti bo‘lgan o‘quvchida fikrlash, bilish harakati usullarini rivojlantiruvchi o‘qitish
taktikasi
muhim o‘rin tutadi
4
. Hamkorlikda o‘qitish har bir o‘quvchini kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, ijodiy va
mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o‘quvchida
shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish, o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni
mustahkamlash, tahsil olishda mas’uliyat hissini shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi har bir o‘quvchining ta’lim olishdagi
muvaffaqiyati guruh
muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o‘quv
topshiriqlarini to‘liq va sifatli bajarishga, o‘quv materialini puxta o‘zlashtirishga, o‘rtoqlariga hamkor
bo‘lib, o‘zaro yordam uyushtirishga zamin tayyorlaydi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasida o‘quvchilarni hamkorlikda o‘qitishni tashkil etishning bir
necha metodlari mavjud:
1. Komandada o‘qitish.
2. Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish.
3. Hamkorlikda o‘qitishni «Zig-zag yoki arra» metodi.
4. Hamkorlikda o‘qitishning «Birgalikda o‘qiymiz» metodi.
5. Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi.
Hamkorlikda o‘qitish har bir o‘quvchini kundalik qizg‘in aqliy mehnatga,
ijodiy va mustaqil fikr
yuritishga o‘rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o‘quvchida shaxsiy qadr-
qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish, o‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan
ishonchni mustahkamlash, tahsil
65
olishda mas’uliyat hissini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Bu esa ularda mustaqillik, erkin fikrlashni
tarbiyalash, o‘quv faoliyatini tahlil qilish, istiqbolda kasbiy mahorat va savodxonligini orttirish ularning
ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi. Vaholanki, pedagogik ta’lim texnologiyalarning
psixologik-
pedagogik takomillashuvi:
yodlashdan eslab qolish funksiyasiga o‘tish, ya’ni o‘zlashtirilganini ishlatish imkonini
beruvchi aqliy rivojlanish jarayoniga o‘tishda;
bilimning assotsiativ statistik modelidan aqliy harakatning dinamik tarkibiy tizimlariga
o‘tishida;
o‘rtacha o‘quvchiga yo‘naltirilganlikdan o‘qitishning differensiallangan va
individuallashtirilgan dasturlariga o‘tishda;
o‘quvchining tashqi motivatsiyasidan ichki ma’naviy irodali tartibga solinishga o‘tishda
namoyon etadi.
Demak, o‘quvchi turli fanlarni innovatsion texnologiyalar asosida o‘rganish natijasida unda bilim
olishi kuchayadi, ya’ni o‘z ilm, tajriba va qobiliyatini ijtimoiy hayotga qo‘llash uchun shaxsiy intilish ortib
boradi.