66
Ma’lumki, o`qish, ona tili darslari o`z mazmun va mohiyatiga ko`ra kuchli boshlang`ich sinf
o`quvchilarida ijodiy fikrlash qobiliyatlari aniqlash vositalaridan sanaladi. Ushbu fanlar dars mavzulari,
Vatanni madh etuvchi, do`stlik, to`g`rilik,
halollik, jasurlik, mardlik, ezgulik singari g`oyalarni ilgari
suruvchi o`quv materiallariga boydir. Undagi ertak, doston, hikoya, rivoyat, maqol, topshiriq, she’r, badiiy
asar matnlarida kishining insoniy fazilatlari yuksaklarga ko`tarilib, salbiy fazilatlar esa qoralanadi.
O`qituvchi bolalarning badiiy qahramonlarining ijobiy fazilatlaridan namuna olishlari, salbiy fazilatlaridan
esa nafratlanishlari, ularning qarashlarini chuqur tushunib etishlari uchun o`quvchilarning ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini shakllantirishning milliy usullaridan ham foydalanish kerak.
Kichik yoshdagi maktab o`quvchilarini o`quv
jarayoniga moslashtirish, ularning fanlarni yaxshi
o`zlashtirishlarini ta’minlash uchun maktab psixologlari o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini
shakllantirish borasidagi ishlarni hamda yakka holda yondashuv uslublarini amalga oshirishsa ma’qul
bo`lardi. Kichik yoshdagi bolalarning oila a’zolari bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlarini maqsadga
muvofiq tashkil qilish uchun ayniqsa, qishloq oilalaridagi o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirishga o`g`il bolalarning ham otasiga, ham onasiga nisbatan bo`ladigan munosabatlariga alohida
e’tibor berish, o`z navbatida ota-onalarning o`g`illariga nisbatan hissiy munosabatini oshirish, ular bilan
ko`proq amaliy muloqotda bo`lishliklarini ta’minlash zarur.
Demak, ta’lim mazmunida kichik yoshdagi maktab o`quvchilari ongiga milliy g`urur, inson sha’ni,
insonga mehr-muhabbat, vatanparvarlik, odamiylik, to`g`rilik, mardlik kabi insonparvarlik g`oyalarini
singdirish muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki vatanparvarlik iymon, e’tiqod
va vijdon amri bilan vatan
oldidagi mas’uliyat hissini, muqaddas burchni anglashdir. Vatanparvarlik, Vatanga hurmat va muhabbat
bilan bog`langan tuyg`u sifatida shakllanadi. Kichik yoshdagi o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini
tarbiyalashda o`zbek xalq maqollari va she’riyat ham muhim o`rin tutadi. Birinchi sinfga kelgan o`quvchi
savod o`rgatish davridayoq, dastur talabiga muvofiq atrof-muhitni kuzatishi va sayohatlar vaqtida tevarak-
atrof haqida jonli taassurotlar olishi kerak. Bu bolalar tasavvuri- ni kengaytiradi, so`z boyligini oshiradi,
nutqini o`stiradi.