67
akademik litseyni bitirgan bo‘lsa umumiy o‘rta ta’lim ma’lumotiga, kollejni bitirgan bo‘lsa, o‘rta maxsus
ta’lim ma’lumotga ega bo‘ladi va maxsus guvohnoma yoki shahodatnoma bilan taqdirlanadi. Bu xujjat ham
avval berilagan hujjatlar kabi qalbakilashtirilishidan muhofazalanish maqsadida bir marta beriladi va
bankdagi daxlsiz qutida saqlanadi.
Demak, o‘quvchining oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qishni davom ettirgungacha yiqqan ballari maksimal
(20, 50, 30 ballar yig‘indisi) 100 ballga teng bo‘ladi, bu maksimal ko‘rsatkich minimal (12, 30, 18 balla
yig‘indisi) 60 ga teng bo‘ladi va o‘quvchi kelgusida o‘z hayot yo‘lini mustaqil tanlash imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Taraqqiy etgan mamlakatlar amaliyotida oliy o‘quv yurtlariga kirish tartibotlari ko‘p yillik tajriba va
sinovlardan o‘tib shakllangan bo‘lib, o‘qishni davom ettirish istagida bo‘lgan, o‘rta ma’lumotli o‘smirlar
uchun keng imkoniyat yaratadi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda 100 dan 90 ballgacha yiqqan talabalar
kasb tanlashga ko‘maklashuvchi mutaxassislarning tavsiyanomalari asosida xohlagan oliy o‘quv yurtlariga
imtihonsiz kirib, o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Ba’zi mamlakatlarda maktab va kollejda 90 balldan
kam ball yiqqan yoshlarning reytingi yuqori, bo‘lsa ham mashhur tibbiyot oliy o‘quv
yurtlari qabul
qilmaydilar va ularga o‘qishni davom ettirishlari uchun boshqa, reytingi pastroq oliy o‘quv yurtiga murojaat
qilishlari tavsiya etilar ekan. Masalan, ba’zi ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko‘ra 80
balldan kam ball yiqqan yoshlarni huquqshunos mutaxassis tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari ham qabul
qilmaydi.
Albatta yoshlarning dunyoqarashlari, bilim ko‘nimalari faqat maktab yoki kollejda shakllanmaydi,
ko‘pgina mashhur ixtirochilar, olimlar maktabda o‘rtacha, ba’zi hollarda o‘rtachadan
past baholarga
o‘qiganliklari haqidagi ma’lumotlar ham emas, lekin bunday holatlar juda kam bo‘lib, olim va yuqori
malakali mutaxassislarning deyarli barchasi yoshligidanoq o‘tkir zehnlari bilan ajralib turganlar maktab va
kollejlarda a’lo baholarga o‘qganliklarini hech kim inkor etmasa kerak. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar
“Qozonda bori, cho‘michga chiqadi” degan xalqimiz naqli juda to‘g‘riligidan dalolat beradi.
Mamlakatimizda yuqorida bayon etilgan uzluksiz ta’lim tizimni
yaratilishi yoshlarimizni
maktabdanoq yaxshi o‘qishga undovchi asosiy omil bo‘lishi muqarar.