mehnat sifati haqida nisbatan yaxshi ta’rif va izohlar berilgan. Ushbu muammoga tegishli ilmiy
ishlar kamroq darajada ilm-fanga, undan ham kamroq darajada sportga bag’ishlangan.
Evropa mamlakatlari jismoniy madaniyatining boy va uzun tarixi ma’lum qilishicha, u har
qanday maorif tizimining umum e’tirof etilgan asosiy qismi bo’lishi kerak. Maorif ta’limotida
o’zgarishlar mohiyatini B. Kram jismoniy tarbiyani yoshlarni o’z
hayotlari davomida
taraqqiyot madaniyatidagi mustaqil, qoniqarli ishtirokiga tayyorlash jarayoni sifatida ta’riflagan
holda muvaffaqiyatli yoritib bergan. Oldinroq M. Demel jismoniy madaniyatni qayta
pedagoglashtirish deb nomlanuvchi paradigmatik inqilobni amalga oshirgan edi.
Biotexnologik paradigmaning pedagogik paradigmaga
almashtirish jismoniy
madaniyatning ham nazariy, ham amaliy tarafdan o’zgartirib yuboradi. Masalan, jismoniy
tayyorgarlik konsepsiyasi rivojlanishini kuzatsak. YAqin kunlargacha sport texnik va taktik
mahorati bilan uyg’unlashgan tayyorgarlik darajasi juda muhim hisoblangan. Hozirgi paytda esa
istiqboldagi turmushida salomatligi bilan uyg’unlashgan tayyorgarlik muhim hisoblanadi.
Jismoniy madaniyat modeli “tana faoliyatiga nisbatan insonni tarbiyalash”
sifatida
o’qituvchilardan ikki yo’nalish bo’yicha faoliyat olib borishni talab qilmoqda: jismoniy tarbiya –
tana qimmatliligiga yo’naltirilgan tarbiya va jismoniy ta’lim – tanani va uning vazifalarini
shakllantirish. Hattoki, yoshlikda qilingan muntazam jismoniy mashqlar ham insonning keyingi
hayotida organizmining ish qobiliyatini kafolatlay olmaydi.