Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda muvaffaqiyat garovi – faoliyat turidan qat’i nazar
mahsulotning yuqori sifatidir. Sifat xuddi biror shaxsga nisbatan bo’lganidek, korxona va
tashkilotlarga ham yetkazib beruvchi va qabul qiluvchilarning
juda katta qiziqish va
g’amxo’rliklari predmetidir, chunki bizni o’rab turgan borliq sifat bahosiga tegishlidir. Biroq
juda ko’p hollarda bu baho his-tuyg’ular ta’sirida bo’ladi, u yuzaki va xolis emas.
Shuningdek, sifat maorif muassasalari faoliyatini baholashning sifatli mezonlarini talab
etuvchi turli muhitning ommabop murojaatlari bilan birga pedagogik nazariya va amaliyot uchun
ham muhim da’vat bo’lib bormoqda.
Sifat, bu – intizomga oid tushuncha bo’lib, u turmushimizning deyarli barcha sohalariga,
xususan insoniy faollikka va har qanday jarayonga taalluqlidir. Adabiyotlarda turmush va
mehnat sifati haqida nisbatan yaxshi ta’rif va izohlar berilgan. Ushbu muammoga tegishli ilmiy
ishlar
kamroq darajada ilm-fanga, undan ham kamroq darajada sportga bag’ishlangan.
Evropa mamlakatlari jismoniy madaniyatining boy va uzun tarixi ma’lum qilishicha, u
har qanday maorif tizimining umum e’tirof etilgan asosiy qismi bo’lishi kerak
Jismoniy tarbiya darslarini sog’lomlashtirishga yo’naltirish. O’quvchilarning har tomonlama
rivojlanishi va salomatligini mustahkamlash uchun gigiyenik bilimlarning ahamiyati. Jismoniy
tarbiya me’yoriy asoslari talablari. O’quvchilarning
kun tartibidagi jismoniy
tarbiyasog’lomlashtirish tadbirlari, o’quvchilarning ish qobiliyati va salomatlik holati. Gimnastika,
jismoniy tarbiya daqiqalari, uzaytirilgan tanaffusda harakatli o’yinlar, dinamik soat va boshqalar.
Jismoniy tarbiya darsiga qo’yiladigan gigiyenik talablar haqida to’liq tushunchaga ega bo’lish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan
iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi
ma’ruzasida “...jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bilan bog’liq. Albatta, bu sohada, ayniqsa,
oliy mahorat sporti borasida keyingi yillarda muayyan yutuqlarimiz bor. Biz ular bilan haqli ravishda
faxrlanamiz. Lekin oxirgi Olimpiadada faqatgina og’ir
atletika, boks, kurash va dzyudo bo’yicha
sovrinli o’rinlar egallandi”
1
.
1
Ш.М.Мирзиёев. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг мамлакатимизни
2016-йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017-йилга
мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар
4
Mustaqillik, erkin fikr yuritish, adolat va teng huquqlik yurtdoshlarimizga yangi baxt-saodat
keltirdi. Bunda jismoniy madaniyat va sport xarakati ham o’zining xaqli ravishdagi milliy maqomiga
ega bo’ldi.
Hozirgi paytda ta’lim tizimini takomillashtirish orqali har tomonlama yetuk,
barkamol,
mustaqil fikrlashga qodir, irodali, fidoiy va tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor
berilmoqda. Bu borada ta’lim turlari to’g’risidagi mutlaqo yangi qoidalar hayotga joriy etildi. Kadrlar
tayyorlash va uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning huquqiy –me’yoriy asosi yaratildi.
«Ta’lim to’g’risidagi» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunlari uzluksiz ta’lim tizimida
yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ularda ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatni tarkib
toptirish, ularda yuksak mehnat intizomini shakllantirish vazifasini qo’yadi.
O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach sportini rivojlantirish sohasida tub o’zgarishlar
amalga oshirildi. Davlatimizda jismoniy tarbiya va sportning kelajak avlodni sog’lom qilib
tarbiyalashdagi o’rnini hisobga olib sport ishlarini
yanada takomillashtirish, uning zamon talablari
darajasida o’quv va moddiy-texnik bazasini yaratish xamda axolining sportga bo’lgan qiziqishini
oshirish yo’lida maqsadli davlat miqyosidagi tadbirlar ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda.
Sport o’yinlari fani sifatida tan olinadigan fanlar qatorida “Yuqori
malakali futbolchilarni
texnik-taktik harakatlari” mavzusi ham alohida ahamiyatga ega bo’lib, aynan futbol sohasida
tayyorlanayotgan talabalarning
jismoniy tayyorgarligi, yuqori malakali futbolchilarni texnik-taktik
harakatlarini rivojlantirish muhim va bu boradagi muammolarni hal eta oladigan kadrlarni tayyorlash
masalasi dolzarb masala sifatida ko’tarildi.