b)
dars mazmuni; dars: o’quvchilar uchun qiziqarli bo’lishi; sportning an’anaviy turlari
bilan bir qatorda harakat faoliyatining zamonaviy shaklini ham taqdim etishi; manfaatli
ustunliklarga ega bo’lishi kerak;
v)
maorif strategiyasi, u: o’qituvchi va o’quvchilar uchun xulq-atvor tamoyillari va
qimmatligining umumiy yagona tizimi; darsning tarkibiga qaraganda ko’proq ta’lim jarayoniga
e’tibor jamlash; o’quv muassasasida olib boriladigan mashg’ulotlarda (masalan, boshqa fan
o’qituvchilari), maktabdan tashqari mashg’ulotlar va sport o’yinlarida hamkorlikda ta’lim
doirasini kengaytirish; jamoa mehnati; o’quvchilar bilan ishlab chiqilgan loyihalarni amalga
oshirishni ko’zda tutadi.
g)
o’qituvchi-o’quvchi munosabatlari, u quyidagilarni tavsiflashi kerak: o’zaro ishonchni
aniq belgilashga asoslangan hamkorlik; ta’lim jarayonini individuallashtirish, mas’uliyat va
majburiyatlarini taqsimlash;
d)
mashg’ulotlar uchun (pedagogik mezon bo’yicha aniqlanuvchi) moddiy baza, u
quyidagilarni ta’minlashi kerak: sportning oddiy darajadagisidan (masalan, voleybolda o’yin
uchun uncha katta bo’lmagan maydon 1-1/22/3-3) boshlab sport ustasi darajasidagi har xil turlari
bo’yicha ta’lim berish shart-sharoitiga to’g’ri kelishi; o’quvchilarning samarali harakat faolligi;
o’quvchilarning xavfsizligi; o’quvchilarning (jinsi, yoshi, qiziqishlariga ko’ra) imkoniyatlari va
orzu-istaklarini ro’yobga chiqaruvchi mashg’ulot shaklini kiritish.