AQSh maktablarida ta’lim tizimi 3 bosqichda amalga oshiriladi:
- boshlang’ich maktab (elementary school) 5 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar;
- o’rta maktab (junior school) 12 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar;
- yuqori maktab (high school) 13 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar
Jismoniy madaniyat darslari majburiy dasturga 13 yoshdan, ya’ni yuqori maktabdan
boshlanadi
Amerika maktablarida o’rtacha har oltinchi dars jimoniy madaniyat darsidir. Darslar ayni
bir sport turidan iborat mashg’ulotlarni nazarda tutmaydi.
Bunday darslarning asosiy maqsadi – o’z salomatligini
mustahkamlash va umumiy
jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishdir.
Majburiy darslar yuqori maktabning dastlabgi 2 yili davom etadi, undan keyingina
o’quvchilar umumiy jismoniy tayyorgarlik dasturi asosida ta’lim
olishni yoki maktab
taklif etadigan biron-bir sport turi bilan shug’ullanishni tanlashlari mumkin.
O’quvchilarga shug’ullanish uchun taklif etiladigan sport turlarini maktab ma’muriyati
belgilaydi
Deyarli har bir maktabda 20 dan ziyod sport bo’limlari mavjud, masalan: amerika futboli,
sokker (evropa futboli), basketbol, voleybol, beysbol, yengil atletika, golf, tennis va h.k.
AQSh maktablarida majburiy tarzda, barcha sport turlaridan o’g’il
va qiz bolalardan
iborat jamoalar tuziladi, amerika futboli bundan istisno.
Jismoniy tarbiyaning bunday tizimini ta’minlash uchun ko’p sonli o’qituvchi va
murabbiylar talab etiladi.
O’rta xisobda maktablarda o’g’il va qiz bolalar bilan alohida shug’ullanadigan 10ga
yaqin umumiy jismoniy tayyorgarlik o’qituvchilari va maktabda mavjud barcha sport
turlari bo’yicha murabbiylar faoliyat yuritadilar.
Amerika maktablarida,
yil davomida, har bir sport turi uchun qat’iy chegaralangan
muddat ajratilgan
Masalan, amerika futboli bilan 15 avgustdan 31 oktyabrgacha shug’ullanishadi. Agar
maktab jamoasi pleyoffga chiqsa, ularga yana bir oy shug’ullanishga ruxsat etiladi.
Basketbol bilan noyabrdan martgacha, voleybol
bilan martdan maygacha
shug’ullanishadi.
Shu tarzda maktab bolalarni ayni bir sport turi bilan shug’ullanishga majburlamaydi.
O’quvchilarga o’zlarini turli sport turlarida sinab ko’rish imkoniyati beriladi
AQSh maktablarida, jismoniy
madaniyat darslaridan tashqari, 1986 yildan beri
“Prezident chaqirig’i” nomli maxsus majburiy dasturlar qo’llanilib, 6 yoshdan 17
20
yoshgacha bo’lgan bolalar jismoniy tayyorgarligi bo’yicha testlar asosida amalga
oshiriladi.
“Prezident chaqirig’i” dasturi 5 mashqni o’z ichiga olgan: 1 milya (1 milya = 1609
metrga teng) yugurish, 4x39 futga (39 fut = 11,872 metrga teng) mokkisimon yugurish,
turnikda tortilish, yotgan holda tanani bukib yozish, oldinga enkayish.
G’oliblar faxriy sovrinlar va mukofotlar bilan taqdirlanadilar.
AQSh universitetlarida jismoniy madaniyat va sport faoliyatining ikki yo’nalishini
farqlash lozim:
1) birinchi yo’nalish – talabalar shaharchasi hududida
talabalar orasida jismoniy
madaniyat va sog’lomlashtiruvchi ishlarni olib borish;
2) ikkinchi yo’nalish – universitet jamoalarining sport turlari bo’yicha, o’z universitetlari
sharafini musobaqalarda himoya qilish