Amerika modeli bo’yicha komandaga o’yinchilarni saralash tartibi. O’yinchilar




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/20
Sana27.01.2024
Hajmi0,6 Mb.
#146867
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
1674467493 rahkb-dyp1j

1.3.Amerika modeli bo’yicha komandaga o’yinchilarni saralash tartibi. O’yinchilar
bilan shartnoma tuzishda o’zaro kelishuvlarni amalga oshirish jarayonlari
AQShda sport sifatli huquqiy asosga tayangan holda harakat qiladi. Ehtimol, jahonning
boshqa hech bir mamlakatida sifatli professional sport biln bog’langan me’yoriy hujjatlar qabul
qilinmagan bo’lsa kerak. AQShda sport tizimi namuna bo’luvchi huquqqa ega me’yorlar asosida
rivojlanib bormoqda 
Amerika professional sporti tarixidan ma’lum bo’lishicha, uning rivojlanishining huquqiy
me’yorlari sport hayoti davomida paydo bo’lgan, avval sud da’volariga borib taqalgan,
keyinchalik esa sud qaroriga ko’ra kelgusida paydo bo’ladigan analogik munozaralarni hal
etishda namuna sifatida foydalanilgan. Ko’p hollarda klub va uning a’zolari hamda jamoa va
ligalar orasida bo’ladigan tortishuvlarga, ommaviy axborot vositalari aralashgan hollar bundan
istisno, unchalik e’tibor berilmagan. 
Professional sport rivojlanishida professional sport ligalarini tashkil etish boshqaruv,
iqtisodiy va boshqa munosabatlarni mahalliy darajada tartibga solish maqsadlariga ega. Klub
egalari eng zo’r sportchilarga ega bo’lishga harakat qilishadi, natijada ularning qimmati oshadi.
16


Professional sport tashkilotlarini barpo etish, avvalambor, klub (jamoa) xo’jayinlari
daromadlarini (xarajatlarga qaramasdan) saqlash va ko’paytirish bilan birgalikda amalga oshadi.
Ligalarda asosiy tartibga soluvchi hujjat uning konstitutsiyasi va nizomi hisoblanadi.
Masalan, Klub nizomi liganing maqsad va vazifalari, prezidentning majburiyatlari, yangi
jamoalarni qabul qilish tartibotlaridan tashqari xokkeychilarning bandlik bozorini tartibga solish
bilan bog’liq masalalardan ham iborat. 
Ularning faoliyatini (ishini) tavsiflovchi beshta jihat ajratiladi:
1. jamoa tarkibi;
2. o’yinchilarning shartnomasi;
3. liga jamoasiga o’yinchilarni tanlash;
4. o’yinchilarning bir jamoadan boshqa jamoaga o’tkazish;
5. liga ichida o’yinchilarni qayta taqsimlash tartibotlari.

Download 0,6 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amerika modeli bo’yicha komandaga o’yinchilarni saralash tartibi. O’yinchilar

Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish