• Buyuk Britaniyada ta’lim tizimi
  • Zarafshon shahar 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Annayev Nuriddin Quvondiqovichning Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport ishlari tajribasi




    Download 0,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/20
    Sana27.01.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #146867
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    1674467493 rahkb-dyp1j

    3. Чуқурлаштирилган босқич.


    Jismoniy tarbiya fani bilimlar sohasi va ijtimoiy amaliyot sohasi kabi jahon rivojlanish
    umumiy tendensiyalari va qonuniyatlariga binoan rivojlanadi. SHuning uchun kasbiy-pedagogik
    ta’lim chet el tajribalarini o’rganish uni ilmiy tushunish ilg’or g’oyalardan milliy ta’lim
    amaliyotida foydalanish ayniqsa dolzarb hisoblanadi. "Kadrlar tayyorlash sohasidagi pozitiv
    jahon tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha elementlariga
    taalluqli va uning rivojlanishi omillaridan biri hisoblanadi". Shu bilan birga milliy g’oyalar va
    an’analarda qurilgan ta’lim har doim milliy rivojlanish masalalariga javob berishini esda tutish
    kerak
    5
    .
    Bunday ta’limning texnik yoki tashkiliy shakllari turlicha bo’lishi mumkin ba’zan
    umuman odatdan tashqari tasavvur qilib bo’lmagan ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin. Ammo
    bizning chuqur ishonch hosil qilishimizga oxir-oqibat odamning ta’lim olishi natijasi faqat o’quv
    faoliyati shakllari shu jumladan masofaviy ta’lim bilan belgilanmaydi balki o’quv jarayoni
    quriladigan tayanch psixologik - pedagogik mazmunga bog’liq bo’ladi. Aynan mana shu
    mazmunlarini izlab topish milliy mentalitetga nisbatanmasofali ta’lim asoslarini ishlab chiqish
    boshlang’ich vazifasi hisoblanadi. Bu "narsa" turli ramziy amaliyotlar ekranlarida aks ettirilib
    namoyon bo’ladi. Fikri sezgilari va harakatlarida moddiylashadi.
    Buyuk Britaniyada ta’lim tizimi
    5
    9


    10


    11


    Buyuk Britaniyada ta’lim tizimi oliy ta’lim bilan yakunlanadi. Boshqa ko’pgina davlatlardagi
    oliy ta’lim tizimi kabi Buyuk Britaniyada ham oliy ta’lim bakalavriat (3-4 yil) va magistratura
    (1-2 yil) bosqichlariga bo’linadi.
    London o’zining ulkan universitetlari, nufuzli kolledjlari va ko’p miqdordagi maxsuslashgan
    maktablari bilan mashhur. Talabalar hayotida jismoniy madaniyat ham muhim omillardan biri
    hisoblanadi.
    Mamlakatning boshlang’ich maktab o’quvchilariga (5 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar)
    yo’naltirilgan “jismoniy faollik” dasturi amal qilmoqda va ushbu dastur har kunlik mashg’ulotni
    ko’zda tutadi o’rta maktablarda esa “Jismoniy tarbiya hayotga tayyorgarlik sifatida” nomli
    dastur amaliyotda qo’llanilmoqda. 
    Sport mashg’ulotlari darsdan tashqari vaqtda – odatda haftaning oxirgi kuni, jismoniy madaniyat
    o’qituvchisi rahbarligida o’tkaziladi. Shu bilan birga maktablararo musobaqalar ham o’tkaziladi.
    Ushbu ishlar Buyuk Britaniyaning ma’rifat bo’yicha davlat kotibiatiga bo’ysunuvchi maktab
    sporti milliy kengashi zimmasiga yuklatilgan. 
    Maxsuslashgan maktablardagi jismoniy madaniyat darslaridan boshlasak. Ushbu muassasalarda
    jismoniy madaniyat darslari haftasiga 2 marta o’tkaziladi. 
    Dars 60 daqiqa davom etadi. Bu dars mushaklarni qizdirish, umumrivojlantiruvchi mashqlar va
    15 daqiqalik yugurishdan boshlanadi. Londonda jamoaviy o’yinlardan voleybol, basketbol,
    badminton, gimnastika va raqsga ko’proq alohida e’tibor qaratiladi. Qizlar va o’g’il bolalar
    alohida shug’ullanishadi. O’quvchilar asosan amaliy mashg’ulotlar bilan shug’ullanishadi, biroq
    12


    o’qituvchi dars jarayonida mushaklarning nomi, joylashishi va ularning tuzilishi haqida
    tushuntirib boradi.Agarda e’tiborni universitetlarga qaratadigan bo’lsak, bu yerda faoliyat ancha
    boshqacha tashkil etilgan. 
    Misol qilib mashhur va nufuzli hisoblangan «University of Huddersfield» universitetini ko’rib
    chiqamiz.Har bir universitet o’zining sport maydoni va kortlariga ega, shu tufayli talaba-yigitlar
    futbol bilan shug’ullanishadi, qizlar esa badminton o’ynashadi.Bundan tashqari har bir nufuzli
    universitet suv havzasiga ega. 
    Suv havzasining mavjudligi, insonning barcha tizimlari mustahkamlanishiga xizmat
    qiladi, mushak to’qimalarini rivojlantiradi, kaloriyalarni yoqib yuboradi, bo’shashishga
    ko’maklashadi va a’lo qomatga ega bo’lishga yordam beradi
    Har bir mashg’ulot mushaklarni qizdirish va cho’zishdan boshlanadi.
    Har bir mashg’ulotda qatnashish majburiydir, chunki talabalar semestr oxirida jismoniy
    madaniyat bo’yicha sinov topshiriqlarini topshirishlari lozim.
    Shunday qilib, Buyuk Britaniyada jismoniy tarbiya tizimi har xil turdagi harakat faoliyatiga oid
    sport malaka va ko’nikmalari negizini ishlab chiqish konsepsiyasi asosida qurilgan. Maqsad
    o’sib kelayotgan yosh avlodning sport tayyorgarligini oshirish va yuqori sport natijalariga
    bo’lgan intilishlarini shakllantirish bilan cheklanib qolmagan. AQSh da yuqoridagi
    maqsadlardan tashqari ularni har xil sport tadbirlarida va boshqa turli shakllardagi sport
    bellashuvlarida ommaviy ishtiroklarini ta’minlash asosiy maqsad bo’lib hisoblanadi.
    Angliyaliklar sport konsepsiyasining markaziy g’oyasi – bu o’quvchilarni faol hayot tarziga
    tayyorlash, shuningdek butun umri davomida jismoniy va sport faolligini namoyon eta olishiga
    tayyorlashdir. 

    Download 0,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 0,6 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zarafshon shahar 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Annayev Nuriddin Quvondiqovichning Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport ishlari tajribasi

    Download 0,6 Mb.
    Pdf ko'rish