ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES




Download 434,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana05.06.2024
Hajmi434,89 Kb.
#260556
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
oquvchilar-ijtimoiy-faolligini-oshirish-ijtimoiy-zaruriyat-sifatida

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 501 www.ares.uz 
Yoshlar ijtimoiy faolligini rivojlantirish muammolari bo‘yicha olib borilgan 
turli sohalardagi tadqiqotlar mazmunini o‘rganish asosida quyidagicha xulosalarga 
keldik: 
1.
O‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning mazmunini asoslash, 
uning metodikasini ishlab chiqish pedagogika fani va amaliyoti oldidagi muhim 
vazifa hisoblanadi. 
2.
O‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish shaxs umumiy kamolotini 
hamda jamiyat ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi, 
bugungi kunga qadar yaxlit pedagogik jarayon sifatida tadqiq etilmaganligi 
ta’kidlanadi. 
3.
O‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligi ularning ijtimoiy munosabatlar 
jarayonidagi ishtirokiga bog‘liq bo‘lib, shaxsning ijtimoiy borliqqa munosabatini 
belgilaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgan 
dastlabki kunlardayoq mamlakat aholisi, shu jumladan, yoshlar o‘rtasida mustaqillik 
g‘oyalarini targ‘ib etish, ularda istiqlolni mustahkamlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy 
faollikni qaror toptirish vazifasi kun tartibiga qo‘yildi. Bu boradagi vazifalarni 
muvaffaqiyatli hal etishda ta’lim-tarbiya jarayonining roli katta.
Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning 
ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi 
asosida yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini 
to‘liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog‘liq bo‘ladi. 
SHuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini 
ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O‘zbekiston 
Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo‘lmadi. Unda alohida 
bo‘lim davlatning yoshlar siyosatini takomillashtirishga bag‘ishlangan. U 
O‘zbekistonning 10 million fuqarosi yoki mamlakat aholisining 31 foizini tashkil 
etuvchi yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oshirishga qaratilgan 
bir qator ustuvor vazifalarni qamrab oladi. 
SHu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqini tashkil etish zarurati 
hayotning o‘zi tomonidan belgilab qo‘yildi, u tashkilotdan yoshlar hayotidagi eng 
dolzarb masalalarni hal qilishni talab etadi, ayniqsa uyushmagan yoshlar hayotda o‘z 
o‘rnini topishi uchun munosib sharoitlar yaratish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash, 
kasb-hunarga 
yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, ularning 
tashabbuslarini rag‘batlantirish shular jumlasidan. 



Download 434,89 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 434,89 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES

Download 434,89 Kb.
Pdf ko'rish