• ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
  • Zaruriyat sifatida




    Download 434,89 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/12
    Sana05.06.2024
    Hajmi434,89 Kb.
    #260556
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    oquvchilar-ijtimoiy-faolligini-oshirish-ijtimoiy-zaruriyat-sifatida

     
    O‘quvchi-yoshlar
     
    – umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-
    hunar kollejlari va akademik litseylarda ta’lim oluvchi navqiron yigit-qizlar guruhi. 
    SHu o‘rinda faoliyatning o‘zini ham izohlash talab etiladi.
    Faollik negizida paydo bo‘luvchi yangicha sifatni, o‘ziga xoslikni egallagan 
    xatti-harakatning yuksak ko‘rinishi, insongagina taalluqliligi tufayli u psixologiya 
    fanida faoliyat deb yuritiladi. Faollikning shaxsga xos ko‘rinishi sifatida faoliyat 
    vujudga kelib, u o‘zining psixologik alomatlari bilan xatti-harakatdan farqlanadi. Har 
    qanday faoliyat maqsad va natijalardan iborat jarayon ifodasi hisoblanadi. 
    Faoliyatning ongli ravishda amalga oshirilishi jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi 
    va yashash sharti hisoblanadi.
    Faoliyat tushunchasi dunyoqarash tamoyili sifatida nemis klassik falsafasi 
    rivojlangan davridan boshlab qaror topdi. Bu davrda Evropa madaniyatida shaxsning 
    aql-idrok bilan ish ko‘rishi, faolligi va tashabbuskorligining ko‘p qirrali yo‘nalishiga 
    xos bo‘lgan asosi va tamoyillari deb qarash uchun sharoit yaratildi. Bunday qarashni 
    nemis faylasufi I.Kant boshlab berdi.
    Borliqdagi jonli mavjudotlarning o‘ziga xos tarzda va muayyan yo‘nalishda, 
    ma’lum darajadagi kuch bilan xatti-harakatni amalga oshirishga undovchi ehtiyojlar 
    ular uchun faollik manbai vazifasini bajaradi. Psixologik manbalarga asoslanib fikr 
    yuritadigan bo‘lsak, «...ehtiyoj – jonli mavjudot hayot kechirishining yaqqol shart-


    ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
    VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
    ISSN: 2181-1385 
     Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
     
    Academic Research, Uzbekistan 495 www.ares.uz 
    sharoitlariga uning shularga tobe ekanligini ifoda etuvchi va mazkur shart-
    sharoitlarga nisbatan faolligini namoyon qiluvchi holat tarzida ifodalanadi». 
    Inson faolligi esa ana shu ehtiyojlarning qondirilishi jarayonida namoyon 
    bo‘ladi.
    Ehtiyojlar – organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning 
    hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur bo‘lgan narsalarga talab, muhtojlik. 
    Faoliyat sohasiga qarab mehnatga, bilimga, muloqotlarga; ob’ektiga qarab moddiy, 
    ma’naviy; sub’ektiga ko‘ra yakka (shaxsiy), guruhiy, jamoaviy, ijtimoiy ehtiyojlar 
    bo‘lishi mumkin. 
    Inson ehtiyoji uni tarbiyalash jarayonida, ya’ni madaniy jarayon bilan 
    yaqinlasha borib shakllanadi. Chunki insonning o‘z ehtiyojlarini qondirish jarayoni 
    ijtimoiy taraqqiyot bilan belgilanadigan faoliyat shaklini egallashning faol, muayyan 
    maqsadga yo‘naltirilgan jarayoni sifatida alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham 
    bu muammoning turli jihatlari pedagogika fanida tadqiq etib kelinadi. 
    Inson o‘zining ijtimoiy majburiyatlari, jamiyat oldidagi burchi, o‘z 
    mas’uliyatini tabiiy bir hol, o‘z erkinligi va ijtimoiy faolligining uzviy bir qismi 
    sifatida qabul qilgandagina ma’naviy barkamol shaxsga aylanadi. 
    Insonning faolligi shaxs sifatida shakllanishining asosiy omili hisoblanadi. 
    Mazkur jarayon davomida faqat tabiiy va ijtimoiy dunyoga moslashish yuz berib 
    qolmasdan balki inson uni o‘z xohishiga mos ravishda o‘zgartiradi. Jamiyatning o‘zi, 
    uning tizimi va tuzilishi, undagi munosabatlarni tashkil etuvchi omillar – bularning 
    hammasi shaxsning bunyodkorlikka asoslangan faoliyatining natijasidir. 
    Faoliyat, faollik inson shaxsining mohiyatini tashkil etuvchi kuchlarning 
    namoyon bo‘lishi demakdir. Dunyoni o‘zgartirar ekan, faol shaxs ayni paytda o‘z 
    qobiliyatlari, bilim, ko‘nikma va mahoratini uzluksiz ravishda takomillashtiradi. U 
    shu asnoda o‘zligini anglaydi, faol shaxs sifatida jamiyatda o‘zini namoyon qiladi. 
    Bunda insoniy ehtiyojlar doirasi kengayib boradi va shu bilan bir paytda mazkur 
    ehtiyojlarni qondirish vositalarining sifat va son jihatdan o‘sishi yuz beradi. 
    Shaxsning faoliyati ijtimoiy muhit va moddiy omillar ta’sirida shakllanadi. 
    Faollik bo‘lmagan joyda shaxs rivojlanmaydi va uning imkoniyatlari ro‘yobga 
    chiqmaydi. Shaxsning faolligi aniq maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda 
    tarkib topadi. Shaxs faolligining rivojlanish tendensiyalari mehnat, o‘qish, o‘yin, 
    muloqot jarayonida amalga oshadi. 
    Har bir inson jamiyat a’zolari bilan o‘zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. 
    Jamiyatda qaror topgan ijtimoiy munosabatlar, ularning mazmuni, g‘oya va 
    yo‘nalishlari shaxsning shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. SHaxsning faoliyati, 



    Download 434,89 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 434,89 Kb.
    Pdf ko'rish