ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES




Download 434,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana05.06.2024
Hajmi434,89 Kb.
#260556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
oquvchilar-ijtimoiy-faolligini-oshirish-ijtimoiy-zaruriyat-sifatida

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 498 www.ares.uz 
shaxsiy qadr-qimmat insonning o‘rab turuvchi muhit bilan munosabatida, ya’ni uning 
faolligida ifodalanadi. 
Psixologlar R.Plomin va X.Xermanslarning (1997) ta’kidlashicha, aslida 
shaxsning to‘laqonli, barkamol shakllanishiga uchta asosiy omil ta’sir etadi: 
1. Shaxsda mavjud bo‘lgan biologik imkoniyatlar – bunda odamlarning o‘zaro 
munosabatlari jarayonlariga temperament tipining ta’siri nazarda tutiladi. 
2. Shaxsning sub’ektiv, ya’ni psixologik imkoniyatlari – bunda mazkur 
imkoniyatlar shaxslararo munosabatlar jarayonining strategiyasini tuzadi, o‘zaro 
munosabatga kirishishni shaxsan o‘zi tanlaydi hamda ijtimoiy turmushda ularni 
to‘ldiradi va takomillashtiradi. 
3. Bevosita shaxslararo munosabatlar jarayonining o‘zi bo‘lib, ular ijtimoiy 
madaniy muhitda amalga oshiriladi. Ijtimoiy madaniy muhit shaxslararo 
munosabatlar uchun bosh mexanizm sifatida shaxsning shakllanishini ta’minlaydi. 
Ammo har uchchala omil ham o‘zaro uzviy bog‘liqlikda bir-biriga ta’sir etadi. Bu 
uzviyliksiz shaxsning barkamol taraqqiyoti yuzaga kelmaydi.
Dj.Kaprara va boshqalarning (1999) tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, ijtimoiy 
fe’l-atvor me’yorlariga amal qilish o‘zaro hamkorlik va bir-biriga yordam 
ko‘rsatishga imkoniyat yaratadi – o‘zaro simpatiyani hosil qiladi, ta’lim jarayoniga 
halaqit qiluvchi depressiyaga hamda muammoli fe’l-atvorga qarshi kurashishga 
undaydi. Shaxslararo munosabatlar jarayonida yoshlarga o‘zidagi intellektual 
imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga yordam ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Bu holat 
shuni tasdiqlaydiki, ijtimoiy va intellektual rivojlanish nafaqat mazkur o‘quvchida, 
balki, tengdoshlarida ham kuchayishi kuzatilgan.
G.K.Selevko faollikning ikki darajasini farqlaydi. Birinchi, quyi daraja – 
insonning ma’lum darajada mahsuldor, bajaruvchi, qayta tiklovchi faoliyatini 
belgilab, bunda inson ko‘proq boshqarilayotgan ob’ekt rolini ijro etadi. Bu darajadagi 
faoliyat «ob’ekt faoliyati» deb nomlanadi. 
Ikkinchi, yuqori darajadagi faollik – ta’lim oluvchi faoliyatining birlamchi 
sababi, manbasi rolini o‘ynab, ijodiy, o‘zgartiruvchi sifatga ega. Bunda faoliyatni 
amalga oshiruvchi inson sub’ektdir va faoliyatda uning irodasi ishtirok etadi 
(«sub’ekt faoliyati»). 
Shaxs ijtimoiy faolligini o‘rganish sohasida ko‘plab tadqiqotlar amalga 
oshirilgan. Jumladan, L.I.Amanbaeva «YAngi ijtimoiy sharoitda o‘quvchi-
yoshlarning fuqarolik tarbiyasi», A.A.Savastina va L.B.Osipovalarning «YOshlar 
ijtimoiy faolligi – jamiyatning dinamik rivojlanish sharti sifatida», V.A.Sitarov va 
V.G.Maralovning «SHaxs ijtimoiy faolligi», «Maktabgacha ta’lim va kichik maktab 



Download 434,89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 434,89 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES

Download 434,89 Kb.
Pdf ko'rish