|
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCESBog'liq oquvchilar-ijtimoiy-faolligini-oshirish-ijtimoiy-zaruriyat-sifatidaACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 497 www.ares.uz
YUqoridagi fikrlarni umumlashtirib, shaxs faolligini shunday izohlash
mumkin: ijtimoiy faollik
– shaxsning maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati bo‘lib,
ijtimoiy voqelikka nisbatan individual munosabati va tizimli xatti-harakatlarining
yuksak ko‘rinishini ifodalovchi tushuncha
Ijtimoiy faollik umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan
pedagogik jarayon mazmuni ustida ishlash va tarbiyaviy jarayon sub’ektlarining
o‘zligini namoyon qilishlarida katta imkoniyatlarga ega. Bugungi kunda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda qabul qilingan 187-sonli
«Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini
tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori asosida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni
shakllantirish zaruriyati ustuvor o‘rin egallamoqda. Mazkur tayanch kompetensiyalar:
kommunikativ kompetensiya, axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi,
o‘zini o‘zi
rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, milliy va
umummadaniy kompetensiya,
matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan
xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasidan iborat bo‘lib, ulardan
ayniqsa: o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik
kompetensiyasi o‘quvchilardan ham o‘qituvchilardan ham ijtimoiy faollik
ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Jahon ta’limi tizimida shaxs ijtimoiy faolligi masalalari bo‘yicha tatqiqotlar
Germaniyadagi Frontiers in Psychology (FIP)da, ta’lim jarayonida shaxs faolligini
oshirish interfaol o‘qitish tizimidan (interactive e-learn) foydalanish bo‘yicha
tadqiqotlar BMTning International Institute for Sustainabie Devolopment (IISD) va
Buyuk Britaniyadagi Carl Wieman Science education Initiative (CWSEI) kabi
dunyoning etakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tatqiqot markazlarida olib
borilmoqda.
YUrtimizda mazkur sohadagi yig‘ilgan tajribalarning tahlili shuni ko‘rsatadiki,
demokratik jamiyatda o‘quvchilar ijtimoiy faolligi o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi,
balki muntazam tarzda maqsadli ravishda olib borilgan pedagogik faoliyat natijasida
shakllantiriladi. O‘quvchi-yoshlarga nazariy-amaliy bilimlarni berish, ularda ijtimoiy
faollik ko‘nikma va malakalarini hosil qilish pedagogika nazariyasi va amaliyoti
uchun ham o‘ziga xos ahamiyatga ega ekanligi bilan dolzarblik kasb etadi.
Avstriyalik psixolog va faylasuf V.Frankl individuallikning ahamiyati, inson
shaxsining qadr-qimmati va mazmuni hamma vaqt u yashayotgan jamiyatga
bog‘liqligini ta’kidlaydi. Amerikalik sotsiolog T.Parkinsonning fikricha, chinakam
|
| |