ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES




Download 434,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana05.06.2024
Hajmi434,89 Kb.
#260556
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
oquvchilar-ijtimoiy-faolligini-oshirish-ijtimoiy-zaruriyat-sifatida

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 500 www.ares.uz 
intizomning o‘rni, burch va mas’uliyat, jamoatchilik sifatlarini tarkib toptirish 
muammolari tahlil qilinadi.
Bu izlanishlar natijalarining ilmiy xulosalari ko‘rsatib o‘tiladi. 
Har ikki tadqiqot ishida ham yuqorida bayon etilgan holatlarda talaba va kichik 
maktab yoshidagi o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishning mazmuni, maqsadi, metod, 
shakl va vositalari xususida to‘xtalib o‘tilgan. 
A.Akramov tomonidan «SHaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida 
bo‘lajak o‘qituvchilarning fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishning tashkiliy-metodik 
asoslarini takomillashtirish» nomli tadqiqot ishida fuqarolik, fuqarolik pozitsiyasi
shaxsiy nuqtai nazar, fuqarolik mas’uliyati, vatanparvarlik, burchga sadoqat, fidoyilik 
kabi tushunchalarga mualliflik nuqtai nazaridan yondashilgan va shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda fuqarolik 
pozitsiyasini rivojlantirishning tashkiliy metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha 
taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
I.R. Safarbuvaeva «O‘quvchi shaxsini faollashtirishda milliy mentalitet 
elementlaridan foydalanishning pedagogik asoslari» nomli tadqiqot ishida o‘quvchi 
shaxsining faollashuv jarayoniga bir qator omillar o‘z ta’sirini o‘tkazishini va bu 
ta’sirlar quyidagilardan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tgan: 

jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitning qaror topganligi; 

fuqarolar ma’naviy-axloqiy etukligini ta’minlash masalasining davlat 
siyosati darajasiga ko‘tarilganligi; 

ta’lim-tarbiya ishlarining muayyan maqsad asosida tizimli, uzluksiz va 
izchil olib borilayotganligi; 

tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega sub’ektlar imkoniyatlarining yagona ijtimoiy 
maqsadni amalga oshirilishiga yo‘naltirilganligi; 

shaxs omilining ijtimoiy munosabatlar jarayonida etakchi mavqega ega 
bo‘lishi va boshqalar. 
Faylasuf olima G.J.Tulenova «Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda ma’naviy 
omilning roli (ijtimoiy-falsafiy tahlil)» nomli tadqiqot ishida ma’naviy omilning 
yoshlarning kasbiy xulqiga, ijtimoiy mo‘ljallariga, amaliy faoliyatiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatishini falsafiy-metodologik jihatdan atroflicha o‘rganish hamda mavjud 
muammolarni echish borasida xukumat va jamoatchilik sa’y-harakatlarini 
uyg‘unlashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqqan.
Sotsiolog I.Ergashev tomonidan esa bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida 
yoshlarning ijtimoiy faolligi sotsiologik tahlil qilingan. 



Download 434,89 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 434,89 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES

Download 434,89 Kb.
Pdf ko'rish