ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES




Download 434,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana05.06.2024
Hajmi434,89 Kb.
#260556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
oquvchilar-ijtimoiy-faolligini-oshirish-ijtimoiy-zaruriyat-sifatida

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 493 www.ares.uz 
bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning BMT Bosh 
Assambleyasining 2017 yil 19 sentyabrdagi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida: «... 
Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur 
sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi «virusi» tarqalishining oldini olishdir. Buning 
uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini 
himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb 
hisoblaymiz. Shu munosabat bilan O‘zbekiston globallashuv va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda 
yoshlarga 
oid 
siyosatni 
shakllantirish 
va 
amalga 
oshirishga 
qaratilgan 
umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning YOshlar huquqlari to‘g‘risidagi 
xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etadi. Bizning nazarimizda, mazkur 
hujjatni imzolaydigan davlatlar ushbu sohani o‘z ijtimoiy siyosatining asosiy va 
muhim hayotiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarish bo‘yicha qat’iy 
majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi kerak» – degan fikrlari dunyo hamjamiyati 
tomonidan ham keng e’tirof etilmoqda. 
Yosh avlodning har tomonlama kamol topishi jamiyat taraqqiyotini 
ta’minlovchi asosiy omil bo‘lishi bilan bir qatorda uning shaxs sifatida ijtimoiy 
faollashuvida ham etakchi o‘rin tutadi. O‘quvchi shaxsining ijtimoiy faolligi quyidagi 
ikki jihatga ko‘ra muhim ahamiyatga ega: birinchidan, shaxsning jamiyatda o‘z 
o‘rnini topishi uchun zamin yaratadi, ikkinchidan esa, uning bilimi, kuch-quvvati, 
imkoniyati hamda iqtidori jamiyat rivoji yo‘lida mehnat qilishga yo‘naltiriladi. 
Manbalarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, demokratik jamiyatda o‘quvchilar 
ijtimoiy faolligi o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi, balki muntazam tarzda maqsadli 
ravishda olib borilgan pedagogik faoliyat natijasida shakllantiriladi. O‘quvchi-
yoshlarga nazariy-amaliy bilimlarni berish, ularda ijtimoiy faollik ko‘nikma va 
malakalarini hosil qilish pedagogika nazariyasi va amaliyoti uchun ham o‘ziga xos 
ahamiyatga ega ekanligi bilan dolzarblik kasb etadi. 

Download 434,89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 434,89 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES

Download 434,89 Kb.
Pdf ko'rish