|
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCESBog'liq oquvchilar-ijtimoiy-faolligini-oshirish-ijtimoiy-zaruriyat-sifatidaACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 496 www.ares.uz
ijtimoiy borliqqa munosabati, hayotiy yondashuvlari, faolligi, o‘z navbatida, ijtimoiy
munosabatlarning rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. SHunga ko‘ra shaxs
ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisi va mahsuli hisoblanadi. Inson ijtimoiy
mavjudot sifatida hech qachon ijtimoiy munosabatlardan ajralgan holda yashay
olmaydi.
Ma’lumki, «faollik» tushunchasi ba’zi hollar, xususan shaxs va uning
faoliyatini tadqiq etuvchi fan sohalarida faoliyat tushunchasi bilan qorishtirib
yuboriladi. Masalan, «Psixologiya»ga oid lug‘atda mazkur tushuncha «tirik
materiyaning umumiy xususiyati, tevarak atrofdagi muhit bilan o‘zaro ta’sirida
namoyon bo‘ladi. Psixik faollik bu o‘zaro ta’sir, shu asosda faoliyat ko‘rsatish bilan
xarakterlanadi» - deyiladi.
Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘atida «Ijtimoiy faollik – ijtimoiy
sub’ektlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokining, mehnat hamda madaniy-
ma’rifiy faoliyatining kuchayishi, qonunda belgilab qo‘yilgan huquq va burchlarini
to‘liq amalga oshirishga intilishi», - deya ta’riflangan.
«Politologiya»dan ensiklopedik lug‘atda shaxs faolligi siyosiy faollik tarzida
talqin etiladi. Ushbu lug‘atda faollik shunday izohlanadi: «SHaxs faolligi ob’ektiv
voqelikka bo‘lgan munosabatda aniq namoyon bo‘ladi. Bu munosabat har bir
shaxsning jamiyatda o‘z mavqeiga ega bo‘lishi, o‘zining xilma-xil ehtiyojlarini
qondirish yo‘lidagi ijtimoiy munosabatlarda qanchalik erkin ishtirok etsa, bu uning
siyosiy faolligining o‘sishiga shunchalik ta’sir ko‘rsatadi»,
deyilgan.
Faollik – «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da [90, 326] mehnatda yoki biror
harakatda, jarayonda jadallik, jonbozlik ko‘rsatish, ishchanlik, ta’sirchanlik deb
ta’riflanadi. Bizning tadqiqotimiz nuqtai nazaridan mazkur izoh mohiyatan
e’tiborlidir.
Faol (lot. «activus» so‘zidan olingan bo‘lib), biror ishga g‘ayrat bilan
kirishadigan, astoydil ishlaydigan, ishchan, aktiv deb izohlanadi.
Pedagogika ensiklopediyasi [66] da esa ijtimoiy faollik – 1. ijtimoiy
sub’ektlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokining, mehnat hamda madaniy-
ma’rifiy faoliyatining kuchayishi, qonunda belgilab qo‘yilgan huquq va burchlarini
to‘liq amalga oshirishga intilishini ifodalovchi tushuncha. 2. Sub’ektning jamiyat
hayotida ongli holda mustaqil ishtirok etishi, ma’lum ijtimoiy-ma’naviy sohada
vujudga keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan harakatidir. Ijtimoiy faollik
shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va xulq-atvorini ongli ravishda
boshqarishining asosiy sharti hisoblanadi.
|
| |