ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 494 www.ares.uz
tadqiqiy va tahliliy yo‘nalishga ega bo‘lgan pedagogik tizim sifatida ko‘rib
chiqilmaganligi;
–
o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faollashuvining bir qator o‘ziga xos xususiyatlari va
omillari mavjud bo‘lib, ular etarlicha o‘rganilmaganligi;
–
o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik
jarayonning ilmiy asoslangan samarali shakl, vosita va metodlarini qo‘llanilishiga
bo‘lgan ehtiyojning mavjudligi mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlar muhim ahamiyat
kasb etishini anglatadi.
Bu vazifani samarali amalga oshirishda ijtimoiy faol shaxs xususiyatlari va
shartlari tarkib toptiriladigan shakl, vosita, usul va metodlarni izlab topish, o‘z
navbatida «o‘quvchi-yoshlar», «ijtimoiy faollik» tushunchalari mohiyatini chuqur
tushunish, nazariy jihatdan ham, amaliy tomondan ham juda muhim masaladir.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida «yosh» so‘ziga «1. Tug‘ilgan vaqtdan boshlab
yashab o‘tkazilgan yillar jami; umr uzoqligi. 2. Inson yoki hayvon hayotidagi
bosqich, davr, umr. YOshlar tushunchasi esa navqiron yigit-qizlar» deya izohlangan
YUqoridagi ta’riflarni umumlashtirib «o‘quvchi-yoshlar» tushunchasiga
quyidagicha ta’rif berdik.