|
Ўзбекистон давлат стандарти
|
bet | 3/29 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #245737 |
Bog'liq 17025-узб (3)4.2 Menejment tizimi
4.2.1 Laboratoriya o‘z faoliyat soxasiga muvofiq xolda menejment tizimini o‘rnatishi, joriy etishi va qo‘llab-quvvatlashi lozim. Laboratoriya o‘z siyosati, tizimlari, dasturlari, protseduralari va yo‘riqnomalarini sinovlar va/yoki kalibrlashlar natijalarining sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xajmda xujjatlar asosida rasmiylashtirishi lozim. Tizim xujjatlari tegishli xodimlarga ma’lum qilinishi, ularga tushunarli bo‘lishi va ular tomonidan bajarilishi kerak.
4.2.2 Laboratoriya menejmenti tizimining siyosati xamda vazifalari sifat bo‘yicha qo‘llanmada o‘rnatilgan bo‘lishi lozimdir (qanday nomlanishidan qat’iy nazar). Umumiy vazifalar sifat doirasidagi siyosat to‘g‘risidagi bayonotda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Sifat doirasidagi siyosat to‘g‘risidagi bayonot yuqori raxbariyat tomonidan tasdiqlanishi kerak.
U kamida quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
a) o‘rnatilgan professional amaliyotga rioya qilish va iste’molchiga xizmat ko‘rsatishda sinovlar xamda kalibrlashlar yuqori sifatini saqlashga laboratoriya raxbariyatining majburiyati;
b) laboratoriya tomonidan amalga oshirilayotgan xizmat ko‘rsatish darajasi to‘g‘risida raxbariyatning bayonoti;
c) menejment tizimi oldida turgan vazifalar;
d) sinovlar va kalibrlashlarda ishtirok etuvchi barcha laboratoriya xodimlariga menejment tizimi xujjatlari bilan tanishib chiqish va o‘z faoliyatida o‘rnatilgan siyosat xamda protsedurularga rioya qilish bo‘yicha qo‘yiladigan talablar;
e) mazkur standartga muvofiq xolda faoliyat ko‘rsatish va menejment tizimi samaraliligini uzluksiz yaxshilashga laboratoriya raxbariyatining majburiyati;
Izox- sifat doirasidagi siyosat to‘g‘risidagi bayonot qisqa bo‘lishi lozim xamda sinovlar va kalibrlashlar xar doim o‘rnatilgan ishtirokchilar usullari va talablariga muvofiq xolda bajarilishi kerakligi to‘g‘risidagi qoidani o‘z ichiga olishi mumkin. Agar laboratoriya yirikroq tashkilot qismi bo‘lsa, u xolda sifat doirasidagi siyosatning ayrim elementlari boshqa xujjatlar tarkibida mavjud bo‘lishi mumkin.
4.2.3 Yuqori raxbariyat menejment tizimining rivojlanishi va joriy etilishi xamda uning samaraliligining uzluksiz yaxshilanishi to‘g‘risida dalillar taqdim etishi kerak.
4.2.4 Yuqori raxbariyat buyurtmachi talablarini qondirish muximligini, shuningdek qonunlarga rioya qilish va davlat rostlash davlat idoralarining talablarini tashkilotlarga ma’lum qilishi lozim.
4.2.5 Sifat bo‘yicha qo‘llanma yordamchi protseduralar, shu jumladan, texnik protseduralarni o‘z ichiga olishi yoki ularga bo‘lgan xavolalarga ega bo‘lishi kerak. Uning ichida menejment tizimida foydalaniladigan xujjatlar tuzilmasining tavsifi bo‘lishi lozim.
4.2.6 Texnik raxbariy xodimlar va sifat bo‘yicha raxbariyat vakili vazifalari xamda ma’suliyati, jumladan mazkur standartga bo‘lgan muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha ularning ma’suliyati sifat bo‘yicha qo‘llanmada belgilangan bo‘lishi lozim.
4.2.7 Yuqori raxbariyat menejment tizimiga o‘zgarishlarni amalga oshirish ushbu tizimning butunligini qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlashi kerak.
|
| |