• 4.8 Da’volar
  • Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish




    Download 0,78 Mb.
    bet7/29
    Sana20.05.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #245737
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
    Bog'liq
    17025-узб (3)

    4.7 Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish

    4.7.1 Boshqa iste’molchilarga nisbatan laboratoriya tomonidan konfidensiallik saqlanishi sharoitida, bajarilayotgan ish bo‘yicha iste’molchining bayonotini tushuntirib berish va laboratoriya faoliyatini tekshirish masalalarida laboratoriya iste’molchilar yoki ularning vakillari bilan hamkorlikda ishlashi kerak.


    Izohlar
    1 Bunday hamkorlik quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:


    a) iste’molchi uchun o‘tkaziladigan sinovlar va/yoki kalibrlashlarda ishtirok etish maqsadida iste’molchiga yoki uning vakiliga laboratoriyaning tegishli joylariga iltifot taqdim etish;
    b) tekshirish maqsadida iste’molchiga zarur bo‘lgan, sinovlar va/yoki kalibrlashlardan o‘tgan buyumlarni tayyorlash, o‘rab joylash va jo‘natish.
    2 Iste’molchilar laboratoriya bilan yaxshi aloqani qo‘llab-quvvatlash, texnik masalalar bo‘yicha maslahatlar va rahbariy ko‘rsatmalar, shuningdek natijalarga asoslangan fikr-mulohazalar va sharhlarni baholaydi. Iste’molchi bilan aloqani, ayniqsa uzoq muddatli shartnomalar tuzilganda, butun ish davomida saqlash kerak.

    4.7.2 Laboratoriyalarga iste’molchi bilan salbiy yoki ijobiy qaytish aloqasiga ega bo‘lish tavsiya qilinadi (masalan, iste’molchilarni so‘roq qilish). Bunday qaytish aloqasini menejment tizimini yaxshilash, sinovlar va kalibrlashlarni takomillashtirish, shuningdek iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish uchun qo‘llash lozimdir.


    Izoh – Mijozlar bilan qaytish aloqasining turlari mijozning qoniqishi va sinovlar natijalari yoki kalibrlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlilini o‘z ichiga oladi.


    4.8 Da’volar

    Laboratoriyada iste’molchilar yoki boshqa tomonlar tarafidan bo‘ladigan da’volarni bartaraf etish bo‘yicha siyosat va protseduralar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Laboratoriya tomonidan amalga oshirilgan barcha reklamatsiyalar, taftishlar, shuningdek tuzatish harakatlari bo‘yicha ro‘yxat ma’lumotlarini saqlash zarur (shuningdek 4.11 ga k.).





    Download 0,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




    Download 0,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish

    Download 0,78 Mb.