• 4.4 Buyurtmalar, rasmiy takliflar va bitimlar taxlili
  • Xujjatlardagi o‘zgartishlar




    Download 0,78 Mb.
    bet5/29
    Sana20.05.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #245737
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    17025-узб (3)

    4.3.3 Xujjatlardagi o‘zgartishlar

    4.3.3.1 Xujjatlardagi o‘zgartishlar ushbu xujjatlarning boshlang‘ich taxlilini o‘tkazgan xizmat tomonidan taxlil qilinishi va tasdiqlanishi lozim, agar maxsus ravishda boshqa shaxslar o‘rnatilmagan bo‘lsa. O‘rnatilgan xodimlar taxlil va tasdiqlash bo‘yicha ularning ishi uchu nasos bo‘luvchi tegishli dastlabki axborotga ega bo‘lishi kerak.


    4.3.3.2 qachonki bu narsa amaliy jixatdan bajarilishi mumkin bo‘lsa, o‘zgartirilgan yoki yangi matn xujjatda yoki tegishli ilovalarda identifikatlashtirilishi lozim.
    4.3.3.3 Agar laboratoriya xujjatlarini boshqarish tizimi xujjatlarni navbatdagi o‘zgartishni kutish mobaynida qo‘lda yozilgan o‘zgartishlarni kiritishga ruxsat bersa, u xolda bunday o‘zgartishlar uchun protseduralar va manfaatlar aniklanishi lozim. O‘zgartishlar aniq belgilangan, vizalangan va sanasi yozilgan bo‘lishi kerak. qayta ko‘rib chiqilgan xujjat rasmiy ravishda qayta nashr etilishi kerak.
    4.3.3.4 kompyuter tizimlarida saqlanayotgan xujjatlardagi o‘zgartishla kiritilishi va boshqarilishini ta’riflash uchun protseduralar o‘rnatilishi lozim.


    4.4 Buyurtmalar, rasmiy takliflar va bitimlar taxlili

    4.4.1 Laboratoriya bayonotlar, rasmiy takliflar va shartnomalarni taxlil qilish protseduralarini o‘rnatishi va qo‘llab-quvvatlashi kerakdir. Sinovlar va/yoki kalibrlashlar buyicha shartnomalar tuzishga olib boruvchi taxlilining siyosati va protseduralari quyidagilarni ta’min etishi kerak:


    a) talablar, jumladan qo‘llanilayotgan usullar to‘g‘ri belgilangan va rasmiylashtirilgan (5.4.2 ga k.);
    b) laboratoriya talablarni bajarishga imkon beruvchi imkoniyat va manbalarga ega;
    c) iste’molchilar talablarini qondira oladigan muvofiq sinovlar va/yoki kalibrlash usuli tanlangan (5.4.2 ga k.).
    Bayonot yoki rasmiy taklif va shartnoma o‘rtasidagi xar qanday farklar ishlar boshlanishidan avval bartaraf etilishi kerak. Xar bir shartnoma ikki tomonlama: xam laboratoriya xam iste’molchi tomonidan
    kelishilgan bo‘lishi lozim.
    Izoxlar
    1 Bayonot, rasmiy taklif va shartnoma moliyaviy, yuridik aspektlarni va kalendar rejasini xisobga olgan xoldaratsional va samarali usulda taxlil qilish lozim. Bayonot, rasmiy taklif va shartnomalarni ko‘rib chiqish ichki buyurtmachilari uchun osonlashtirilgan ko‘rinishda bajarilishi mumkin.
    2 Taxlil laboratoriyalararo solishtirishlarda yoki sinovlar sifatini tekshirish dasturlarida va/yoki tekshiruv namunalari yoki tadqiq etilayotgan kattaliklarning belgilangan ko‘rsatmalari bilan ob’ektlardan foydalangan xolda sinovlar va/yoki kalibrlashlarni amalga oshirishda avvalgi ishtirok etish natijalarini o‘lchovlar noaniqligini o‘rnatish maqsadida xisobga olishi mumkin.
    3 Shartnomasinovlar va/yoki kalibrlashlar o‘tkazish bo‘yicha iste’molchiga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi xar qanday (yozma yoki og‘zaki) kelishuv ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
    4.4.2 Mazkur tahlillar xujjatlari, jumladan har qanday ahamiyatli o‘zgartishlar ro‘yxatga olinishi va saqlanishi lozim. Iste’molchi bilan uning talablari yoki shartnomani bajarish jarayonida amalga oshirilgan ishlar natijalariga tegishli bulgan muvofiq suhbatlar to‘g‘risidagi yozuvlarni ham saqlash kerak.
    Izoh – rejali va boshqa masalalarni tahlil kilish uchun sanani va laboratoriyada shartnoma buyicha ishlarni bajarish uchun mas’ul shaxsning identifikatlashtirish ma’lumotlarini (masalan, ismi sharifi) belgilash yetarli hisoblanadi. Takrorlanuvchi rejali masalalariga nisbatan tahlil faqat boshlang‘ich tadqiqot bosqichida yoki iste’molchi bilan asosiy kelishuv doirasida o‘tkaziladigan uzoq muddatli rejali ish buyicha shartnoma tuzishda zarurdir. Sinovlar va/yoki kalibrlashlar oldida turgan yangi, kompleks masalalarga nisbatan batafsilroq yozuvlar olib borish lozimdir.
    4.4.3 Tahlil yordamchi pudrat bo‘yicha laboratoriya tomonidan bajarilayotgan barcha ishlarni ham o‘z ichiga olishi kerak.
    4.4.4 Iste’molchi shartnomadan barcha og‘ishlar to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi kerak.
    4.4.5 Agar ish boshlangandan so‘ng shartnomada o‘zgartishlarga ehtiyoj bo‘lsa, shartnomani tahlil qilish jarayoni takrorlanishi kerak, va har qanday o‘zgarishlar tegishli xodimlarning hammasiga ma’lum qilinishi zarur.



    Download 0,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 0,78 Mb.