• Obщie trebovaniya k kompetentnosti ispыtatelnыx i kalibrovochnыx laboratoriy General requirements for the competence of
  • Ўзбекистон давлат стандарти




    Download 0,78 Mb.
    bet1/29
    Sana20.05.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #245737
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    17025-узб (3)


    O’z DSt ISO/IEC 17025:200



    O‘ZBEKISTON DAVLAT STANDARTI
    __________________________________________________________________
    Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentliligiga qo‘yiladigan umumiy talablar



    Obщie trebovaniya k kompetentnosti ispыtatelnыx i
    kalibrovochnыx laboratoriy


    General requirements for the competence of
    testing and calibration laboratories
    __________________________________________________________________


    1 qo‘llanish doirasi

    1.1 Ushbu standart sinovlar va/yoki kalibrlashlar, shu jumladan namunalarni tanlash, standart usullar, nostandart usullar va laboratoriya tomonidan ishlab chiqilgan usullar bo‘yicha o‘tkaziladigan sinovlar va kalibrlashlar o‘tkazishda laboratoriyalar kompetentliligiga quyiladigan umumiy talablarni belgilaydi.


    1.2 Ushbu standart sinovlar va/yoki kalibrlashlarni amalga oshiruvchi barcha tashkilotlar uchun qo‘llaniladi. Bular qatoriga, masalan, birinchi, ikkinchi yoki uchinchi tomon bo‘lib xisoblanadigan laboratoriyalar, shuningdek inspeksiya xamda maxsulotni sertifikatlashtirish qismini tashkil qiluvchi sinovlar va/yoki kalibrlashlar o‘tkaziladigan laboratoriyalar kiradi.
    Ushbu standart xodimlar soni yoki sinovlar va kalibrlashlar soxasida faoliyat turlaridan qat’iy nazar barcha laboratoriyalarga tarqaladi. Agar laboratoriya mazkur standart tomonidan belgilangan, namunalarni tanlash va yangi usullarni ishlab chiqish kabi bir yoki undan ortiq faoliyat turlarini amalga oshirmasa, bu xolda tegishli bo‘linmalar talablari ularga taalluqli.
    1.3 Keltirilgan izoxlar matn, misollar xamda ko‘rsatmalarni sharxlaydi. Ular o‘z ichiga talablarni olmaydi xamda mazkur standartning ajralmas qismini tashkil qilmaydi.
    1.4 Mazkur standart laboratoriyalar tomonidan o‘z sifat menejmenti tizimini ishlab chiqishda xamda ma’muriy va texnikaviy faoliyatda qo‘llaniladi. Shuningdek u laboratoriyalar kompetentliligini tasdiqlash va tan olishda laboratoriya xizmatlaridan foydalanuvchilar, davlat rostlash idoralari va akkreditlash idoralari tomonidan qo‘llaniladi.
    Izoxlar
    1 Mazkur standartda «menejment tizimi» atamasi laboratoriyalar faoliyatini boshqaruvchi sifat tizimi, ma’muriy va texnikaviy tizimlarni anglatadi.
    2 Menejment tizimini sertifikatlashtirish ba’zan ro‘yxatdan o‘tkazish deb ataladi.
    _________________________________________________________________
    1.5 Xavfsizlik va boshqa majburiy talablarga laboratoriya faoliyatining muvofiqligi ushbu standartda ko‘rib chiqilmaydi.
    1.6 Agar sinov va kalibrlash laboratoriyalari mazkur standartning talablarini bajarsa, ular ISO 9001 talablariga muvofiq bo‘lgan sinov va kalibrlashlar o‘tkazish bo‘yicha o‘z faoliyati uchun sifat menejmenti tizimiga ega bo‘lishi lozimdir. A ilovada ushbu standart xamda ISO 9001 o‘rtasidagi nominal kesishuvchi xavolalar keltirilgan. Mazkur standart ISO 9001 ga kiritilmagan, texnik kompetentlilikka qo‘yiladigan ayrim talablarni o‘z ichiga oladi.
    Izohlar
    1. Ba’zan talablarning kelishilgan qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida mazkur standartning ayrim talablarini tushuntirish yoki sharxlab berish zaruriyati vujudga keladi. Uni aniq soxalarda qo‘llash bo‘iicha ko‘rsatmalar, jumladan akkreditlash idoralari uchun (ISO/IEC 17011 q.), V ilovada keltirilgan.
    2. Agar laboratoriya sinov va kalibrlashlar bo‘yicha faoliyat qismi yoki barcha turlariga akkreditlanishni istasa, u xolda u ISO/IEC 17011 talablarini bajaradigan akkreditlash idorasini tanlab olishi lozim.



    Download 0,78 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 0,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон давлат стандарти

    Download 0,78 Mb.