|
Ўзбекистон давлат стандарти
|
bet | 4/29 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #245737 |
Bog'liq 17025-узб (3)4.3 Xujjatlarni boshqarish
4.3.1 Umumiy qoidalar
Laboratoriya reglamentlar, standartlar, boshqa me’yoriy xujjatlar, sinovlar va/yoki kalibrlashlar usullari, shuningdek chizmalar, programma ta’minoti, texnikaviy sharoitlar, yo‘riqnomalar xamda qo‘llanmalar kabi menejment tizimining qismi xisoblanadigan barcha xujjatlarni (laboratoriya doirasida ishlab chiqilgan yoki tashqaridan yetkazilgan) boshqarish protseduralarini o‘rnatishi va qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Izox
1 Ushbu kontekstda «xujjatlar» so‘zi siyosat to‘g‘risidagi bayonot, protseduralar, texnikaviy sharoitlar, kalibrlash jadvallari, sxemalar, matnli materiallar, plakatlar, belgilar, eslatmalar, programma ta’minoti, chizmalar, rejalar va sh.k. larni ifodalaydi. Ular xar xil tashuvchilarda - qog‘oz yoki elektron, raqamli, analog, fotografik yoki matnli ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin.
2 Sinovlar va kalibrlashlarga tegishli ma’mumotlarni boshqarish, 5.4.7 bo‘yicha. 4.13 bo‘yicha ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshqarish.
4.3.2 Xujjatlarni tasdiqlash va nashr qilish
4.3.2.1 Menejment tizimining qismi xisoblanadigan xujjatlarni laboratoriya xodimlari tomonidan foydalanilishi uchun berishdan avval ular vakolatli xodim tomonidan tekshirilishi va tasdiqlanishi lozim. Bekor qilingan va/yoki eskirgan xujjatlardan foydalanishni oldini olish maqsadida nashr qilish yoki qayta ko‘rish statusi va menejment tizimida xujjatlar taqsimlanishini ko‘rsatadigan «master list» yoki ekvivalent tekshirish jarayoni to‘g‘risidagi xujjati tayyorlangan va tushunarli bo‘lishi lozim.
4.3.2.2 qabul qilingan protsedura(lar) quyidagilarni ta’min etishi kerak:
a) muvofiq xujjatlarning rasmiy nashrlari laboratoriyaning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltirilgan asosiy operatsiyalar amalga oshiriladigan barcha joylarda iltifotltdir;
b) xujjatlar vaqti-vaqti bilan taxlil qilinadi va kerak bo‘lganida doimiy yaroqliligini xamda qo‘yiladigan tallablarga muvofiqligini ta’minlash uchun ular qayta ko‘rib chiqiladi;
c) bekor qilingan yoki eskirgan xujjatlar barcha chop etish va foydalanish joylaridan darxol chiqarib tashlanadi yoki boshqa yo‘l bilan ulardan bexosdan foydalanishning oldi olinadi;
d) yuridik yoki axborot maqsadlari uchun saqlab qolingan eskirgan xujjatlar muvofiq xolda markalanadi.
4.3.2.3 laboratoriya tomonidan ishlab chiqilgan menejment tizimi xujjatlari aniq identifikatsiyaga ega bo‘lishi kerak. Bunday identifikatlashtirish elementlari orasida quyidagilar mavjud bo‘lishi kerak: nashr etish sanasi va/yoki qayta ko‘rish belgilanishi, betlar raqamlari, betlarning umumiy soni yoki xujjat oxirini belgilash va xujjatni tasdiqlagan shaxsning nomlanishi.
|
| |