|
Ўзбекистон давлат стандарти
|
bet | 2/29 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #245737 |
Bog'liq 17025-узб (3)2 Me’yoriy havolalar
quyidagi me’yoriy xujjatlar mazkur standart bilan qo‘llash uchun majburiy xisoblanadi. Sanasi belgilangan xavolalar uchun faqat matn bo‘yicha ko‘rsatilgan nashr qullaniladi. Sanasi belgilanmagan xavolalar uchun muvofiq me’yoriy xujjatning eng so‘ngi nashrini (jumladan xar qanday o‘zgartishlar) qo‘llash zarurdir.
ISO/IEC 17000:2000. Muvofiqlikni baxolash. Lug‘at va asosiy qoidalar.
BIMP, IEC, FCC, ISO, IUPAC, IUPAP xamda OIML tomonidan nashr qilingan, VIM Metrologiyadagi asosiy va umumiy atamalar xalqaro lug‘ati.
3 Atamalar va ta’riflar
Mazkur xujjatda ISO/IEC 17000 va VIM da berilgan tegishli atamalar va ta’riflardan foydalaniladi.
Izox- Sifatga tegishli bo‘lgan umumiy ta’riflar ISO 9000 da keltirilgan, ISO /IEC 17000 esa laboratoriyalarni sertifikatlashtirish va akkreditlashga maxsus tarzda tegishli bo‘lgan ta’riflarni beradi. ISO 9000 dan farqli bo‘lgan ta’riflar berilganda xolda, ISO /IEC 17000 va VIM dagi ta’riflar afzal xisoblanadi.
4 Menejmentga qo‘yiladigan talablar
4.1 Tashkilot
4.1.1 Laboratoriya yoki u tarkibiga kirgan tashkilot yuridik javobgarlikka ega bo‘la oladigan sub’ekt bo‘lishi lozimdir.
4.1.2 Laboratoriya vazifalariga kiradigan sinov va kalibrlashlarni shu tarzda o‘tkazish kerakki, mazkur standart talablari bajarilishi xamda iste’molchi, davlat rostlash idoralarining yoki rasmiy tan olishni amalga oshiruvchi tashkilotlar extiyojlari qondirilishi lozim.
4.1.3 Menejment tizimi laboratoriyaning doimiy xonalarida, doimiy joylashish joyidan tashqarida bo‘lgan ish joylarida yoki vaqtinchalik yoki xarakatchan sharoitlarda bajariladigan ishlarni qamrab olishi kerak.
4.1.4 Agar laboratoriya sinovlar va/yoki kalibrlashlardan farqli bo‘lgan faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilot tarkibiga kirsa, u xolda sinovlar va/yoki kalibrlashlarni o‘tkazish bo‘yicha laboratoriya faoliyatida ishtirok etuvchi yoki unga ta’sir qiladigan tashkilot raxbar xodimlarining vazifalari potensial manfaatlar ixtiloflarini identifikatlashtirish maqsadida aniq belgilangan bo‘lishi lozimdir.
Izoxlar
1 Agar laboratoriya kattaroq tashkilot tarkibiga kirsa, tashkiliy choralar shunday bo‘lishi kerakki, manfaatlari ixtilofda bo‘lgan ishlab chiqarish, tijorat marketingi yoki mablag‘ ajratish kabi bo‘linmalar laboratoriyaning mazkur standartga muvofiqligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi lozim.
2 Agar laboratoriya uchinchi tomon laboratoriyasi deb tan olinishni xoxlasa, u o‘zining xolisligini xamda na u na uning xodimlari texnik muxokamaga ta’sir ko‘rsata oladigan xech qanday tijorat, moliyaviy yoki boshqa tazyiq sezmasligini namoyish qilishi lozimdir. Uchinchi tomon laboratoriyasi xisoblanadigan sinov yoki kalibrlash laboratoriyasi, qarori erkinligini xamda sinovlar va kalibrlashlar o‘tkazish bo‘yicha muxokama bog‘liq to‘g‘rilikni xavf ostiga qo‘ya oladigan faoliyat bilan shug‘ullanmasligi lozimdir.
4.1.5 Laboratoriya quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
a) o‘z vazifalarini bajarish va sifat menejmenti tizimidan yoki sinovlar va/yoki kalibrlashlar o‘tkazish protseduralaridan chekinish xollarini aniqlash, shuningdek bunday chekinishlar oldini olish yoki qisqartirish bo‘yicha xarakatlarni uyg‘otish uchun kerakli vakolat xamda resurslarga ega bo‘lgan raxbariy va texnikaviy xodimlarga ega bo‘lishi lozim (5.2 q.);
b) ishlarining sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsata oladigan barcha noloyiq ichki va tashqi tijorat, moliyaviy yoki boshqa tazyiq va ta’sirdan raxbariyat va xodimlarning ozodligini ta’minlaydigan choralarni qabul qilishi lozimdir;
c) uning xizmatlari iste’molchilarining egalik xuquqlarini va axborot maxfiyligini ximoya qilishni ta’minlashga imkon yaratuvchi protseduralar, shu jumladan, natijalarni elektron saqlash va o‘tqazishni ximoya qilish protseduralarini xamda siyosatni aniqlash lozimdir;
d) uning kompetentliligi, xolisligi, muxokama qilishi yoki faoliyatidagi to‘g‘riligiga bo‘lgan ishonchni kamaytira oladigan faoliyatga jalb etilishdan xalos bo‘lishga imkoniyat yaratuvchi siyosat va protseduralarni aniqlash;
e) laboratoriyaning tashkiliy va boshkaruv tuzilmasini, yuqori tashkilotda uning o‘rnini xamda sifat menejmenti, texnikaviy faoliyat va yordamchi xizmatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini aniqlash;
f) sinovlar va/yoki kalibrlashlar sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan ishlarni boshqarish, bajarish yoki tekshirish bilan band bo‘lgan barcha xodimlar ma’suliyati, vakolatlari va o‘zaro munosabatlarini belgilash;
g) xar bir sinov va/yoki kalibrlashning usullari, protseduralari va maqsadi, shuningdek sinov yoki kalibrlash natijalarini baxolash bilan tanish shaxslar tomonidan sinovlar va kalibrlashlarni o‘tkazuvchi xodimdan, shu jumladan, stajyorlar malakasi tekshirilishini ta’minlash;
h) texnikaviy faoliyat xamda laboratoriya ishining talab qilinayotgan sifatini ta’minlash uchun kerakli manbalarni taqdim etish uchun umumiy ravishda ma’sul bo‘lgan texnik ma’muriyatga ega bo‘lish;
i) boshqa vazifalari va majburiyatlaridan qat’iy nazar ma’suliyatli xamda menejment tizimi joriy etilishi va uning doimiy ishlab turishini ta’minlovchi vakolatlarga ega bo‘lgan sifat bo‘yicha menejer qilib bitta xodimni (qanday nomlanishidan qat’iy nazar) tayinlash; sifat bo‘yicha menejer siyosat yoki manbalar bo‘yicha qarorlarni qabul qiluvchi yuqori darajali boshqarmaga to‘g‘rima to‘g‘ri kirish xuquqiga ega bo‘lishi lozim;
j) raxbariy xodimlar o‘rinbosarlarini tayinlash (izoxni k.);
k) o‘z faoliyati xamda sifat menejmenti vazifalarini amalga oshirishga qo‘shilgan xissasining axamiyatli va muximli ekanligini xodimlar tomonidan anglanilishini ta’minlash.
Izox- Aloxida xodimlar bittadan ko‘p vazifalarni bajarishi mumkin, va xar bir vazifa bo‘yicha o‘rinbosarlar tayinlash amaliy jixatdan yaxshi bo‘lmasligi mumkin.
4.1.6 Yuqori raxbariyat laboratoriya chegarasida maqbul axborot almashish protsesslarini xamda menejment tizimining samaraliligiga tegishli xabarlar o‘tkazishni ta’sis qilish kerak.
|
| |