|
Sinovlar va kalibrlashlar o‘tkazish uchun yordamchi shartnomalar tuzish
|
bet | 6/29 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #245737 |
Bog'liq 17025-узб (3)4.5 Sinovlar va kalibrlashlar o‘tkazish uchun yordamchi shartnomalar tuzish
4.5.1 Agar laboratoriya yordamchi pudratni kutilmagan sabablar bo‘yicha (masalan, qo‘shimcha ekspertiza zarurati yoki vaqtinchalik qobiliyatsizlik) yoki doimiy asosda (masalan, doimiy yordamchi pudrat, vakillik yoki imtiyozlar to‘g‘risidagi kelishuvlar sharoitlarida) tuzgan bo‘lsa – bu ish kompetentli yordamchi pudratchiga uzatilishi kerak. Kompetentli bo‘lib ishni mazkur standartga muvofiq holda bajaradigan yordamchi pudratchi hisoblanadi.
4.5.2 Laboratoriya yordamchi pudrat to‘g‘risida iste’molchini yozma ravishda xabardor qilishi kerak va kerakligida iste’molchining ma’qullashini ham yozma ravishda olish lozimdir.
4.5.3 Laboratoriya yordamchi pudratchi tomonidan bajarilgan ish uchun iste’molchi oldida mas’uliyatga egadir, faqat yordamchi pudratchi iste’molchi yoki davlat rostlash idoralari tomonidan tanlangani hollaridan tashqari.
4.5.4 Laboratoriya sinovlar va/yoki kalibrlashlar o‘tkazishda xizmatlaridan foydalanadigan barcha yordamchi pudratchilar ro‘yxatini hamda bajarilgan ishning mazkur standartga muvofiqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatini olib borishi lozim.
4.6 Xizmatlarga ega bo‘lish va manbalar
4.6.1 Laboratoriyada sinovlar va/yoki kalibrlashlar sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan kerakli xizmatlar va materiallarni tanlash hamda ularga ega bo‘lish bo‘yicha siyosat va protsedura (lar) o‘rnatilishi kerak. Sinovlar va kalibrlashlar o‘tkazishda ishlatiladigan tegishli reaktivlar va laboratoriya materiallariga ega bo‘lish, ularni olish va saqlash bo‘yicha protseduralar mavjud bo‘lishi zarur.
4.6.2 Laboratoriya va/yoki kalibrlashlar sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan olingan materiallar, reaktivlar va sarflanadigan materiallar saqlanganligini ta’minlashi kerak. Ushbu qo‘llanilayotgan xizmatlar va manbalar o‘rnatilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerakdir. Muvofiqlikni tekshirish maqsadida amalga oshirilgan harakatlar to‘g‘risidagi ro‘yxatga olingan ma’lumotlar saqlanib qolishi kerak.
4.6.3 Laboratoriya ishining natijalari sifatiga ta’sir qiladigan buyumlarga berilgan tavsiflar buyurtma xizmatlar va manbalarni tavsiflovchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim. Chiqarilishidan avval tavsif tahlil kilinishi kerak, uning texnik mazmuni esa ma’qullanishi lozim.
Izoh – Tavsif tur, sinf, sifat, aniq identifikatlashtirish, chizmalar, tekshirishni o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomalar, boshqa texnik ma’lumotlarni, jumladan sinovlar natijalarini tasdiqlash, bajarilishiga muvofiq bo‘lgan talab qilinayotgan menejment tizimining sifati va standartini o‘z ichiga olishi mumkin.
4.6.4 Laboratoriya sinovlar va kalibrlashlar sifatiga ta’sir qiladigan eng muhim sarflanadigan materiallar, manbalar va xizmatlarni yetkazib beruvchilarni baholashni o‘tkazishi, hamda ushbu baholashlar to‘g‘risidagi ro‘yxat ma’lumotlarini va tasdiqlangan yetkazib beruvchilar ro‘yxatini saqlashi kerak.
|
| |