|
Xonalar va atrof muxit sharoitlari
|
bet | 14/29 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #245737 |
Bog'liq 17025-узб (3)5.3 Xonalar va atrof muxit sharoitlari
5.3.1 Sinovlar va/yoki kalibrlashlarni bajarish, shuningdek, energiya manbalari, yoritish va atrof-muxit (buning bilan chegaralanib qolmagan xolda) sharoitlari sinovlar va/yoki o‘lchashlarni to‘g‘ri o‘tkazilishiga ko‘maklashishi kerak.
Atrof-muxit sharoitlari noto‘g‘ri natijalarga olib kelmasligi yoki xar qanday o‘lchashlarning talab etilgan sifatiga noqulay ta’sir qilmasligini laboratoriya ta’minlashi kerak. Laboratoriyani asosiy xonalaridan tashqari o‘tkaziladigan namunalarni tanlab olish, sinash va/yoki kalibrlash xollariga aloxida e’tibor berish kerak. Sinovlar va kalibrlashlar natijalariga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan xonalar va atrof-muxit sharoitlariga qo‘yiladigan talablar xujjatlashtirilgan bo‘lishi kerak.
5.3.2 Muvofiq standart texnikaviy talablar, usuliyatlar va protseduralar talab qilganidek laboratoriya atrof-muxit sharoitlarini kuzatib borishi, tekshirishi va qayd qilishi lozim.
Muvofiq texnik faoliyatiga muvofiq ravishda, misol uchun biologik sterilligi, chang, elektromagnit xalaqitlar, radiatsiya, namlik, elektr ta’minoti, xarorat, shovqin va titrash darajasiga kerakli e’tibor berish kerak. Agar atrof-muxit sharoitlari sinov va/yoki kalibrlashlar natijalariga xavf tug‘dirsa sinovlar va o‘lchashlar to‘xtatib qo‘yilishi kerak.
5.3.3 Bir-biriga mos kelmaydigan ishlar bajariladigan yondosh uchastkalar bir-biridan puxta ajratilgan bo‘lishi kerak. o‘zaro ifloslantirilishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
5.3.4 Sinovlar va/yoki kalibrlash sifatiga ta’sir ko‘rsa-tuvchi uchastkalarga kirish va ulardan foydalanish tekshirilishi kerak. Laboratoriya aniq vaziyatlar asosida tekshirish darajasini belgilab qo‘yishi kerak.
5.3.5 Laboratoriyada tartib va tozalikni ta’minlash bo‘yi-cha choralar ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Lozim bo‘lganda, maxsus protseduralar ishlab chiqilishi kerak.
5.4 Sinovlar va kalibrlashlar usullari xamda usulni validatlash
|
| |