4.13.2 Texnikaviy ma’lumotlar
4.13.2.1 Laboratoriyada o‘rnatilgan vaqt mobaynida birlamchi kuzatuvlarning, ro‘yxatga olingan ma’lumotlar, ikkilamchi ma’lumotlar va auditor xulosasi, kalibrlashlar ma’lumotlari, xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va sinovlar xar bir xisoboti xamda berilgan kalibrlash sertifikati nusxalarini belgilash uchun yetarli axborotlar saqlanishi kerak. Ma’lumotlar namunalarni tanlash, xar bir sinash va/yoki kalibrlashni va natijalar tekshiruvini o‘tkazish uchun mas’ul shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi zarur.
Izoxlar
1 Ayrim faoliyat soxalarida barcha birlamchi kuzatuvlar ro‘yxat ma’lumotlarini saqlash mumkin emas va noo‘rin bo‘lishi mumkin.
2 texnik ma’lumotlar sinovlar va/yoki kalibrlashlar natijalari bo‘lib, sifatning kerakli ko‘rsatkichlari yoki jarayonlan parametrlariga erishilgalikni ko‘rsatuvchi ma’lumotlar va axborot jamini ifodalaydi.
4.13.2.2 Kuzatuvlar va ma’lumotlar o‘tkazish paytida ro‘yxatga olinishi va aniq vazifa Bilan identifikatlashtirilishi kerak.
4.13.2.3 Agar ro‘yxatga olingan ma’lumotlarda xato mavjud bo‘lsa, xar bir xato yo‘q qilinishi, va yonida to‘g‘ri qiymat yozilishi kerak. Agar ro‘yxat ma’lumotalri elektron ko‘rinishda saqlansa, boshlang‘ich ma’lumlotlarni yo‘qotish yoki ularning o‘zgarib ketishini oldini olish uchun tegishli choralar ko‘rilishi zarur.
4.14 Ichki tekshiruvlar
4.14.1 Laboratoriya doimiy ravishda xamda avval o‘rnatilgan jadval va protseduraga muvofiq xolda o‘z faoliyatining ichki tekshiruvlar o‘tkazishi kerak. Ichki tekshiruv dasturi menejment tizimining barcha elementlarini, jumladan sinovlar va/yoki kalibrlashlar o‘tkazish bo‘yicha faoliyatni qamrab olishi kerak. Sifat bo‘yicha menejer auditlarni jadval va raxbariyat talablariga muvofiq xolda rejalashtirish va tashkillashtirish uchun mas’ul xisoblanadi. Tekshiruvlar tekshirilayotgan faoliyatga bog‘liq bo‘lmagan maxsus tayyorlangan va malakala xodimlar tomonidan o‘tkazilishi kerak.
Izox - Ichki tekshiruvlarni o‘tkazish sikli odatda bir yilni tashkil qiladi.
4.14.2 o‘tkazilgan tekshiruv natijasida faoliyat samaradorligiga yoki o‘tkazilgan sinash va kalibrlash natijalarining to‘g‘riligi yoki ishonchliligiga shubxa tug‘iladigan bo‘lsa, laboratoriya o‘z vaqtida amalga oshiriladigan to‘g‘rilovchi amallarni bajarishi va agar tekshiruvlar laboratoriya tomonidan olingan natijalarni xato bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatsa, iste’molchilarni yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
4.14.3 Tekshirilayotgan faoliyatining soxasi, tekshiruv natijalari va ulardan kelib chiqadigan to‘g‘rilash amallari qayd qilinishi kerak.
4.14.4 Keyingi tekshiruvlar qilingan to‘g‘rlovchi amallarning joriy k ilinganini qayd qilishi va samaradorligini tasdiqlashi kerak.q
|