• 5.5 Asbob-uskunalar
  • Ўзбекистон давлат стандарти




    Download 0,78 Mb.
    bet19/29
    Sana20.05.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #245737
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
    Bog'liq
    17025-узб (3)

    5.4.7 Ma’lumotlarni boshqarish

    5.4.7.1 Ma’lumotlarni xisobi va ularni uzatishlari muntazam tek-shirilishi kerak.


    5.4.7.2 Agarda sinovlar va kalibrlashlar ma’lumotlarini yig‘ish, ishlov berish, qayd qilish, xisobot berish, saqlash yoki ularni qidirishda kompyuterlar yoki avtomatlashtirilgan asbob-uskunalar qo‘llanilsa, unda laboratoriya:
    a) foydalanuvchi tomonidan ishlab chiqilgan kompyuterli programma ta’minoti yetarli ravishda batafsil xujjatlashtirilgan va qo‘llash uchun yaroqli deb kerakli tarzda baxolanganiga;
    b) ma’lumotlarni ximoya qilish protseduralari ishlab chiqilganligi va joriy etilganligiga; bu protseduralar ma’lumotlarni kiritish yoki yig‘ish, ma’lumotlarni saqlash, ma’lumotlarni uzatish va ma’lumotlarga ishlov berishning yaxlitligi va maxfiyligini o‘z ichiga olishi kerak, ammo buni o‘zi bilan chegaralanib qolmasligi lozim;
    c) kompyuterlar va avtomatlashtirilgan asbob-uskunalar, ularni lozim bo‘lgan ishlashini ta’minlashga imkon beradigan xolatda saqlanganligiga, sinovlar va kalibrlashlar ma’lumotlarining yaxlitligini saqlab turish uchun kerak bo‘lgan ishlatish va atrof-muxit sharoitlari bilan ta’minlanganligiga ishonch xosil qilishi kerak.
    Izox – Belgilangan qo‘llanish doiralarida foydalaniladigan tayyor dasturiy ta’minot (masalan, testlarni ishlash, ma’lumotlarbazasi va statistik dasturlar) yetarlicha baxolangan xisoblanishi kerak. Ammo laboratoriyada qo‘llaniladigan dasturiy ta’minot konfiguratsiyasi/modifikatsiyasini baxolash lozim (5.4.7.2a ga k.).


    5.5 Asbob-uskunalar

    5.5.1 Laboratoriya sinovlarni va/yoki kalibrlashlar (kichik namunalarni tanlab olish, sinash va/yoki kalibrlash lozim bo‘lgan bu-yumlarni tayyorlash, sinov va/yoki kalibrlash ma’lumotlariga ishlov berish va taxlil qilish bilan birga) to‘g‘ri o‘tkazilishi uchun kerak bo‘lgan namunalarni tanlab olish, o‘lchash va sinash uchun barcha sinash va o‘lchash asbob-uskunalariga ega bo‘lishi kerak. Laboratoriya, uning doimiy tekshi-ruvidan tashqari bo‘lgan asbob-uskunani qo‘llashga muxtoj bo‘lgan xollarda, u ushbu standart talablari bajarilayotganligiga ishonch xosil qilishi kerak.


    5.5.2 Sinovlar va kalibrlashlarni o‘tkazish va namunalarni tanlab olish uchun qo‘llaniladigan asbob-uskunalar va ularning programmali ta’minoti talab etilgan aniqlikka erishishiga layoqatli bo‘lishi va o‘tkazilayotgan sinovlar va/yoki kalibrlashlarga tegishli texnik talablarga muvofiq kelishi kerak. Agar asboblarning asosiy parametrlari va tavsiflari natijalariga salmoqli ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lsa, o‘lchash dasturlari ushbu parametrlar va tavsiflar uchun ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Uni ishga tushirishdan oldin asbob-uskunalar (namunalar tanlab olish uchun qo‘llaniladigan asbob-uskunani xam qo‘shib xisoblab) uni labo-ratoriyada va muvofiq standartlarda amal qilayotgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tekshirilgan yoki kalibrlangan* bo‘lishi kerak. Uni qo‘llashdan oldin tekshirish va/yoki kalibrlash kerak (5.6 ga q).
    5.5.3 Asbob-uskunalar bilan vakolatlangan xodimlar ishlashi kerak. Asbob-uskunalarni qo‘llash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha _____________________________________________________________
    * O‘zbekiston Respublikasi xududida O‘zR. «Metrologiya to‘g‘risida» gi qonun va o‘lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimining me’yoriy xujjatlari talablariga muvofiq xolda kalibrlashdan tashqari boshqa o‘lchash vositalarini baxolash turlari xam qo‘llaniladi, masalan, o‘lchash vositalarini qo‘llash yoki ularni yetkazishga bog‘liq xolda qiyoslash yoki metrologik attestatlash.
    aktuallashtirilgan yo‘riqnomalar (asbob-uskunani ishlab chiqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan xar qanday muvofiq qo‘llanmalar bilan birga) laboratoriyaning tegishli xodimlari tomonidan qo‘llanilishiga xar doim qulay bo‘lishi kerak.
    5.5.4 Sinovlar va kalibrlashlarni o‘tkazish chog‘ida qo‘llaniladigan va natijaga ta’sir ko‘rsatadigan asbob-uskunani xar bir birligi va uni programmali ta’minoti, agarda bu amalga oshirilishi mumkin bo‘lsa bir xilda identifikatlashtirilgan bo‘lishi kerak.
    5.5.5 Sinovlar va/yoki kalibrlashlar uchun axamiyatli bo‘lgan asbob-uskunaning xar bir turi va uning programmali ta’minoti ro‘yxatga olinishi lozim. Ro‘yxatga olish ma’lumotlari kamida:
    a) asbob-uskunalarni xar bir birligini va uning programmali ta’minotini;
    b) ishlab chiqaruvchining nomini, xilini identifikatsiyasi, seriyali raqami yoki boshqa noyob identifikatsiyasini;
    c) asbob-uskunalarni texnikaviy shartlarga muvofiqligi tekshiruvlarining natijalarini (5.5.2 ga q);
    d) agar o‘rinli bo‘lsa, berilgan onda uning joylashgan joyini;
    e) ishlab chiqaruvchining yo‘riqnomalarini, ular bor bo‘lganda yoki ularni turgan joyi xaqidagi ma’lumotlarni;
    f) barcha sinovlar va kalibrlashlar, sozlashlar, kabul qilishlar sa-nalarini va keyingi kalibrlashning rejalashtirilgan sanasini, xisobotlarning natijalarini va nusxalarini;
    g) agar joiz bo‘lsa xizmat ko‘rsatish rejasini va o‘tkazilgan xizmat ko‘rsatishni;
    h) asbob-uskunaning xar qanday shikastlari, buzilishlari, modifikatsiyalari yoki ta’mirlarini o‘z ichiga olishi kerak.
    5.5.6 Laboratoriyada o‘lchash asbob-uskunalarni kerakligicha ishlashini va ifloslanishi yoki buzilishini oldini olish maqsadida ulardan xavfsiz foydalanish, transportda tashish, saqlash, qo‘llash va rejali xizmat ko‘rsatish bo‘yicha protseduralar ro‘yxatga olingan bo‘lishi kerak.
    Izox - Agarda sinovlar, kalibrlashlarni o‘tkazish yoki namunalar tanlab olish uchun laboratoriyaning asosiy xududida bo‘lmagan o‘lchash asbob-uskunalaridan foydalanilsa qo‘shimcha protseduralar kerak bo‘lib qolishi mumkin.

    5.5.7 Agar asbob-uskuna o‘ta yuklanishga duchor qilingan yoki noto‘g‘ri qo‘llanilgan, shubxali natijalar ko‘rsatgan, nuqsonli bo‘lgan yoki belgilangan chegaralardan chiqqan bo‘lsa, u ishlatishdan chiqarib qo‘yilishi kerak. Undan foydalanishni oldini olish uchun uni ajratib qo‘yish yoki yorliq yo boshqa markalashni qo‘llash bilan u ta’mirlangunicha, kalibrlanguncha yoki to‘g‘ri ishlashi bo‘yicha sinalgunicha foydalanishga yaroqsizligini aniq ko‘rsatib qo‘yish kerak. Laboratoriya oldingi sinovlarda va/yoki kalibrlashdagi nuqsonni yoki chetlanishning oqibatlarini o‘rganishi xamda "Nomuvofiq ishlarni bajarish" protsedurasini ishlab chiqishi kerak (4.9 ga q.).


    5.5.8 Amalda bajarilishi mumkin bo‘lsa, laboratoriya tekshiruvida bo‘lgan va kalibrlanishi kerak bo‘lgan barcha asbob-uskunalar markalangan, kodlangan yoki qandaydir boshqa tarzda identifikatlashtirilgan bo‘lishi kerak (kalibrlash statusi, shu jumladan so‘nggi kalibrlashni o‘tkazish sanasi va takroriy kalibrlash sanasi va uni o‘tkazish zaruratining mezonlari belgilangan).
    5.5.9 Agar qandaydir sabab bo‘yicha asbob-uskuna laboratoriyaning bevosita tekshiruvidan chetda qolgan bo‘lsa, uni ishlatishga qaytarishdan oldin laboratoriya asbob-uskunani ishlashi va kalibrlash statusi tekshirilganligi va qoniqarli deb topilganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
    5.5.10 Agar asbob-uskunani kalibrlash statusiga ishonchni saqlash maqsadida oraliq tekshiruvlari lozim bo‘lsa, bunday tekshiruvlar belgilangan protseduraga muvofiq o‘tkazilishi kerak.
    5.5.11 Agar kalibrlash vaqtida qator tuzatuvchi koeffitsientlarni kiritish talab etilsa, u holda laboratoriya ularning nus’halarining (masalan, kompyuterning dasturiy ta’minotida) tegishli dolzarblashtirilishini ta’minlovchi protseduralarga ega bo‘lishi lozim.
    5.5.12 Sinash va kalibrlash asbob-uskunalarini, jumladan, sinovlar va/yoki kalibrlashlar natijalarini nohaqiqiy qilib qo‘yish mumkin bo‘lgan apparat vositalari va dasturiy ta’minotni rostlashga yo‘l qo‘ymaslik lozim.



    Download 0,78 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




    Download 0,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон давлат стандарти

    Download 0,78 Mb.