|
Ўзбекистон давлат стандарти
|
bet | 15/29 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #245737 |
Bog'liq 17025-узб (3)5.4.1 Umumiy qoidalar
Laboratoriya o‘z faoliyatida uning faoliyati soxasiga muvofiq keladigan va me’yorlarga javob beradigan sinov usullari va o‘lchash usuliyatlarini qo‘llashi kerak. Ular namunalar tanlab olish, ulardan foydalanish, sinalishi va/yoki kalibrlash lozim bo‘lgan buyumlarni trans-portda tashish, saqlash va tayyorlash xamda joiz bo‘lsa, o‘lchashlar xatoliklarini baxolash, shuningdek, sinovlar va/yoki kalibrlashlar ma’lumotlari taxlilining statistik usullarini qamrab oladi.
Laboratoriyada xamma muvofiq asbob-uskunadan foydalanish va boshqarish bo‘yicha xamda sinalishi va/yoki kalibrlanishi lozim bo‘lgan buyumlar bilan muomala qilish va ularni tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnomalari bo‘lishi yoki bunday yo‘riqnomalar bo‘lmaganida sinash va/yoki kalibrlash buyumlar xavf tug‘dirishi mumkinligida ularning ikkalasi bo‘yicha xam yo‘riqnomalari bo‘lishi kerak. Laboratoriya ishiga tegishli barcha yo‘riqnomalar, standartlar, qo‘llanmalar va xavola qilingan ma’lumotlar aktuallashtirilishi va xodimlar uchun qo‘llanilishiga xar doim qulay bo‘lishi lozim (4.3 ga q). Sinash va o‘lchash usullaridan chetga chiqishlar, faqat ularni xujjat bilan rasmiylashtirish, texnik jixatdan asoslash, iste’molchining ruxsati va roziligi sharti bilan joiz bo‘lishi mumkin.
Izox - Agar sinovlar va/yoki kalibrlashlarni qanday o‘tkazish xaqidagi qisqa va yetarli axborotlarni o‘z ichiga olgan xalqaro, mintaqaviy yoki milliy standartlar yoki boshqa tan olingan me’yoriy va texnikaviy xujjatlar nashr etilgan ko‘rinishida laboratoriya xodimlari tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa, unda bu standartlarni qo‘shimchalar yoki ularni ichki protseduralar ko‘rinishida qayta rasmiylashtirish lozim bo‘lmaydi. Usul variantlarining muqobil xoli yoki qo‘shimcha tavsilotlar uchun qo‘shimcha xujjatlarni ishlab chiqish lozim bo‘lib qolishi mumkin.
5.4.2 Usullarni tanlash
Laboratoriya mijozlar extiyojlariga javob beradigan sinov va/yoki kalibrlash, shuningdek, namunalar tanlab olish usullarini qo‘llashi kerak. Asosan maxsulotning xalqaro, davlatlararo yoki davlat standartlarida keltirilgan usullar qo‘llanilishi kerak. Laboratoriya sinash va/yoki kalibrlash usullarining standart so‘nggi amaldagi nashrini, u to‘g‘ri kelmaydigan yoki buni qilish mumkin bo‘lmagan xollardan tashqari, qo‘llanilayotganligiga ishonch xosil qilishi kerak. Zarurat bo‘lsa, kelishilgan xolda, qo‘llanilishini ta’minlash uchun standartga qo‘shimcha tavsilotlarni ilova qilish mumkin.
Agarda iste’molchi qo‘llanilishi lozim bo‘lgan usulni ko‘rsatmagan bo‘lsa, laboratoriya xalqaro, mintaqaviy yoki milliy standartda belgilangan, nufuzli texnik tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan, muvofiq ilmiy maqolalar yoki jurnallarda bayon etilgan yoki asbob-uskunani tayyorlovchisi tomonidan tavsiya etilgan muvofiq usullarni tanlab olishi kerak. Laboratoriya tomonidan ishlab chiqilgan yoki qabul qilingan usullar xam, agar ular yaroqli va attestatlangan bo‘lsa, qo‘llanilishi mumkin. Tanlab olingan usul xaqida iste’molchini xabardor qilish lozim. Laboratoriya sinovlar va/yoki kalibrlashlar kiritishdan oldin laboratoriya tanlangan usullarni to‘g‘ri qo‘llash mumkinligini tasdiqlashi kerak. Sinash va kalibrlashlarning tanlangan usuli o‘zgarsa, tasdiqlashni takrorlash lozim.
Agarda iste’molchi tomonidan tavsiya qilingan usul qo‘llanishga yaroqsiz yoki eski bo‘lgan xolda laboratoriya iste’molchini xabardor qilishi kerak.
|
| |