|
Ўзбекистон давлат стандарти
|
bet | 13/29 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #245737 |
Bog'liq 17025-узб (3)5.2 Xodimlar
5.2.1 Laboratoriya raxbariyati maxsus asbob-uskunalar bi-lan ishlaydigan, sinovlar va o‘lchashlarni o‘tkazadigan, sinovlar va/yoki kalibrlash natijalarini baxolaydigan va bayonnomalarni imzolaydiganlarni xammasining vakolatliligini kafolatlashi kerak. Stajerlar ustidan muvofiq nazorat o‘tkazish ta’minlangan bo‘lishi kerak. o‘ziga xos masalalar xodimlarni muvofiq bilimi, tayyorgarligi, tajribasi va maxoratini xisobga olgan xolda buyurilishi kerak.
Izoxlar
1 Ayrim texnik soxalarda (misol uchun, putur yetkaz-maydigan tekshirish soxasida) ayrim topshiriqlarni bajarayotgan xodimlar shaxsiy sertifikatlashtirishdan o‘tishi talab qilinishi mumkin. Xodimlarni sertifikatlashtirishga qo‘yiladigan talablarni bajarilishiga laboratoriya javobgar bo‘ladi. Xodimlarni sertifikatlashtirishga qo‘yiladigan talablar aniq belgilangan bo‘lishi, muayyan texnik soxa uchun standartlarga kiritilgan bo‘lishi yoki so‘rovchi tomonidan qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
2 Sinovlar to‘g‘risidagi xisobotlar uchun javobgar xodimlar, tegishli malaka, tayyorgarlik, tajriba va qoniqarli bilimlardan tashqari quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:
- sinalayotgan buyumlar, materiallar, maxsulot va x.k. ni ishlab chiqarish texnologiyasi yoki ularni qo‘llash usuli bo‘yicha kerakli bilimlar;
- qonunchilikda va standartlarda mavjud bo‘lgan asosiy talablarni bilish;
- tegishli buyumlar, materiallar va boshqa maxsulotlardan foydalanishga nisbatan aniqlangan og‘ishlar axamiyatliligini tushunish.
5.2.2 Laboratoriya raxbariyati xodimlarni o‘qitish extiyojlarini aniqlash va o‘qitishni ta’minlash uchun siyosatini o‘tkazishi va muvofiq protseduralariga ega bo‘lishi kerak. o‘qitish dasturi laboratoriyani kundagi va istiqboldagi masalalariga muvofiq kelishi kerak. O‘tkazilayotgan o‘qitishning samaradorligi baxolanishi lozim.
5.2.3 Laboratoriya yollangan yoki shartnoma bo‘yicha taklif qilingan xodimlardan foydalanishi lozim. Agar shartnoma bo‘yicha taklif qilingan yoki texnikva professional yordam ko‘rsatadigan ko‘rsatadigan xodimlardan foydalansa, laboratoriya uning kompetenliligiga va laboratoriya menejment tizimiga muvofiq xolda ishlashiga ishonch xosil qilishi kerak.
5.2.4 Laboratoriya sinovlar va kalibrlashlar o‘tkazishda qatnashayotgan raxbar, texnik va kasb xodimlari uchun o‘tkazilayotgan ishlar tavsiflariga ega bo‘lishi kerak.
Izox – Ishlar tavsifi turli usullar bilan o‘tkazilishi mumkin. Kamida quyidagilarni:
- sinovlar va/yoki kalibrlashlar o‘tkazish bo‘yicha vazifalarni;
- sinovlar va/yoki kalibrlashlarni rejalashtirish bo‘yicha va na-tijalarini baxolash bo‘yicha vazifalarni;
- fikrlari va sharxlarni shakllantirish bo‘yicha vazifalarni;
- usullarni modifikatsiya qilish va ishlab chiqish, shuningdek, yangi usullarni validatlash bo‘yicha vazifalarni;
- talab qilinadigan ekspertiza va tajribani;
- malaka va tayyorlash dasturlarini;
- mansabdor raxbariy vazifalarini aniqlash lozim.
5.2.5 Raxbariyat namunalar turlarini tanlab olishni, sinashni va/yoki kalibrlashlarni o‘tkazish uchun, sinovlar bayonnomalarini tuzish va kalibrlash sertifikatini berish uchun, fikr va sharxlarni tayyorlash uchun va asbob - uskunalarning aniq xillarini boshqarish uchun maxsus tanlab olingan xodimlariga vakolat berishi kerak. Laboratoriya barcha texnik xodimlar, jumladan shartnoma asosida ishlayotgan mutaxassislar vakolatlari, layoqatliligi, kasbiy va bilim darajasi, o‘qitilganligi, maxorati va tajribasi xaqidagi yozuvlarni yuritishi kerak. Bu axborotdan doim foydalana olish imkoniyati bo‘lishi xamda vakolatlari va/yoki kompetentliligini tasdiqlash sanasini o‘z ichiga olishi kerak.
|
| |